Ix – XII asr boshidan Movarounnahrdagi ijtimoiy – iqdisodiy voqealar tarixiy – geografiyasi
Download 23.99 Kb.
|
An
Asosiy qisim.
IX-XIII asrlarda Movarounnahr hududida ko’plab kanalla, daryolar bo’lgan. Shu bois, aholi daryo bo’ylarida, tog’larda, dashtlarda hamda quruqlikda yashagan. Movarounnahrni qadim zamonlardan ko’plab davlatlar va qabilalar uyerdagi boyliklarni hamda dehqonchilik vohalarini bosib olishga harakat qilganlar va bosib olishga muvofaq bo’lganlar. Shuning uchun bu yerdagi mahalliy aholi bilan chetdan kelgan ko’chmanchi qabilalar o’rtasida etnik tarkibga ajralish yuz bergan. IX-XIII asr boshlarida Movarounnahr aholisiningtarkibi etnik tarkibiga ko’ra turkey hamda sug’diy etnoslarga ajralgan. [3]. Movarounnahr hududida asosan Sirdaryo va Amudaryo o’rtasidagi hududga to’g’ri kelgan.Shu asrlarda Movarounnahrning viloyat va dohalarida daryo va uning tarmoqlridan ko’plab yangi-yangi sug’orish kanallari qazib chiqarilib ularning doxalariga suv bog’lab oluvchi to’g’onlar muftohlar va suv tashlagach daralar ichida bandlar bino qilinib, suv omborlari barpo etiladi. [1]. Shu bois u yerda dehqonchilik ham chorvachilik ham rivojlangan. Serunum vohalarda sug’urma dehqonchilik madaniyati g’allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog’chilik yuqori darajada rivojlangan Zarafshon, Qashqadaryo va Farg’ona vodiysi Shoh, Eloq hamda Xorazm vohalarida aholi ziroatlarning deyarli hammasi: arpa,bug’doy, tariq, mosh, yasmiq, kunjut, no’xat, zig’ir, jutva shu kabilarni yetishtirar edi. [1]. Dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik ham rivojlangan. Dehqonchilik daryo bo’ylari rivojlangan bo’lsa, demak chorvachilik quruq yerlarda rivojlangan. Chunki Movarounnahrda o’sha paytlar daryolar bilan birga ekinlar ham ko’p bo’lgan. Bu esa bevosita chorvachilikning rivojlanganlikdan dalolat bergan. Chorvachilikda ot, eshak, qo’y, echki kabi hayvonlar bo’lgan. Chorva va chorvachilik mahsilotlaridan charmdan yoki teridan ega kamon, sondon (o’qdon), qamchin va darralar yasalgan. [1]. Movarounnahr aholisining xo’jalik hayotida hunarmandchilik kata o’rin tutgan. Hunarmandchilik boshlanishi bilan savdo-sotiq o’sgan. Chetga hunarmandlar o’zi yasagan narsalarini olib chiqib sotganlar. O’sha davrda Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Shosh kabi shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan. [2]. Savdo-sotiq ishlarida Somoniylar ko’plab davlatlar bilan mol ayir boshlagan. Xususan Somoniylar davlatining Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan olib borgan karvon savdosida Volga daryosining o’rta oqimlarida joylashgan xazarlar va bulganlar bilan bo’lgan mol ayirboshlash kata ahamiyatga ega bo’lgan.[1]. Savdo sotiq ishlarida tanga pullarning ahamiyati katta bo’lgan. O’sha davrda ko’plab davlatlar o’zlarining kumush hamda mis chaqa tangalarini zabt ettirganlar. Eng mashhur tanga pullardan biri bu Xorazm shohlar chiqargan tanga pullardir. Taqdiqotchilar Xorazm shoh tangalarini rasmlariga qarab ularni ikki guruhga bo’ladilar: siyovushlarning bizga malum bo’lgan qadimgi tamg’asi bosilgan, kumush tanganing o’ng tomoniga munchog’ yoki to’qa bilan bezatilgan dumaloq toj kiygan soqolli podshoning bejirim qilib ishlagan rasmi tushurilgan. Ikkinchi guruhga, ancha keng tarqalgan, O’rta Osiyoning turli turli rayonlaridan shimolda Toshkent vodiysidan Shimoliy Hindistongacha “geray tangalari” nomi bilan kirgan tangalar ham bir tomonida podshohning buyusti, teskari tomonda chavandoz tasvirlangan bo’lib, juda ko’p topilgan. [7]. Bundan tashqari Xorazm tangalari Buxoroda ham foydalanilgan. Buxoro aholisi qo’lida xorazm kumush tangasi muomilada bo’lib, odamlar kumush tangani ko’ngilsizlik bilan olar edilar. Buxoroning o’zida quyilgan u kumush tanga esa odamlar qo’lidan chiqib ketgan edi. [8]. XI-XII va XIII asr boshida Movarounnahrda mahsulot-pul munosabatlari nihoyatda rivoj topib , u mamlakatning deyarli hamma uzoq va yaqin viloyatlarni qamrab olgan edi. Qoraxoniylarning oltin, kumush va mis chaqa tangalari eloqxonlar tomonidan zarb qilingan. [4]. X asrda Buxoroda tilla (dinorlar), kumush (dirhamlar), mis (chaqa) tangalar somoniylar davrida chiqarilgan ular yuqori sifatli bo’lganligidan xalqaro savdoda juda ko’p ishlatildi. Shu boisdan X asrda somoniylar dirhamlari Eron, Iroq, Kavkaz ortida ko’proq, Sharqiy va Shimoliy Yevropada foydalanilgan. . [5]. Oʻsha paytlarda hech qaysi savdogar oʻzi bilan kumush tangalar yoki oltin tangalar olib yurmagan. Somoniylar davrida tashqi savdo muomalasida sarroflik chekkasidan kemg foydalanilar edi. Ular oʻz pullarini shahardagi sarroflardan biriga topshirib, undan tegishli hujjat, chek olardilar. Ckek soʻzi forscha termin degan maʼnoni anglatadi. [9] O’sha davrda Movarounnahrda ko’plab yer egaligi turlari mavjud bo’lga. Ular kumush yoki mis chaqatangalar bilan aholi soliqlarni muntazam to’lab borgan. Movarounnahr hududiga joylashgan somoniylar davrida yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bo’lgan: Mulkisultoniy shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegirmon do’konlar. Bu mulkni qishloq chorkorlari ijaraga olganlar. Vaqf mulklari-diniy muassaslar va madrasalarga tegishli mulk bu mulkni muassasa mutavalisi boshqargan. Jamoa mulki-yaylov tog’ yon bag’rlardagi lalmi yerlar.[6]. Qadimgi davlatlarning har birida o’zining boshqaruv shakli bo’lgan boshqaruv shakli juda mustahkam bo’lib bu ayniqsa G’aznaviylar davlatida yaqqol namoyon bo’lgan. G’aznaviylar boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Avvallari ham ko’rilganidek, dargohga oliy hukumdor (g’aznaviy hukumdorlar “Amir” unvoniga ega bo’lganlar) xayoti va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan. Ular orasida “Hojiblik” xizmati alohida etiborga loyiq G’aznaviylar davri bo’yicha manbalarda biz hojiblikning quyidagi shakllariga duch keldik: ulug’ hojib saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib jomador. Devonlar (vazirliklar)ijroida idoralari bo’lganligi o’z-o’zidan tushunarli. Manbalarda bunday devon, yani bosh vazir devoni; harbiy ishlar devoni; diplamatik va boshqa rasmiy tadbirlar, hujjatlarni rasmiylashtirish , tuzish devoni; hisob-kitob moliya devoni hamda pochta-habar devoni. [2]. Boshqaruv shakli boʻyicha Xorazmshohlar davlatining devoni oʻzgacha tuzilgan. Harbiy boshqaruv idorasi Devon al-lazr deb atalgan. [10] XULOSA Demak, IX-XIII asrlarda movarounnahr hayotida aholi dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq bilan shugʻullangan ekan. Ular asosan kumush va mis chaqalardan foydalanganlar. Aholi etnik jihatdan farq qilgan ekan. Umuman olganda, oʻsha davrda Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti barqaror boʻlgan ekan. Download 23.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling