Adib haqida Xojaning to‘liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo‘lib, millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o‘rin tutadi. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. 1480-yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhob xoja oilasida tug‘ilgan. Xoja quyidagi lavozimlarda ishlagan
Darun viloyatiga
Hokim
Jonibek Sulton hukumatida
Saroy mulozimi
Hirot va Balx shahrida
Shayxulislom
Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi. Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi.
Xoja
XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur “xojagon” silsilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi.
“Xojagon” silsilasining mashhur murshidlari - Bahovuddin Naqshbandiy
- Xoja Ahror Valiy
- Abdurahmon Jomiy
Xojaning o‘g‘li Hasanxo‘ja Nisoriy
“Muzakkiri ahbob” asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.
Xojaning Zahiriddin Muhammad Boburga yuborgan g‘azali Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur. Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari, Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur. Ulki, jondin kechadur, sham’i visolingni ko‘rub. Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur. Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi, Xoja yanglig‘ nola qil, zulfi g‘amidin kechalar Kim, mahali nola-vu faryod-u afg‘on kechadur. Dostoni haqida Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kelgan. Doston 1514–1520-yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan.
“Miftoh ul-adl”
“Gulzor”
Hikoyalar to‘plami
1-hikoyatda adolat bilan ish qilishning savobi naqadar ulug‘ligi aytilgan. 2-hikoyatda xo‘jayiniga sadoqat bilan xizmat qilmagan odam ikkinchi xo‘jayiniga sodiq bo‘lmasligi haqida. Bunda xoinlik, vafosizlik qoralangan. 3-hikoyatda adolat qilishda ikki arzgo‘y tarafning shikoyatini birdek tinglash lozim ekanligi aytiladi. 4-hikoyatda ertasini o‘ylagan kishi hech qachon xonavayron bo‘lmasligi aytiladi. Foydalanilgan adabiyot: Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Qayta ishlangan 4-nashri. /Qozoqboy Yo‘ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo‘ldoshbekov; [Mas’ul muharrir: V.Rahmonov]. —T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |