IX. 2018. Tarix 1-dars


II. O’tgan mavzuni so’rash


Download 1.7 Mb.
bet106/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

II. O’tgan mavzuni so’rash:O’tgan mavzudan savollar berib, javob olinadi.

1. Xaritadan Hindistonni toping. Hindiston geografik o’rnining xususiyati haqida so’zlab bering?

2. Hindistonning ilk sivilizatsiyalari haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Hindiston jamiyati qaysi tabaqalarga bo’lingan?

4. Aholini tabaqalarga ajratish kimlarga foydali edi?

5. Sizningcha, nega bir tabaqadan boshqasiga o’tishga ijozat berilmagan?



6. Misrliklar diniy e’tiqodlarining o’xshashliklari va farqi nimada?

III. Yangi mavzu bayoni:

Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylar ancha kuchayadi. Qullar va boshqa mehnat qilayotgan kishilarni itoatda saqlab turish uchun armiyasi, amaldorlari, sudyalari, posbonlari va soliq yig’uvchilari bo’lgan kuchli davlat zarur edi. Нarbiу sardorlar va oqsoqollar orasidan ajra­lib chiqqan hokimlar hokimiyatni vorislik yo’li bilan farzandi­ga qoldiruvchi podsholarga aylandilar. Shu taxlit miloddan avvalgi I mingyillikda Hindistonda bir necha davlatlar vujud­ga keladi, jumladan: Magadha, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoni zabt etganidan so’ngra miloddan avvalgi 327 yilda Panjob o’lkasi hududiga bostirib kiradi. Mazkur o’lkada joylashgan davlatlarning hukmdorlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko’rsatadilar. Makedoniyalik A1eksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha уetib boradi, miloddan avvalgi 325-yilda Bobilga qaytib ketadi. Mil. avv. 318-yilda уunon-makedon qo’shinlari Hindistondan butunlay quvib yuboriladi. Yunon va makedon qo’shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi Chandragupta sardorlik qiladi. Yunon va makedonlar qo’shinlari quvib yuborilgandan keyin Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlari­ni o’z tarkibiga olgan Maurya davlati asoschisi bo’ldi. Pataliputra shahri esa Maurya davlati poytaxtiga aylandi. Mil. avv. III asrda podsho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak pog’onalarga erishdi. Ammo pod­sho Ashoka vafot etganidan so’ngra o’zaro urushlar avj oldi, Hindiston tag’in mayda-mayda davlatlarga parchalanib ketdi. Sal o’tmasdan ularning ko’pchiligini Kushon podsholigi, keyin esa Eftaliylar podsholigi bosib oldi. Miloddan avvalgi I mingyillikda Hindiston ilm-fan, xususan, astro­nomiya va matematika sohasida yuk­sak darajaga erishadi. Hindlar 360 kundan tarkib topgan Quyosh kalendari tuzadilar. Bu davrda sanash va hisoblashning o’nlik sistemasi keng tarqaladi: hind­lar "nol"ni ifodalovchi maxsus belgini o’ylab topishadi, raqam­larni esa bugungi kunda butun dunyo qo’llaydigan bir tartibda yozadigan bo’ladilar. Biz bu raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, negaki bu raqamlarni hindlardan qabul qilgan arablar orasida ular keng tarqalgan edi. Ushbu mamlakatda ixtiro qilingan, hindlarning o’zi "qo’shinlarning to’rt turi" deb atay­digan o’yin bugungi kunda butun jahonda "shaxmat" nomi bilan ma’lum va mashhurdir. Hindlar birinchi bo’lib shakarqamishdan shakar olgan edi. Metallarga ishlov berish sohasida ham hindlar kishini lol qoldirgulik natijalarga erishdilar. Hozirgi kunga qadar Dehli sahrida saqlangan toza temirdan quyilgan minora ustuni hali ham zanglamagan, korroziya hodisasi unga asrlar davomida ta’sir o’tkaza olmagan. Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo’lmish sanskrit ishlab chiqildi. "Мahobharat", "Ramayana", "Panchatantra" eposlari hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan,bizga qadar yetib kelgan. Jamiyatdagi o’zgarishlar ta’sirida hindlarning diniy e’tiqodlari ham islohotga yuz burdi. Yangi buddaviylik dini yaratilishi Budda taxallusini olgan shahzoda Siddhartha Gautama nomi bilan bog’liqdir. Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshga to’lguniga qaqar hukmdor otasi saroyida betashvish farog’atli kun kechirgan. Kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan chog’ida munkillagan cholga o’xshab qolgan, bedavo dardga yo’liqqan navqiron bir kishiga, keyin esa dafn marosimiga ko’zi tushadi. Bu to’qnashuvlar shahzoda Siddhartha Gautama ha­yotini tamomila o’zgartirib yubordi. U saroydagi farog’atli tur­mushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo’ylab sayohatga otlandi. Bir kuni ma’rifatga erishgan orif Budda inson son-sanoqsiz marotaba tug’ilishi va vafot etishini tushunib yetadi. Keyingi hayotda odamning kim bo’lib tug’ilishi ham uning sa’y-hara­katlari va amallariga bog’liqdir. Budda va uning izdoshlari bo’lgan buddaviylar inson yolg’on so’zlamasligi, mol-davlat to’plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to’kmasligi lozim deb hisoblaydilar. Inson har qanday mayllardan voz kechishi zarur, negaki har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi. Buddaviylar Уer yuzida o’rmalab borayotgan qurt-qumursqalarni tasodifan bosib olib, ozor yetkazmaslik uchun hatto qishda ham oyoqyalang yurishgan. Avvaliga buddaviylarda xudo bo’lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengil­lashtira olmaydi, deb hisoblash­gan. Ammo ko’p o’tmay Budda­ning o’zi xudoga aylandi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonala­rida uning haykallarini ko’rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o’ylarga cho’mgancha qilt etmas yuz ifodasi bilan qovoq­larini tushirgancha chordona qu­rib o’tirgan holatda tasvirlanadi. Уangi din oldingilaridan in­son mavqeyi tabaqalarga ham, ja­miyatdagi maqomiga ham bog’liq bo’lmasligi bilan farqlanadi. Bud­daviylar fikricha, hamma narsa insonning o’ziga bog’liq: uning mukammallikka intilishi, ortiqcha narsalardan voz kechishi ma’naviy yuksalish zaminidir. Mil. avv. III asrda buddaviylik jahon dinlaridan biriga aylandi.

Hindlarda fan va madaniyat rivojlangan. Buni klaster usulida ifodalash mumkin.




Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling