IX. 2018. Tarix 1-dars
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi reja asosida mavzuni guruhlarga taqsimlab beradi va ular darslikdan foydalangan holda mavzuni yoritadilar. Bunda aqliy hujumga asoslaniladi. 1-guruhga: Sin davlatinng tashkil topishi. 2-guruhga: Buyuk Xitoy devori. 3-guruhga: Xitoydagi xalq qo`zg`olonlari. 4-guruhga: Qadimgi Xitoy madaniyati. O`qituvchi o`quvchilar ma`lumotlarini to`ldiradi, tuzatadi va qo`shimchalar qiladi. Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri bo’lmish Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246-210-уillar) nomini qabul qilgan, bu nom "Sinning birinchi hukmdori" degan ma’noni bildiradi. O’z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga imperator noyiblarini rahbar etib tayinladi. Aslida qattiqqo’l odam bo’lgan Sin Shixuandi o’z raqiblarini shafqatsizlarcha qirib tashladi. Sin Shixuandi hukmronligi davrida yagona va markazlashgan davlat tiklandi. Sin Shixuandi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishiga imkon bergan bir qancha islohotlar o’tkazdi. Sin Shixuandi hali ko’zi tirikligidayoq o’ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 уil mobaynida bunyod etgan. Maqbara tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin Shixuandi qabridan imperatorni "qo’riqlash" uchun o’rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykalchalari ham topilgan. Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko’chmanchi xunnlarning ahyon-ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Buyuk devorni bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. Qadim zamonlarda dushman qo’shinlari uchun jiddiy to’siq bo’lib xizmat qilgan, negaki otliq qo’shinlar undan oshib o’ta olmas, qal’alarni shturm bilan zabt etishni esa ko’chmanchilar hali uddalay olishmasdi. Poqsho va amaldorlari yuz minglab dehqonlarni devor qurilishida tekindan tekin ishlab berishga majbur qiladilar. Buyuk devorni belkuraklar, cho’kichlar va zambilg’altaklar yordamida barpo etadilar. O’sha kezlar dehqon oilasida o’g’il bola tug’ilishi musibat o’rnida ko’rilgan: voyaga yetganidan keyin uni baribir devor qurilishiga jo’natadilar, uyoqdan tirik qaytib kelish esa hammaga nasib etavermaydi. Minglab qullar va asirlar devor qurilishidagi haddan tashqari og’ir mehnatdan halok bo’lishdi. O’lib qolganlarni shu yerning o’zida ko’tarmalarga ko’mib yuborishardi. Devor qurilishi nihoyasiga yetganidan keyin (ming yildan ziyod davrda qurilgan) hukmdorlarda uni mudofaa qilishga yetarli qo’shin yo’qligi ham ma’lum bo’ldi. Мil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo’zg’oloni alangalanib ketdi. Unga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgan edi. Qo’zg’olonchilar poytaxtni egallab oldilar. Imperiya vayronalarida Xon sulolasi boshchiligida yangi davlat barpo etildi. Bu sulola davlati imperator U Di hukmronligi davrida (mil. avv. 140-87-yillar) eng qudratli davlatga aylangan, mil. 220-yilga qadar mavjud bo’lgan edi. Sharqdagi boshqa davlatlardagi kabi Xitoyda ham mavjud yerlar hukmdorniki hisoblanar, aholi natural soliqlar to’lar, turli mehnat majburiyatlarini bajarar edi. Zo’r mehnat evaziga yetishtirilgan hosil ko’pincha dehqonning o’ziga nasib etavermasdi. Hosil yig’ishtirilganidan keyin amaldorlar va qorovullar kelar edi. Bordi-yu, dehqon soliqlarni vaqtida to’lay olmasa yoki qarzni qaytarib bera olmasa, qarzlari evaziga o’z bolaladan birini berib yuborar edi. Tushgan pulga esa u oilaning qolgan a’zolarini yangi hosil yig’imigacha boqib turish imkoniga ega bo’lardi. Og’ir ahvoldan norozilik tariqasida keyinchalik dehqonlar qo’zg’olonlariga aylanib ketuvchi uyushmagan g’alayonlar vujudga kelardi. Ulardan biri "qizilqoshlilar qo’zg’oloni" nomini olgandi, chunki qo’zg’olon ko’targanlar o’z odamlarini chalkashtirib qo’ymaslik uchun qoshlarini qizil rangga bo’yab olgan edilar. "Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni" miloddan avvalgi II asrdagi eng yirik isyon bo’ldi. Bu qo’zg’olonga yaxshi tayyorgarlik ko’rilgan, qo’zg’olon ko’targanlar orasida harbiy san’at bilimdonlari ham bo’lgan. Qo’zg’olon butun mamlakatni qamrab oldi. Faqat hukmdorning yaxshi qurollangan va durust harbiy ta’lim ko’rgan qo’shinlarigina uni bostirishning uddasidan chiqdi. Biroq xalq qo’zg’olonlari mamlakatning boshqa viloyatlarida davom etaverdi. Xunnlar hujumlari zo’rayishi bilan davlat ham kuchsizlanib qoldi, milodiy IV asrda Xitoy imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi. Qadimgi Xitoyda butun boshli so’zlarni ifodalagan iyeroglif yozuvi mavjud bo’lgan. Avvaliga xitoyliklar bambukka yozishgan. Xitoyliklar bambukni uzun-uzun taxtachalarga bo’laklab, uchi o’tkirlangan yog’och tayoqcha bilan ularga iyerogliflarni daraxt sharbatidan tayyorlangan siyoh bilan yozishardi. Ingichka va uzun taxtachalarga faqat ustun tariqasida yozish imkoni bo’lgan, shuning uchun ham yuqoridan pastga qarab yozish shakli keуinсhalik saqlanib qoldi. Bambuk taxtachalarining yuqori qismida teshik parmalanib, ularni bir dasta qilib bog’lashgan. Bambuk taxtachalar bog’lami ayni mahalda eng qadimgi xitoy kitoblari ham edi. Bundan 2,5 ming уil muqaddam bambuk o’rnida ipakdan foydalanishga o’tildi. Ipakka tayoqcha bilan emas, mo’yqalam bilan yozilar edi. Endi kitob uzun ipak parchasiga o’xshar, uni o’rama tarzida tayoqchaga o’rashar edi. Miloddan avvalgi I asrda qog’oz ixtiro qilindi. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo’lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali kattakon qoshiqni eslatar edi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarhallangan yog’ochga o’rnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko’rsatgan. Xitoyliklar kompasdan tegishli ishlarda, quruqlik va dengizda foydalanishgan. Xitoyda zilzilani oldindan aytib beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan edi. Xitoy olimlari tarix, astronomiya va tibbiyotga oid ko’plab asarlar yaratishgan. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling