IX. 2018. Tarix 1-dars
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, darsga jalb qilish, ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. II.Uy vazifasini tekshirish: Topshiriqlar: 1.Sin Shixuandi. 2.Buyuk Xitoy devori. 3.Xalq qo`zg`olonlari. 4.Ixtirolar
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massaget gabilalari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud So‘g‘diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan aholi so‘g‘diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baq triyaliklar bo‘lib, ular Surxon vohasi, Afg‘onistonning shimoliy, Tojikiston ning janubiy hududlarida joylashgan. Yu non-rim muallifl ari u yerlarni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Cho‘llar va Amudaryo (daryoning qadimgi nomi Oks) bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruhi saka-tiay-taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada saka-xaumovarka deb ataluvchi ya’ni muqaddas ichimlikka sig‘inuvchi saklar yashagan. Bu davrlarda Xorazm, So‘g‘d va Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bo‘lgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq ham ancha rivoj topqan. Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza bu yumlar topilgan. Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilarni boqqanlar. Chorvadorlar hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g‘alla va mevaga ayirboshlaganlar. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edi. Qadimshunoslar Afrosiyob(Samarqand), Yerqo‘r g‘on va Uzunqir(Qash qadaryo vohasi), Ko‘ zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo vohasi) kabi qadimiy shaharlarni o‘rganishgan. O‘zbekistonning bunday qadimiy shaharlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? Qadimgi shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Shaharda hokim yashaydigan qal’a bo‘lgan. Qal’ada xom g‘ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. Devorning burjlari va o‘q otish uchun maxsus shinaklari ham bo‘lgan. Shahar ichkarisida turar joylar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunarmandchilik markazlari bo‘lsa, boshqalari alohida tuman va viloyatlar markazlari hisoblangan. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling