IX. 2018. Tarix 1-dars


Darsning texnologik xaritasi


Download 1.7 Mb.
bet137/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini tekshirish:

Guruhlarga topshiriq beriladi, o`tilgan mavzudan ma`lumot beriladi.

Guruhlardagi har bir o`quvchi kamuda bitta ma`lumot aytishi talab qilinadi.

1.Zardushtiylikning vujudga kelishi tarixi.

2.Zardushtiylikning tarqalishi.

3.Zardushtiylik xudolari.



III.Yangi mavzu bayoni:

Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra – Quyosh va yorug‘lik xudosidir.

O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim xudosi bo‘lmish Ahriman bilan jang qiladi. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amaldan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, yolg‘on

so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish lozim edi.

Zardushtiylarda vafot etgan odamlarni dafn etish borasida alohida marosim yuzaga kelgan. Inson vafot etganida marhumning jasadini yerga ko‘mish ham, olovda kuydirish ham, suvga tashlab yuborish ham

ta’qiqlangan. Shu sababdan ham murdani yirtqich qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun jasadni toshli va qumli tepaliklarda qoldirishgan. Yomg‘irlarda yuvilgan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling