Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. Uy vazifasini tekshirish:
Uyga berilgan topshiriq savol-javob orqali o`tkaziladi:
1.Eng qadimgi odamlar suyaklari qayerlardan topilgan?
J:Janubiy Afrika, Sharqiy Afrika, Indoneziya, Xitoy, Germaniya, Fransiyadan.
2. Ular qanday nomlar bilan atalgan?
J:Avstralopite k, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop, heandertal, kromanon.
3.Muzlik davri qachon boshlandi?
J: Ilk paleolitning oxirlarida.
4.O`rta Osiyoda qadimiy mehnat qurollari qayerlardan topilgan?
J:Farg`onada Selung`ur va Toshkentda Ko`lbuloq manzilgohlaridan.
5.Qadimgi odamlar yasagan dastlabki tosh qurollarni arxeologlar qanday nomlaganlar?
J:Chopperlar.
6.O`zlashtirma xo`jalik nima?
J:Termachilik va ovchilik.
7.Teshiktosh g`oridan qancha tosh qurollar va ularning parchalari topilgan?
J:3 mingga yaqin.
8.Teshiktosh g`orini kim topgan?
J: Okladnikov.
9.Qadimiy diniy e`tiqodlar qaysilar?
J:Animizm, fetishizm, totemizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |