IX. 2018. Tarix 1-dars
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mil. avv. 776-yilda
- Mil. 394-yilda
III.Yangi mavzu bayoni:
Yunonlar maktablarida faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalanishi lozim edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi. Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy san’atining o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko‘rsatish muhim bo‘lgan. Haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni yengayotgan qudratli mushak va changallari, mashq ko‘rgan tanasining go‘zalligini his etmagan bo‘lardik. Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil harbiy ta’lim ham olishgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganishardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashar, boshqalari Pirey bandargohida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganishar edi. Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim- kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan. So‘ngra ular o‘z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fidoyiligi va jasorati hisoblangan. Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lgan edi. Mil. avv. 776-yilda ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Ana shu sanadan boshlab har to‘rt yilda bir marta Olimp tog‘ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilib, Yunonistonning to‘rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo‘lgan. Otchoparda aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o‘yinlar o‘tkazilayotgan paytda urushlar to‘xtatilgan. Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi Zevs sharafi ga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Afsonalarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o‘yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog‘ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. Musobaqalarda uch karra g‘alaba qozongan sportchi Olimp tog‘ida o‘z haykalini o‘rnattirishga haqli bo‘lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab yuritganlar. G‘oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlanganlar. Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi. Mil. 394-yilda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni vayron bo‘lib, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay to‘xtab qoladi. Nihoyat, 1896-yilda Olimpiya o‘yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o‘yinlari ochiladigan kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o‘tkaziladigan joyga keltiriladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling