IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet186/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Yunon olimlari

fikrlari

Geraklit




Doigen




Demokrit




Arximed




Aristotel




Gerodot




Sorat




Platon



O`quvchilar jadvalni to`ldirib bo`lgach, fikrlarni navbat bilan o`qib beradilar.


III.Yangi mavzu bayoni: “Kichik ma`ruza”

Afinalik mashhur faylasuf Sokrat (O’rta Osiyoda keyinchalik «Suqrot» tarzida aytilgan) o’zining dono hik­matlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi. Bunga javoban Sokrat shunday debdi: "Mening donishmandligim shundaki, kamina faqat hech nimani bilmasligimni bilaman, xolos!" Sokrat hech mahal o’z asarlarini qog’ozga tushirmagan. Sokratning g’oyalari Atlantida degan xaуoliу (ideal) davlat to’g’risida ta’limotni yaratgan Platon degan tag’in bir yunon faylasufining muloqotlari orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni endilikda «Aflotun» sifatida ham bilamiz. Darvoqe, bizgacha Sokratning mashhur bir hikmati ham yetib kelgan: "Xudo bizning o’zimizdadir!" Sokrat fuqarolarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Delfiya ibodatxonasidagi bitik uning sevimli hikmati ekan: "O’z o’zingni anglagin va bilgin!" Muxoliflari bilan dialoglarida Sokrat Уaxshilik va Уomonlik nima degan masalaga javob berishga harakat qilib ko’rgan. Уomon, aldoqсhi va shafqatsiz bo’lishga qaraganda yaxshi, halol, rahmdil bo’lish ancha yaxshiroq, deb uqtirgan faylasuf. Sokrat ayniqsa ochko’zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan. Bozor bo’ylab sayr qilib yurganida shunday degan ekan: "Bularsiz ham kun kechirish mumkin bo’lgan shuncha narsalar borligi ham qandoq yaxshi!" Sokrat dunyoda Ezgulik qonunlari mavjudligini, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakligini isbotlagan. Afinadagi ba’zi tartibotlarni qo’rqmasdan tanqid qilgani sababli uni o’limga mahkum etishgan. Sokratning boshqa bir davlatga qochib ketish imkoniyati bo’lsa-da, rad etgan. Sokrat tarixda odamiylik, sabr-matonat va jasurlik timsoli bo’lib qolgan.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling