IX. 2018. Tarix 1-dars
Darsning texnologik xaritasi
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
- III.Yangi mavzu bayoni
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. II.Uy vazifasini tekshirish: O`tgan mavzuni guruhlarga “ Klaster” tuzish tyopshirig`i bilan so`raladi. 1-guruhga- Xorazm, 2-guruhga-Qang`, 3-gurhga-Dovon. III.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi 140-130-yillar oralg'ida ko'chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davla- tini bosib oladilar. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o'rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig`I barcha yuechji mulklarini hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi. Birlashgan yuechji mulklarining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo'lgan. Kudzula Kadfiz davrida Afg'oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo'shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi. Podsho Kanishka davrida poytaxt Baqtriyadan Peshovarga ko`chirdi, Kushon davlati esa ulkan imperiyaga aylanadi. Uning hududiga Hindiston, Xo'tand Afg`oniston va Ozbekistonning janubigacha bo'lgan yerlar kirgan. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan imperiyalardan biriga aylangan. Milodiy III asrda to`xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga uchradi va parchalanib ketdi. Vima Kadfiz davridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko`rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi. Hukmdor pul islohoti o`tkazadi, zarb qilingan tangalar qadri ortadi. Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan. Milodiy I-II asrlarda Kanishka hukmronligi davrida (milodiy 78-123- yillar) Kushon podsholigi taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi. Yangi-yangi shaharlar bunyod etildi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo va elchilik munosabatlari yo'lga qo'yildi. Hunarmandchilik ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Kushon davlati yodgorliklari bo'lmish Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalarni o'rganish jarayonida aniqlangan topilmalar ham buni tasdiqlaydi. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug'orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil qilgan. Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig'ir turlaridan keng foydalanildi, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirildi.
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling