IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet267/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II.Uy vazifasini tekshirish:

1.Selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb atalgan?

A) freska B) mozaika C) villa D) ikona

2. Selgimagan suvoqqa shisha yoki tosh parchalari yopishtirilib ishlangan rasm nima deb ataladi?

A) freska B) mozaika C) geraldika D) ikona

3. Qadimgi rimliklarning shohona koshonalari – uy-joylari qanday nomlangan?

A) pomeste B) akveduk C) freskalar D) villalar

4. Qadimgi Rim forumidan nimalar o‘rin olgan edi?

A) senat binosi, altar va ibodatxona

B) konsullarning uylari, bozor maydoni, kolizey teatri

C) bozor maydoni, yig‘ilish joyi va ibodatxona

D) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar

5. Qadimgi Rimda qanday qilib odamlarning jamiyatdagi mavqeyini bilib olish mimkin edi?

A) kiyib yuradigan libosiga qarab B) uyining qurilishiga qarab

C) uyining joylashgan o‘rni orqali D) yosh xususiyatlari orqali

6. Qadimgi Rimda altar bu – …

A) 14 yoshga qadar kiyib yuriladigan o‘g‘il bolalar kiyimi B) xudolarga qurbonlik qilinadigan ko‘tarma joy

C) rimliklar nazdida xudolarning asosiy yeguligi D) fol ochuvchi ruhoniylar

7. Qadimgi Rimda “pontifiklar” kimlar edi?

A) diniy marosimlarning o‘tkazilishi ustidan nazorat qilib boradigan ruhoniylar

B) kichik kohinlar C) fol ochuvchi kohinlar D) qurbonlikni amalga oshiruvchi kohinlar

8. Qadimgi Rimda Yupiter qanday xudo hisoblangan?

A) adolat va odil sudlov xudosi B) osmon, momaqaldiroq va yashin xudosi

C) taqdir xudosi D) urush va tinchlik xudosi

9. Qadimgi rimliklarda qaysi ilohaning qo‘lida aybdorlik va aybsizlikni taqqoslab beradigan tarozi bo‘lgan?

A) Venera B) Yustitsiya C) Diana D) Fortuna

10.. Quyidagi xudolarining qaysilari qadimgi rimliklarga tegishli?

l) Eros; 2) Venera, 3) Geya; 4) Femida; 5) Yustitsiya; 6) Gratsiya; 7) Nika; 8) Fortuna; 9) Germes; 10) Vulkan; 11) Uran; 12) Baxus.

A) 1, 2, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 5, 7, 8, 10, 11 C) 2, 3, 5, 7, 9, 12 D) 2, 5, 8, 10, 12



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling