IX. 2018. Tarix 1-dars


III.Yangi mavzu bayoni: “


Download 1.7 Mb.
bet53/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni: “Kichik ma`ruza

Kohinlar xudolar va odamlar o’r­tasida vositachi bo’lishgan. Misrlik­lar e’tiqodicha, mabodo Уer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa, xudolar odamlarga madad ber­maу qo’yadilar. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag’ishlar edilar. Kundalik tur­mushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Кo­hinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug’lik sochish va hosilni yig’ishtirib olish mudda­tini aniq bilishar edi. Barcha "nom"larda ibodatxonalar bo’l­gan, fir’avnlar ularga katta­katta boylik va yerlar hadya etishardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar katta-katta уer mulklariga ega­lik qilar edi. Нar birr zafarli bosqinchilik yurishidan keyin fir’avnlar o’ljaning bir qismini ibodatxonalarga hadya etardi­lar. Misrliklar uchun ibodat­xona xudolar va ilohalarning Уer yuzidagi koshonasi edi. Ibodatxonalarda xudolarning hay­kalchalari turar, iloh yoki ilohaning ruhi ular orqali odamlarga murojaat qilar edi. Ibodatxona ichkarisiga esa faqat kohinlar kirishi mumkin bo’lgan. Oddiy odamlarning ko’pchiligi faqat hadyalar berish va xudolarga munojot qilish uchun ibodatxona darvozasiga yaqinroq kela olishardi, xolos. Ibodatxonadagi kotiblar esa xudolarga o’tinchnomalarni yozib berishardi. Нar kuni tongda, peshinda va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag’ishlar edilar.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling