IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet72/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.O’quvchilarni darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash. O’qituvchi o’tilgan mavzu yuzasidan tuzilgan savollar asosida “Kim chaqqon” o’yinini amalga oshiradi.

Savollar:

1. Misrliklar yozuvlarini “muqaddas” yoki “xudolar kalomi” deb nomlashlariga sabab nimadan edi? (yozuvdan qarg’ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanganliklari)

2. Iyeroglif so’zining ma’nosi nima? (toshga chekilgan muqaddas bitiklar)

3. Misr yozuvini iyeroglif deb qaysi xalq atagan edi? (yunonlar)

4. Misrliklar alifbosida qancha iyeroglif mavjud edi? (750 ta)

5. Kim Misr matnlarini o’qish kalitini topgan? (Jak-Fransua Shampolyon)

6. 1822-yilda Misr tarixi bilan bog’liq qanday voqea bo’ldi? (Jak-Fransua Shampolyon Misr matnlarini o’qish kalitini topdi)

7.Hozirgi kunda qaysi shaharda Rozett bitiktoshi saqlanmoqda? (London)

8.Poyasining mag’zi yozuv yozishga material tayyorlash uchun ishlatiladigan qamish nima deyiladi? (Papirus)

9. Qaysi xalq dunyoda birinchi bo’lib taqvim tuzgan? (misrliklar)

10. Misrliklar yulduzlarni kuzata turib yil davomiyligini 365 kun etib belgilashgan, 365 kunni 30 kundan 12 oyga taqsimlashgan. Ortib qolgan 5 kunni qanday kunlar sanab, hisobga kiritishmadi? (bayram kunlari)

11. “Tirsak” nima? (Misrda asosiy o’lchov birligi)

12. Qadimgi Misrda “podsho tirsagi”ning uzunligini aniqlang. (52,5 sm)

13. Bir “tirsak”ni tashkil etgan barmoqlar sonini aniqlang. (28 ta)

14. Bir “tirsak”ni tashkil etgan kaftlar sonini aniqlang. (7 ta)

15. “Ikki aka-uka haqida ertak” qaysi xalqlarning og’zaki ijodi hisoblanadi? (misrliklar)


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling