IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet68/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni:

Misrliklar nazariy bilimlarining duyoga kelishi va rivoj topishi ular­ning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Ziroatchilar qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgilashdi, birinchi bo’lib taqvim tuzishdi, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kunlari sanab, hisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklkarga tibbiyotdek bir fan yaxshigina tanish bo’lgan. Mumiyolangan mayyitlarni tayyorlay turib, misrliklar odamning ichki tuzilishini ham yaxshi o’rgandilar. Turiп papirusi bizga qadar saqlan­gan (qattiq shikastlangan holda), unda podsholar sulo­lasi xronologik izchillikda keltirilgan.Misrda asosiy o’lchov birligi "tirsak" bo’lib u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo’lgan uzunlikka teng edi. Qo’llar uzunligi turlicha bo’lgani sababli "podsho tirsagi" degan yagona o’lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo’lgan. "Podsho tirsagi" butun mamlakat uchun andazaga



aylangan. Misrda vaqt suv soatlari yordamida o’lchangan, u 24 ta bo’lmaga ajratilgan maxsus idish bo’lgan. Bir bo’lmadan ikkin­chisiga oqib o’tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan. Qadimgi yunonlar matematika, arxitektura, tibbiyot va boshqa sohalardagi ko’plab yutuqlarni misrliklardan o’zlash­tirib olishgan. Xattotlar mehnati tufayli misrliklarning badiiy asarlari bizgacha yetib kelgan.. Masalan, "Haqiqat va Qing’irlik haqida ertak"da Qing’irlik Haqiqat ustidan sud o’tkazgani, ko’zlarini ko’r qilgani to’g’risida hikoya qilinadi. Ertak Adolatsizlik usti­dan Haqiqatning tantana qilishi bilan yakunlanadi. "Og’a-ini­lar" degan ertakda aka-uka dehqonlar turmushi tasvirlanadi, zolim fir’avn timsoli yoritiladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling