IX. 2018. Tarix 1-dars


II.Uy vazifasini tekshirish


Download 1.7 Mb.
bet229/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

II.Uy vazifasini tekshirish:

1 –guruh “To`maris” 2-guruh“Shiroq” 3- guruh “Spitamen”

1-topshiriq: Har bir guruh o`z nomiga ta`rif beradi.

2-topshiriq: Har bir guruhga bittadan savol berilib, har bir ishtirokchi savolga javoblarni to`ldirib boradi.

1–“To`maris” guruhiga: O`rta Osiyo Salavkiylar davlati haqida nimalarni bilasiz?

2- “Shiroq” guruhiga: Yunon Baqtriya davlati to`g`risida so`zlab bering.

3- “Spitamen” guruhiga: Madaniyatning rivojlanishi haqida gapirib bering.

III.Yangi mavzu bayoni:

Qadimgi Xorazm. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm Ahamoniylar imperiyasidan mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o`lka aholisi xo`jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko`zaliqir shahri xarobalari). Mil. avv. V—IV asrlarda bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo`lgan ulkan qal’a bunyod etilgan edi (Qal’aliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi III—II asrlarda Xorazm O`rta Osiyoning yirik antik davlatlari — Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya podsholigi tarkibiga ham kirmagan. Bu hol Xorazmda o`ziga xos madaniyat vujudga kelishida muhim omil bo`ldi. Jonbosqal’a va Qo`yqirilganqal’a yodgorliklari ana shu madaniyat namunalaridir. Qo`yqirilganqal’a xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Milodiy II—III asrlarda Tuproqqal’a shahrida bundan ham ulug`vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha shaharni ikki qismga bo`lgan, undan esa yon-atrofga ko`chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, mug`anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Zallardan birida devor bo`ylab baland taglikka 20 dan ko`proq haykallar o`rnatilgan edi. Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik ishlab chiqarishi yuksak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo`lgan. Xorazm aholisi So`g`diyona, Marg`iyona, Baqtriya va sahro ko`chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o`rnatgan. Bu o`lkadan muhim karvon yo`llari o`tgan. Mil. avv. I asrda va dastlabki milodiy asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Xorazm hududidan O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. Bular Oybo`yirqal’a (miloddan avvalgi V—IV asrlar) yodgorligidan xum sirtiga chekilgan yozuv va Qo`yqirilganqal’adan (miloddan avvalgi IV—III asrlar) topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling