IX. 2018. Tarix 1-dars


Darsning texnologik xaritasi


Download 1.7 Mb.
bet96/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 3 daqiqa

II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini tekshirish:

t/r



Old Osiyo davlatlari bo’yicha jadvalli test.
Savollar

Xett

Mitanni

Ossuriya

Urartu

Finikiya

Falastin

1.

Tir-Sidon podsholigi tashkil topgan hudud













+




2.

Podsho Solomon davlati hududi
















+

3.

Poytaxti Nineviya







+










4.

Poytaxti Tushpa










+







5.

Poytaxti Xattusa

+
















6.

Podsho Salmanasar davrida kuchaygan davlat







+










7.

Old Osiyoda eng yirik kutubxona bo`lgan davlat







+










8.

Kavkazortidagi davlat










+







9.

Mil.avv.XX asrda vujudga kelgan davlat







+










10.

Hozirgi Turkiyadagi davlat

+
















11.

Hozirgi Suriya hududidagi davlat




+













12.

“Dengiz xalqlari” tomonidan bosib olingan davlat

+
















13.

Mil. avv. 590-yilda tarix sahnasidan ketgan davlat










+







14.

Sidon, Ugarit shaharlari vujudga kelgan joy













+




15.

Isroil podsholigi vujudga kelgan
















+

16.

Kedrli o`rmonlari bo`lgan













+




17.

”Bibliya” paydo bo`lgan
















+

18.

Podsho Menua davlati










+







19.

Mil. Avv. 605-yil parchalangan davlat







+










20.

Xattusani bosib olgan davlat




+













O`quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:

17-20 ta to`g`ri javobga 5 ball

14-16 ta to`g`ri javobga 4 ball

10-13 ta to`g`ri javobga 3 ball

6-9 ta to`g`ri javobga 2 ball

1-5 ta to`g`ri javobga 1 ball


III.Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu ”Aqliy hujum” asosida ”Guruhlar ishi” bilan o`qituvchi ko`magida o`rganiladi.

1-guruh: Qadimgi Eron aholisi

2-guruh: Eron hududida qadimgi davlatlar

3-guruh: Fors podsholigining vujudga kelishi

4-guruh: Doro I islohotlari

5-guruh: Qadimgi forslar madaniyati

Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors



podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo’lgan. Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar sin­gari turli qabilalar yashab kelgan. Мil. avv. IX asrda bu mam­lakatga midiyaliklar va forslar ko’chib o’rnashadi. Eron o’zida katta yassitog’likni mujassam etgan mamlakat­dir. Mamlakat hududi deyarli hamma tomonidan o’rmon bilan qoplangan tog’lar bilan qurshalgan. Tog’oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan, jazirama cho’l mintaqalarida chorvadorlar mehnat qilgan va kun kechirgan. Eron ham Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O’rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog’lab turgan karvon yo’llari chorrahasida joylashgan edi. Mil. avv. III mingyillikda Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo’lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi. Mil. avv. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g’arbda joy­lashgan Midiya podsholigi vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda padsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. avv. 612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib oldi. Eron janubida, Fors ko’rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors vilo­yati - qadimgi forslar o’rnashgan o’lka joylashgan edi. Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo’lmish pod­sho Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo’ysundirganidan so’ngra Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. avv. 539-уil) Eronliklar O’rtaye’r dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O’rta Osiyoga, sak­lar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir IIning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va DoroI ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. Мiloddan avvalgi 522-уilda shoh Doro I (mil. avv. 522-486-yillarda hukmdor) Qadimgi Eron davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo’zg’olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar vakili zabardast Doro I ularni bostirishga kirishdi. Doro I butun mamlakat uchun "doroyi" deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan O’rtayer dengiziga qadar "shoh yo’li" degan podsho savdo yo’li qurilgan edi. Doro I armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni "satrapliklar" deb nomlangan alohida harbiy o’lkalarga taqsimladi. Doro I Qora dengiz bo’ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo’ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O’rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etildi. Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. Persepol shahrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo’lgan saroyning qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo’rtma naqshlarida Ahamoniylar itoatga kirgazgan ko’pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan Eron shohlariga peshkash va o’lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan. Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yozishgan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga chekib yozilgan. Ular yurishlar, qo’zg’olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida ma’lumot beradi. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlati­ni bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod hukm­ronlik qilgan.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling