Ix-90 Ma`rufjonov Muhammadaziz Raqobat ustunligi va unga erishish kontseptsiyalari Raqobat o`zi nim ? Raqobat
Download 1.06 Mb.
|
Raqobat nazariyasi
Raqobat jihatdan ustunliklar omillarning qiymati bilan belgilanadi, bunda texnologik rivojlanish ko’pincha chet eldan xarid qilish yo’li bilan keltirilgan texnologiyalarga asoslanadi. Raqobatbardoshlikning yanada yuqori bosqichi - bu investitsiyalar asosidagi raqobatbardoshlik. Ushbu bosqichda mamlakatlarning raqobat jihatdan ustunliklari faol investitsyya siyosatiga asoslanadi. Bunda ham texnologik rivojlanish chetdan keltirilgan texnologiyalarga asoslanadi, biroq bu o’zlashtirish birinchi bosqichdagi kabi passiv hisoblanmaydi.
Firmalar eng yaxshi texnologiyalar, litsenziya, nou-xauga investitsiya qilishadi, bunda texnologiyalar mamlakat ichida doimiy ravishda takomillashib boradi. Iqtisodiyot ichida sarmoyaning kuchli safarbar qilinishi sodir bo’ladi, kapital qo’yilmalarning o’sishi omillarning takomillashuviga (infratuzilmaning rivojlanishiga, mehnat resurslari sifatining oshishiga) olib keladi, shu bilan birga, u ularning qimmatlashuvini ham keltirib chiqaradi.
Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat jixatdan ustunliklarning integratsiyalashuvi uning global iqtisodiy kenglikdaga raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bo’lishi mumkin: 1) davlat byudjetidan ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari) uchun katta xarajatlar; 2) insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar; 3) mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi; 4) aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM ulushi; 5) aholi hayot kechirishining o’zoqligi; 6) resurslardan foydalanishning yuqori samaradorligi; 7) optimal eksport; 8) past inflyatsiya;
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling