Ix bob. Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari i-§. S h a X siy huquq va erkinliklar tushunchasi


www.ziyouz.com kutubxonasi 7-§.  Vijdon  erkinligi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#213224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ik1dt7fPX57tfCzgyHhOjjj6BYDaBcq6OvmwWavT

156

www.ziyouz.com kutubxonasi




7-§.  Vijdon  erkinligi

F uqarolarning  vijdon  erkinligi  orqali  dinga  m unosabat  aniqla- 

nadi.  M am lak atim iz d ag i  barcha  shaxsiar  uchun  (millati,  irqidan 

qat  i  nazar)  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Bu  Konstitutsiyaning 

31-moddasida  quyidagicha  ifodalangan:  “Hamrna  uchun  vijdon 

erkinligi  kafolatlanadi.  H ar  bir  inson  xohlagan  dinga  e ’tiqod  qilish 

yoki  hech  qaysi  dinga  e ’tiqod  qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy  qa- 

rashlarni  majburiy  singdirishga  yo‘l  qo'yilmaydi”.

Dem ak,  vijdon  erkinligi  quyidagilarda  o‘z  ifodasini  topadi: 

har  bir  fuqaroning  xohlagan  diniga  e’tiqod  qilishi; 

yoki  hech  qanday  dinga  e ’tiqod  qilmasligi; 

hech  qanday  diniy  qarashlarni  majburiy  singdirilishiga  yo‘l 

qo'yilmasligi.

H ar  qanday  dinda  insonni  m a’naviy-axloqiy  kamol  topishga, 

birodarlik,  bag'rikenglikka  undovchi  ijobiy  m a’lumotlar  mavjud. 

S huning  uchun  ham   dinga  e’tiqod  qilish,  uning  qoidalariga  amal 

qilish  taqiqlanmaydi.  Shuningdek,  biror-bir  dinga  e’tiqod  qilish 

uchun  d a’vatlar  qilish,  targ'ibot  qilishga,  m a’lum  bir  dinning  us­

tunligini  ko'rsatishga  ham  yo‘1  qo'yilmaydi.

Vijdon  erkinligi  xalqaro  miqyosda  e’tirof  etilgan  erkinlik 

bo'lib,  u  “Inson  huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasi”da  ham  mus­

tah k am lan gan .

Vijdon  erkinligi  Konstitutsiyamizdan  tashqari  boshqa  qonun­

larda  ham  belgilangan  bo'lib,  bu  qonunlar  fuqarolarning  Konstitu­

tsiyaviy  vijdon  erkinligini  ta ’minlashni,  kafolatlashni  nazarda  tutadi.

1998-yil  1-mayda  O'zbekiston  Respublikasining  “Vijdon  erkin­

ligi  va  diniy  tashkilotlar  to ‘g ‘risida”gi  Qonuni  yangi  tahrirda  qabul 

qilindi.  Ushbu  Q onun  har  bir  shaxsning  vijdon  erkinligi  va  diniy 

e’tiqod  huquqini,  dinga  munosabatidan  q at’i  nazar,  fuqarolarning 

tengligini  ta ’minlash,  shuningdek  diniy  tashkilotlarning  faoliyati 

bilan  bog'liq  munosabatlarni  tartibga  soladi.

Q onun  qoidalari  fuqarolarning  xohlagan  dinga  e ’tiqod  qilish 

yoki  qilmaslik  huquqini  t a ’minlashni  nazarda  tutish  bilan  birga, 

diniy  rasm-rusumlar,  marosimlarda  qatnashish  yoki  qatnashmas- 

likka  o'z  ixtiyori  bilan  yondashishni  ko'zda  tutadi.

157

www.ziyouz.com kutubxonasi




Vijdon  erkinligi  fuqarolarga  diniy  t a ’lim  olish,  din  namoyanda- 

si  bo'lish  im konivatlarini  ham   beradi.  Faqat  hech  kim  o'z  ixtiyoriga 

zid  ta rz d a   diniy  t a ’limot  olishga  m ajb u r  qilinmaydi.

D inni  niqob  qilib  olib,  in so n iy a tn in g   hayotiga  xavf  soluvchi, 

ongini  zaharlovchi  turli  g'oyalarni  kishilar  on g ig a  kiritishga 

h a ra k a tla r   taqiqlangan  bo'lib,  bunday  taqiqlar  aslo  vijdon  erkinli- 

g ig a  zid  bo'lmay.  aksincha  u n in g   to'la  nam oyon  bo'lishiga  ta ’sir 

qiladi.


M a m la k a tim iz d a   muqaddas  diniy  bayram larim izni  nishon- 

la sh n in g   belgilanishi,  kish ilarn in g  ibodat  qilishi  u chu n   masjid 

va  ch erk o v larn in g   faoliyat  ko'rsatayotganligi,  diniy  bilimlar  olish 

u ch u n  turli  bosqichda  diniy  o'quv  m u a ss a s a la rin in g   mavjudligi  vij­

don  erk in lig in ing   amal  qilishidir.

Fuqaro  va  sh ax slarn in g   shaxsiy  huquq  va  erkinliklari  huquq 

va  erkinliklar  tizimida  yetakchi  o'rinda  turadi.  Chunki,  bu  huquqlar 

tabiiy  huquqlar  bo'lib,  insonning  tug'ilishi  bilan  v ujudga  keladi. 

Davlat  esa,  ana  shu  huquqlarni  t a ’m inlashga  majbur.  Shuning 

uchun  bu  vazifani  bajarish  maqsadida  O 'zbekiston  davlati  barcha 

choralarni  ko'rgan.  Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya- 

mizda  k en g   va  m u k a m m al  belgilangan  va  u ia rn in g   am alg a  oshi- 

shini  t a ’minlovchi  kuchli  tizim  barpo  etilgan.  H am d a  bu  tizim 

m u n ta z a m   ravishda  takomillashtirilmoqda.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling