Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet30/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Nurlanish oqibatlari .

Radiatsiya ta’sirida inson organizmining nurlanish oqibatlarini qarab chiqamiz. Nurlangan shaxsning individual xususiyatlari va radiatsiya darajasidan bog‘liq holda kutilmagan radiobiologik oqibatlarni paydo bo‘lish davri bir necha minutdan 50-60 kungacha davom etadi. Inson organizmining radiatsiya ta’sirida qattiq shikastlanishi nisbatan katta dozalarda( masalan soatiga bir necha greydan yuqori, 1 grey=1 joul/ 1 kg).



  • Radiatsion jarohatlanishning birinchi belgilariga holsizlanish, ish qobiliyatining pasayishi, ishtahaning yo‘qolishi, qayd etish va ich ketish kabilar kiradi. Nurlanish dozasi qancha katta bo‘lsa yuqorida keltirilgan belgilar shuncha kuchli namoyon bo‘ladi. Organizm 0.1 Grey dan yuqori nurlanish dozasi olsagina uning klinik belgilari paydo bo‘la boshlaydi.

  • 1,5-2,0 Grey dozada nurlanish kasalligini engil formasi kuzatilib, birinchi kundayoq 30-35% nurlanganlarda ich ketish, kuchli holsizlanish, rangni oqarib ketishi yoki terining jarohatlanishi kuzatiladi. Qon aylanish sistemasining buzilishi radiatsion jarohatlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib (limfopeniya, trombopeniya) nurlanishdan so‘ng 1-10 kundan boshlab kuzatiladi. O‘lim holati ro‘y bermaydi.

  • 2,5-4,0 Grey dozada nulanish olgan barcha insonlarda qonda leykotsitlarning keskin kamayishi , teri ostida qon qo‘yilishi sodir bo‘ladi. 20% kasallanganlarda bir necha haftadan keyin asosan suyak iligi hujayrasining buzilishi tufayli o‘lim holati ro‘y beradi.

  • 4,0-6,0 Grey dozada nurlanish kasalligining og‘ir formasi kuzatiladi. 50% kasallanganlarda birinchi oyning o‘zidayoq o‘lim holati kuzatiladi.

  • 6,0 Grey dozadan boshlab nurlanish kasalligining eng og‘ir formasi rivojlanadi va miyaga qon qo‘yilishi, og‘ir yuqimli kasalliklar tufayli nurlanganlarning hammasi (100%) halok bo‘ladi.

  • 10-50 Grey dozada nurlanganda ko‘p hollarda miyaga qon qo‘yilishi va oshqozon-ichak yo‘llarining butunlay ishdan chiqishi tufayli nurlanish olgan inson 1-2 hafta o‘tgach halok bo‘ladi.

  • Agar nurlanish 100 Grey o‘ta yuqori dozada bo‘lsa, asab tizimining kuchli jarohatlanishi sodir bo‘lib, inson nurlanishdan so‘ng bir necha soat o‘tgach halok bo‘ladi.

  • O‘lim holatiga olib keluvchi (4-6 Grey) dozadan ancha kichik dozalarda o‘tkir nurlanish kasalligi kelib chiqadi va ehtimol stoxastik effektlar hosil bo‘ladi. Bu holat uchun kasallikning yashirin davri (oylar, ba’zida yillargacha) davom etadi. Radiatsion nurlanishlarning ta’sir darajasi asosan – doza quvvatiga, nurlanish vaqtiga, yutilgan dozaning tananing butun qismi bo‘ylab tekis taqsimlanishiga, nurlanish turi va hokazolardan bog‘liq bo‘ladi.

Nurlanish ta’sirida kasallikning eng og‘ir formalari leykimeya yoki boshqa o‘pka, sut bezi, teri raki kabi kasalliklar kelib chiqadi. Ehtimol og‘ir ko‘z kasalliklari, ko‘z qorachig‘ining ishdan chiqishi , katarakta kabilar ham kuzatiladi. To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra turli hil oddiy kasalliklar bilan kasallanganlar , muntazam chekuvchi shaxslar radiatsiya ta’sirida boshqalarga, chekmaydiganlarga qaraganda yuqorida keltirilgan og‘ir kasallikga chalinishi 60-70% ko‘p bo‘lar ekan.

Ayniqsa yosh bolalar nurlanish dozasiga o‘ta sezgir bo‘ladi, hatto kichik dozada olingan nurlanish ham ularni rivojlanishdan, suyaklarini o‘sishdan to‘xtatib qo‘yadi, ba’zi holatlarda xotirasi pasayib, aqlini yo‘qotib qo‘yish holatlari ham kuzatiladi. Ona qornidagi homilaning rivojlanishi, miyasining takomillashuvi kichik dozadagi radiatsiya ta’siriga juda sezgir bo‘ladi. Bo‘nday holat homiladorliking 8 va15- haftalarida ko‘proq kuzatiladi.

Endi radiatsiyaning inson umrining uzunligiga yoki o‘rtacha yoshga qanday ta’sir ko‘rsatishini qaraymiz:

Standart nurlanishda yutilgan dozani baholash ta’sir tananing barcha qismlariga bir tekis taqsimlangan holda tananing 5 sm chuqur qismida o‘rganilgan.



  • O‘rtacha  Grey (grey/kun) kichik dozada inson umrining qisqarishi – 3 kungacha, ammo etarlicha katta dozada (0,5 Grey/kun) bunday qisqarish 10-15 kungacha etadi. Bundan ko‘rinadiki past quvvatli 1 Grey dozada nurlanganlarning umri butun hayoti davomida  (qariyb 1 yil) kunga qisqarar ekan, yuqori dozada esa 1500 kungacha (o‘rtacha 3,5-4 yil) qisqarib ketar ekan.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling