Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari
Download 1.87 Mb.
|
Radioekologiya krill-lotin 2
IX Bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari. 9.1 Ionlashtiruvchi nurlanishlarning turlari. Alfa-nurlanish. Beta-nurlanish. Neytron nurlanish. Gamma-nurlanishlar. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning turlari.Tabiiy radioaktivlik hodisasi 1886 yilda Bekkerel tomonidan kashf etilgan bo‘lib, atom yadrosining barqaror bo‘lmagan boshqa elementlar yadrosiga aylanishiionizatsiya nurlanishiga asoslangan. Ionizatsiya nurlanishi elektromagnit nurlanishlar va zarrachalar oqimi ko‘rinishida bo‘lib, modda orqali o‘tganda modda molekulalari vaatomlarining uyg‘onishiga ,ya’ni ionizatsiyasiga olib keladi. 1985-yilda Rentgen tomonidan qattiq elektromagnit nurlanishlar kashf etilib – bu nurlar rentgen nurlari deb atalgan edi. 1897-yilda D.Tomson yangi elementar zaryadlangan zarracha, elektron mavjudligi haqida ma’lumot bergan edi. Bu kashfiyotlar modda va atom tuzilishi to‘g‘risidagi ko‘p yillik tasavvurlarni keskin o‘zgartirib yubordi. 1898-yilda Mariya Kyuri radioaktivlik hodisasini yaratdi va Per Kyuri bilan birgalikda radioaktiv elementlar poloniy va radiyni kashf qildilar. Ular radionuklidlarni boshqa elementlarga aylanishini va nuklonlar sonini o‘zgarmasligini (proton va neytronning umumiy soni) asoslab berishdi. Nihoyat 1899-yilda E.Rezerford alfa, beta va gamma nurlanishlarni va ularning tabiatini tushuntirib berdi va boshqa olimlar bilan radioaktivlik nazariyasini yaratdi. Keyinchalik fizikaning eng muhim sohalaridan yadro fizikasi rivojlandi va atom yadrosini tuzilishi to‘g‘risida ko‘plab tadqiqotlar boshlangan edi. YAdro fizikasi, atom fizikasi va yuqori energiyalar fizikasi fanlari bilan birgalikda radioaktiv emirilishlar qonunini o‘rganib energiya ajralib chiqishi, energiyaning saqlanish qonuni, impulsning saqlanish qonuni bajarilishini isbotlab berdilar [1-4]. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling