56-rasm. YAdroning qo‘zg‘algan holatlardan asosiy holatga o‘tishida gamma kvantlar chiqarish sxemasi.
1) ,
2) ,
YAdrodagi mavjud energiya atomning sirtqi qobig‘idagi energiyadan qariyb 106 marta katta bo‘lganligi sababli radioaktiv nurlanishlar chiqaradigan kvantlar energiyasi elektromagnit to‘lqinlar energiyasidan million marta katta bo‘ladi.
YAdrolar har xil uyg‘ongan holatlardan pastki holatlarga o‘tishda gamma nurlanishlarni chiqaradi. YAdroning uyg‘ongan holatidan pastki holatlarga o‘tishi ikki xil bo‘ladi (56-rasmga qarang): 1-to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish yoki ikki bosqichli (kaskadli) o‘tishlardir. Gamma nurlanishlar jarayonida yadrodagi nuklonlar soni (A) va tartib raqami (Z) ham o‘zgarmaydi, ya’ni radioaktiv nurlanish yadro ichida nuklonlarning o‘zaro ta’siri tufayli sodir bo‘ladi. YAdrolarning bir energetik holatdan ikkinchi energetik holatiga o‘tishiga radiatsion o‘tishlar deyiladi.
YAdroning uyg‘onish energiyasi o‘sha yadrodagi nuklonlarning bog‘lanish energiyasidan kam bo‘lganda u pastki holatlarga gamma nur chiqarish yo‘li bilan o‘tadi. YAdroning radiatsion o‘tishi bir yoki bir necha gamma nurlanish bilan yuz beruvchi kaskadli o‘tishdan iborat bo‘lishi mumkin:
Gamma nurlanish moddadan o‘tganda ma’lum bir energiyani (intensivlikni) yo‘qotadi.
Qalinligi moddaga tushgan gamma nurlanish energiyasini (intensivligini) kamayishi quyidagi formula orqali yoziladi [5].
(9)
Bu erda -moddaga tushuvchi gamma kvant intensivligi, () qalinlikdan o‘tgan gamma kvant intensivligi, - chiziqli susayish koeffitsienti, -modda qalinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |