58-rasm. Tormozli rentgen nurlanishlarining hosil bo‘lish sxemasi.
Rentgen trubkasi ichida havosi so‘rib olingan (mm.sm.ust) ballondan iborat bo‘lib uning ichiga K-katod va A-anod joylashtirilgan. Katodga yuqori kuchlanishli tok berilganda u ~20000C gacha qiziydi. Qizigan katoddan etarlicha katta energiyaga ega bo‘lgan termoelektronlar anod potensiali ta’sirida anodga tomon katta tezlik bilan harakatlanadi. Katta kinetik energiyaga ega bo‘lgan termoelektronlar anod sirtiga kelib tormozlanadi va uning atrofida hosil bo‘lgan elektromagnit maydon o‘zgarishi natijasida anodga etib kelgan elektronlar o‘zlaridan elektromagnit to‘lqinni nurlantiradi. Rentgen nurlanishlarini hosil qilishda termoelektronlar o‘zlarining 1% miqdorida kinetik energiyasini sarflaydi, qolgan 99% kinetik energiyasi anod moddasini qizdirishga sarflanadi [5].
Tormozli rentgen nurlanishlari uzluksiz spektrga ega. Quyidagi rasmda rentgen trubkasiga berilgan turli anod kuchlanishlari kattaligining rentgen nurlanishlari to‘lqin uzunligi λbog‘liqligi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |