Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet15/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Doza chegarasi,

ber/yil

Kritik

organlar

guruhi




I

II

III

A-kategoriya uchun ruxsat etilgan doza chegarasi

5

15

30

B-kategoriya uchun ruxsat etilgan doza chegarasi

0,5

1,5

3

Inson va hayvon organizmining turli qismlari ionlashtiruvchi nurlanishlarga aniq bir sezgirlikka ega.

I-Tananing barcha qismi va qizil suyak iligi;

II-YOg‘ to‘qimalari, qalqonsimon bez, jigar, buyrak, taloq, oshqozon-ichak, o‘pka, ko‘z qorachig‘i va hokazo.

III-Teri qoplamasi, suyak to‘qimasi, barmoqlar, bilaklar, bo‘yin va hokazo.

-Ruxsat etilgan doza (RED)-inson kamida 50 yil ishlagandan keyin ham biror bir kasallikka uchramagan individual dozaning o‘lchovi hisoblanadi.

-Ekvivalent doza H (zivert yoki ber da o‘lchanadi) ish boshlagandan keyin t vaqt davomida o‘rganilgan doza tartiblaridan oshmagan holat.

Radiatsion xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi umumiy prinsiplarni bajarish kerak:

-Ruxsat etilgan dozani oshirmaslik kerak,

- Himoya usullarini o‘z vaqtida, masofadan turib qo‘llash,

-Ionlashtiruvchi nurlanishlarni susaytiruvchi himoya ekranlaridan foydalanish,

-Individual himoya vositalaridan foydalanish,

-Radioaktiv nurlanishlar intensivligini o‘lchovchi aniqligi yuqori bo‘lgan asboblardan foydalanish,

-Texnik, sanitar-gigienik va davolash profilaktik usullarini qo‘llash.

Alfa nurlanishlardan himoyalanish uchun qalinligi bir necha mm bo‘lgan (havo qatlami bir necha sm bo‘lgan) shishadan foydalanish maqsadga muvofiq.

Beta nurlanishlar holida esa massa soni kichik bo‘lgan (yoki kombinatsiyalashgan ba’zida massa soni katta bo‘lgan moddalardan ham) moddalardan foydalanish;

Gamma nurlanishlardan himoyalanishda esa massa soni va zichligi katta bo‘lgan (qo‘rg‘oshin, volfram) hamda arzon qotishmalar (po‘lat, cho‘yan) dan foydalanish maqsadga muvofiq.

Neytron nurlanishlardan himoyalanishda berilliy, grafit hamda vodorod birikmasi (parafin,suv) foydalanish tavsiya etiladi.

Gamma nurlanishlar va neytronlar ta’siri ostida nurlanishda kombinatsiyalashgan ekranlar (qo‘rg‘oshin –suv, qo‘rg‘oshin-polietilen, temir-suv va boshqalar) qo‘llaniladi.

-Himoya ekranlarini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

-nurlanish turi va spektral xarakteristikasi,

-nurlanishni ta’sir davomiyligi,

-nurlanish manbaining ish rejimi (uzluksizligi, impulsi, takrorlanuvchi chastota va hokazo).

-nurlanishni yo‘naltirilganligi

-ionlashtiruvchi nurlanishlar geometriyasi;

-manbadan ishchi xodimlargacha masofa,

-ionlashtiruvchi manbaning konstruksiyasi va xususiyatlari.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling