Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Ionlashtiruvchi nurlanishlarning o‘lchov birliklari


Download 1.87 Mb.
bet12/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

9.3 Ionlashtiruvchi nurlanishlarning o‘lchov birliklari.

Qattiq nurlanishlar va yuqori energiyali zarrachalarning moddalar bilan o‘zaro ta’sirida ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‘lchash va qayd etish imkonini beradigan ionizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Muhitni ionlashtiruvchi zarrachalarning energiyasi kinetik energiya bilan γ – nurlanishlar va rentgen nurlanishlar fotonlari uchun munosabat bilan aniqlanadi.

Ionlashtiruvchi zarrachalar energiyasi qoidaga ko‘ra elektron voltlarda o‘lchanadi. Ionlashtiruvchi zarrachalar oqimi dtvaqt birligi ichida berilgan yuzadan o‘tuvchi dNzarrachalar soni bilan aniqlanadi.

(22)

Oqim zichligi esa bilan , ionlashtiruvchi zarralar oqimi kattaliklar bilan aniqlanadi.



Bu kattalik dt vaqt ichida berilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan barcha zarrachalarningyig‘indi energiyasi bilan aniqlanadi. Ionlashtiruvchi nurlanishlar yutuvchi dozasi bilan berilgan hajmda yutilgan umumiyenergiyaning berilgan hajmga to‘g‘ri keluvchi massaga nisbati bilan o‘lchanadi:

(23)

- kattalik radiatsion ta’sir darajasini aniqlaydigan asosiy kattalik bo‘lib, SI sistemasida J/kg , SGS sistemasida – erg/kg larda o‘lchanadi. Bu kattalik (j/kg) grey (Gr) deb ataladi.

1Gr= 1 j/kg=104 erg/g (24)

Hozirgacha amaliy dozimetriyada sistemadan tashqari o‘lchov birligi sifatida 1 rad foydalaniladi.

1rad=grey=j/kg=erg/g (25)

Ionlashtiruvchi nurlanishlarni biologik ta’siri nafaqat yutilgan nurlanishlar dozasidan, balki nurlanishlarning tirik organizm ichkarisigacha o‘tib borishiga bog‘liq bo‘ladi. Buni baholash uchun ionlashtiruvchi nurlanishlarning ekvivalent dozasi kiritilgan:

(26)

-nurlanish sifatinixarakterlovchi o‘lchamsiz kattalik;

K=1kichik qiymat energiyaning chiziqli uzatilishiga mos keladi. K=20 eng katta qiymat, xalqaro komissiya tomonidan o‘rnatilgan.

Ionlashtiruvchi nurlanishlarning ekvivalent doza o‘lchami , yutilgan doza o‘lchami bilan mos tushadi va uning birligi – Zivert (Zv) deb ataladi.

1Zv=1Gr·1(K=1)=100 rad·1(K=1)=100 ber (27)

Bu erda 1 Ber-rentgenni biologik ekvivalenti bo‘lib, 1 rad (K=1) bo‘lganda qo‘llaniladi.

Radioaktivlik jarayoni uchun 1 emirilish qabul qilingan bo‘lib, α,β-zarralar, neytronlar va γ – nurlanishlar ro‘y beradi. Agar 1 sekundda 1 ta emirilish ro‘y bergan sharoitda emirilish aktivligi 1 Bekkerel (Bk) ga teng bo‘ladi. Emirilish aktivligi quyidagi munosabatdan ham aniqlanadi;

1Rd(Rezerford)=106 Bk; 1Ki(Kyuri)=3,7·1010 Bk. (28)

Ionlashtiruvchi(radioaktiv) nurlanishlarning o‘lchov birliklarini 13- bobda to‘liq qarab chiqamiz.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling