Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Rentgen nurlanishlarining inson organizmiga ta’siri


Download 1.87 Mb.
bet11/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Rentgen nurlanishlarining inson organizmiga ta’siri.

Rentgen nurlanishlari tibbiyotda va boshqa tahliliy jarayonlarda qo‘llaniladi. Asosan inson ichki organlarini yoritishda (rentgenodiagnostika) foydalaniladi.

Diagnostika uchun energiyasi 60-120 kev bo‘lgan rentgen nurlanishlaridan foydalaniladi. Bunday energiyalarda zaiflashishining massa koeffitsienti asosan fotoeffekt bilan aniqlanadi. Uning qiymati foton energiyasining uchunchi darajasiga teskari proporsional (λ3), qattiq nurlanishning katta o‘tuvchanlik qobilyati shunda namoyon bo‘ladi va yutuvchi modda tartib raqamining uchunchi darajasiga to‘g‘ri proporsional [3].

(21)

Bu erda b-proporsionallik koeffitsienti, -anod moddasining tartib raqami.



Rentgen nurlanishining yutilishi atomning moddada qanday birikishiga bog‘liq emas, shu sababli (21) formulaga ko‘ra suyakning zaiflashishining massa koeffitsenti ni yumshoq to‘qimaning yoki suv ning zaiflashishining massa koeffitsienti bilan osongina solishtirish mumkin. va ning tartib raqami mos ravishda 20,15,8 va 1 ga teng. Bu sonlarni (21) formulaga quyib quyidagini hosil qilish mumkin.

Har xil to‘qimalar rentgen nurlanishini turli darajada yutishi odam tanasidagi organlarning tasvirini soyaviy holatda(proeksiyada) ko‘rishga imkon beradi.

Tibbiyotda rengenodiagnostikaning ikki turidan foydalaniladi.:

1.Rengenoskopiya–tasvir rentgenolyuminessiyalanuvchi ekranda paydo bo‘ladi.

2.Rentgenografiya-tasvir fotoplyonkaga tushiriladi va tahlil qilinadi.

Agar tekshiriladigan a’zo va to‘qimalar rentgen nurlanishini bir xilda zaiflashtirsa u holda kontrast moddalar qo‘llaniladi. Masalan, oshqozon va ichakni alohida sulfatbariy massasi bilan to‘ldirib, ularning soyaviy tasvirini ko‘rish mumkin.

O‘zining tabiatiga ko‘ra rentgen nurlanishlari ham inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, to‘qimalardagi suv molekulalarini ionlashtiradi. Agar diagnostikada qo‘llanilayotgan rentgen nurlanishlarining energiyasi 500-600 kev dan ortib ketsa bu nurlanishlar inson ichki organlariga, birinchi navbatda asab tizmiga, yurak, suyak to‘qimalariga kuchli ta’sir ko‘rsatib, nurlanishga olib keladi.

Inson tanasining qariyb 70 % suvdan iborat bo‘lganligi, bu esa inson organizmining molekulyar tuzilishi yuqori energiyali rentgen nurlanishlari ta’sirida molekulalar bog‘lanishlarining buzilishi va suvni turli xil birikmalarga aylanib ketishiga olib keladi.

Rentgen nurlanishlarining ham yuqori darajada ionlashtiruvchi qobiliyati mavjudligi tufayli insonlarga bir yilda eng ko‘pi bilan 2-3 marta rentgen tahlilidan o‘tishga ruxsat beriladi.

Keyingi yillarda raqamli rentgen tahlili- raqamli rentgenostrukturaviy tahlil usuli qo‘llanilmoqda. Bu usul tibbiyotda hozirda keng foydalanilmoqda.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling