Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Ionlashtiruvchi nurlanishlar turlari


Download 1.87 Mb.
bet13/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Ionlashtiruvchi nurlanishlar turlari.

2-jadval

Ionlashtiruvchi nurlanishlar turlari

K- koeffitsientning qiymati

Rentgen va γ - nurlanish

1

Elektronlar, pozitronlar, β-nurlanish

1

10 Mev dan kichik energiyali protonlar

10

20 Mevdan kichik energiyali neytronlar

3

0,1-10 Mev energiyali neytronlar

10

10 Mev energiyali α – nurlanishlar

20

Og‘ir yadrolar

20


9.4 Ionlashtiruvchi nurlanishlarning biologik ta’siri

Ionlashtiruvchi nurlanishlar butun biosferaga, tirik organizmlarga asosan inson hayoti uchun katta xavf tug‘diradi. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning maydoni,hidi yo‘q,rangi yo‘q, faqat alohida asboblar bilan uning kattaligini o‘lchash orqali bilish mumkin. Bu maydonning dozasi kattaroq bo‘lsa inson o‘limi bilan tugaydi .

Ionlashtiruvchi nurlanishlar energiyasi etarlicha katta bo‘lganda tirik hujayradagi molekulalar va atomlar orasidagi bog‘lanishlarni buzib yuboradi, bu esa tirik organizmlarning halok bo‘lishiga olib keladi. Tirik organizmlarda ionizatsiya intensivligi qancha katta bo‘lsa bunday nurlanishning tirik organizmlarga biologik ta’siri ham shunchalik katta bo‘ladi. Ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’sirida murakkab biofizik jarayonlar sodir bo‘ladi va natijada tirik organizmlarga xos bo‘lmagan turli xil radikallar hosil bo‘ladi, bu esa tirik organizmlarning normal funksiyasini keskin buzib yuboradi. Bundan tashqari ionlashtiruvchi radioaktiv nurlanishlar ta’sirida suv molekulalarining vodorod va boshqa radikallarga parchalanishi organizmda bir qator biokimyoviy jarayonlarni buzilishiga olib keladi. Ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’siri ostida organizmda qon aylanishi bilan bog‘liq funksiyalarni ishdan chiqishi, immunitetni keskin kamayishi va jinsiy bezlar, oshqozon-ichak sistemasida modda hazm bo‘lishining , modda almashinuv jarayonlarini buzilishi kuzatiladi. Ionlashtiruvchi nurlanishlarni qaraganda uning ichki va tashqi nurlanishlarini ajratish kerak.

-Tashqi nurlanishda, ionlashtiruvchi nurlanishlar radiatsiya manbai inson organizmidan tashqarida joylashadi, radioaktiv mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri insonning ichki organlariga tushmaydi. Bunday holda rentgen va neytron nurlanishlar o‘ta xavfli hisoblanadi.

Biologik effektlarning ta’sir darajasi nurlanishning dozasiga, nurlanish vaqtiga, uning turiga va organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq. Qo‘l terisining shikastlanishi surunkali va o‘tkir ko‘rinish olishi ham mumkin.Surunkali jarohatlanishning birinchi belgilari: terining qurishi, yaralarning paydo bo‘lishi, sochlar to‘kilishi, tirnoqlarning mo‘rtlashuvi va hokazo. Kuchli nurlanishda qo‘lning shikastlanishida pufakchalarning paydo bo‘lishi, shishib ketishi, to‘qimalarning halok bo‘lishi, uzoq tuzalmaydigan yaralar va ularning o‘rnida og‘ir oqibatlarga olib keluvchi simptomlarning hosil bo‘lishi kabilar.

Qattiq tashqi rentgen nurlanishi bilan nurlanganda organizmda tashqi belgilarda o‘zgarish bo‘lmasa yoki -va -zarrachalar ta’siri juda katta bo‘lmasada o‘lim holatlari kuzatiladi.

-Agar hosil bo‘lgan radioaktiv mahsulotlarni inson organizmiga kirishi ichki nurlanishga taalluqli bo‘lib bu holat nihoyatda xavfli hisoblanadi.

Bu holda radioaktiv mahsulotlar organizmda emirilib yo‘q bo‘lib ketguncha yoki fiziologik almashinuvlar ta’sirida organizmdan chiqib ketguncha ko‘plab organlarni kuchli jarohatlab ulguradi.

Radioaktiv mahsulotlarning inson organizmiga kirishi mumkin bo‘lgan yo‘llari quyidagilardir: nafas olish yo‘llari, suyuqliklarni ichishda, ovqatlanishda va chekishda. Ba’zi hollarda inson terisi orqali ham nurlanish olish mumkin.

Tirik organizmlar doimiy ravishda tabiiy fonni hosil qiluvchi uran-238, toriy-232, radiy-226, kaliy-40 kabi va bir qator kosmogen izotoplar (va hokazo) ta’sirida ham nurlanish olishi ehtimolligi katta. CHunki bu radionuklidlar er bag‘rida, atmosferada, gidrosferada va mezosferada ham mavjud.

Radioaktiv nurlanishlar foni biosferada radionuklidlarni hosil qiluvchi asosan uchta tashkil etuvchidan iborat:

-Texnogen fon, ya’ni inson faoliyati bilan bog‘liq antropogen fon,

-Biosferada tabiiy radionuklidlar hosil qilgan fon,

-Rentgenodiagnostika (tibbiyotda va ilmiy sohalarda qo‘llanishi)

Radioaktiv nurlanishlarning o‘rtacha yillik fon dozasi 240-250 mber (milliber) ni tashkil etadi:

-Ichki nurlanishdan taxminan -135 mber;

-Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan manbalardan -35 mber;

-Kosmik nurlanishlardan -30 mber;

-Rentgenodiagnostikada -35-40 mber;

-Boshqa manbalardan -2-5 mber.

Ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarni 2 guruhga: o‘tkir va surunkali belgilarga ajratish mumkin.

-O‘tkir shikastlanish qisqa vaqt ichida katta doza bilan nurlanishda hosil bo‘ladi:

O‘tkir nurli shikastlanish kasalligi asosan 4 ta bosqichda bo‘lib o‘tadi:

-Birinchi reaksiya (nurlanishdan bir necha soat o‘tgach yurak bezovtaligi, bosh aylanishi, qayd qilish, yurak urishi ritmini buzilishi, leykotsitoz, ko‘rishning yomonlashuvi)

- YAshirin bosqichi (bu bosqich qancha davomiy bo‘lsa, kasallikning oqibati shuncha og‘ir bo‘ladi)

-Kasallikning avj olish bosqichi (yurak bezovtaligi, qayt qilish, kuchli holsizlanish, yuqori temperatura (40-41°C), burundan, og‘izdan va ichki organlardan qon ketish, leykotsitlarning keskin kamayishi)

-Sog‘ayish bosqichi yoki o‘lim holati.

-Surunkali kasallikning ham 3 ta bosqichi bor:

-Engil darajasi (engil bosh og‘rig‘i, holsizlik, uyquning va ishtahaning buzilishi);

Surunkali nurlanish kasalligining 2-darajasi (birinchi darajali og‘riqning kuchayishi, organizmda modda almashinuvining buzilishi, yurak-qon kasalligi, ovqat hazm qilish organlarining ishdan chiqishi va hokazo).

-Surunkali nurlanish kasalligining 3-darajasi ( jinsiy bezlar faoliyatining buzilishi, markaziy asab tizimining buzilishi, sochlarning tushib ketishi, qon quyilishi va hokazo).

Bir marta kuchli nurlanishda quyidagi holatlar sodir bo‘lishi mumkin:

-50 ber dan kichik bo‘lganda – klinik simptomlarning yo‘qligi,

-50100 ber atrofida –qisman holsizlanish,

-100200 ber bo‘lganda- nurlanish kasalligining engil darajasi,

-200400 ber bo‘lganda – nurlanish kasalligining og‘ir darajasi,

-450-500 ber bo‘lganda – nurlanish kasalligining o‘ta og‘ir darajasi,

-600 ber va undan yuqori bo‘lganda organizm o‘lim bilan tugaydi.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling