Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Individual himoya vositalari


Download 1.87 Mb.
bet16/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Individual himoya vositalari.

Radionuklidlar va ularning manbalari bilan ishlaganda maxsus kiyimlardan foydalangan ma’qul. Xodimlar ishlaydigan bino va xonalar radionuklidlar bilan ifloslanganda ustki paxtali kiyimlar ustidan himoya kombinzonlarini (xalat, kostyum, qo‘lqop va hokazo) foydalanish maqsadga muvofiq. Kombinzonlar yupqa plastmassali tashqi qismi yoki oson tozalanadigan yupqa plyonka-materiallaridan foydalanish kerak.

Aktivligi 10 mkKi dan yuqori ochiq manbalar bilan ishlaganda qo‘rg‘oshinga to‘yintirilgan rezina qopqoqlar va rezina kombinzonlar qo‘llaniladi. Radioaktiv manbalar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri radionuklidlar bilan ishlaganda maxsus pnevmokostyumlardan va rezina qo‘lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu maxsus kiyimlar yuqori aktivlikka ega bo‘lgan radioizotoplar, radionuklidlar manbalaridan ishonchli himoya vositalari bo‘lib hisoblanadi.

Maxsus kiyimlar tarkibiga alohida respiratorlar, pnevmo himoya va boshqa individual himoya vositalari kiradi. Radioaktiv izotoplardan ko‘zni himoya qilishda tarkibida qo‘rg‘oshin yoki fosfat-volfram tarkibli shisha ko‘zoynaklardan foydalaniladi.

Radionuklidlar bilan ishlaganda xonaning yoki bevosita binoning dozimetrik holatini nazorat qilish, radiatsiya darajasini muntazam kuzatib turish radiatsion xavfsizlikni ta’minlash omili hisoblanadi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling