Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Radioaktiv mahsulotlar chiqindilarini yo‘uqotish, tashish va saqlash


Download 1.87 Mb.
bet17/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

9.6 Radioaktiv mahsulotlar chiqindilarini yo‘uqotish, tashish va saqlash.

Laboratoriya yoki ilmiy-tadqiqot asboblari joylashgan erto‘la yoki xonalarda joylashgan radioaktiv moddalar miqdori xalqaro sanitariya me’yorlariga mos bo‘lishi va sutkalik doza belgilangan miqdoridan oshmasligi kerak.

Ayniqsa atom va yadro fizikasi, amaliy yadro fizikasi o‘quv laboratoriyalarida hamda alfa va beta spektrometrik ilmiy laboratoriyalarida qo‘llaniladigan radioaktiv manbalar alohida qo‘rg‘oshinli maxsus idishlarda saqlanishi kerak. Ilmiy qurilmalar atrofi ham qalinligi 2-7 sm li qo‘rg‘oshin qatlamlari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.Alfa va beta zarralar radioaktiv mahsulotlar maxsus temir sandiqlarda saqlanishi va xonada radiatsiya darajasi muntazam nazorat qilib borilishi, buning uchun o‘lchov va ilmiy laboratoriyalarda ishlaydigan barcha xodimlar individual dozimetrlar bilan ta’minlangan bo‘lishi maqsadga muvofiq (yadro fizikasi kafedrasiga qarashli yadro laboratoriyasidagi o‘quv asboblari xuddi shunday qo‘rg‘oshin plastinkalar bilan o‘ralgan).O‘zidan gamma nurlanishlar chiqaruvchi manbalar qo‘rg‘oshin konteynerlarda saqlanishi kerak.

-Agar bunday konteynerlardan radiatsiya darajasi 200 mg.ekv rad. bo‘lganda (1 mg.ekv rad=8,4 rentgen/soat) bunday konteynerlar avtomatlashtirilgan holda chuqurligi 100-120 metr bo‘lgan alohida quduqlarda saqlanishi va atrof-muhitning radiatsiya darajasi alohida nazorat qilib borilishi kerak.

-Agar radioaktiv mahsulotlar tez emiriluvchan bo‘lsa yoki o‘zidan aerozollar, gazlar yoki zarralar chiqargan holda bunday manbalar havosi almashinib turuvchi kimyoviy shkaflarda saqlanishi maqsadga muvofiq.Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda har bir bajarilgan ishlar, olib borilgan kimyoviy reaksiyalar, ish davomiyligi, xonada radiatsiya darajasi va boshqa tegishli kattaliklar alohida daftarda qayd etib borilishi, bu ishlar mas’ul shaxslar nazoratida rasmiylashtirilishi lozim.

-Radioaktiv mahsulotlar yoki manbalarni alohida transport vositalarida tashish ularni suvga, tuproqqa yoki atmosferaga tushishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, suyuq radioaktiv chiqindilarni alohida shisha ballonlarga joylashtirish va barcha chiqindilarni alohida radioaktiv chiqindilar ko‘miladigan hududda, kamida 100-150 metr chuqurlikkacha bo‘lgan quduqlarda ko‘mib yuborish talab qilinadi.

Qattiq radioaktiv chiqindilar bo‘lsa ularni radiatsion aktivligi bo‘yicha ajratib olish, markazlashgan holda bu chiqindilarni ham alohida shisha qutilarga joylashtirib, temir-beton konstruksiyali chuqur quduqlarga solib qo‘mib yuborish maqsadga muvofiq.

-Bunday radioaktiv chiqindilar qabristoni shahardan kamida 100-120 km uzoqlikda va 150 metr chuqurlikdagi quduqlarga alohida shisha konteynerlarga joylashtirib, zarur bo‘lganda yoqib yuboriladi va qolgan chiqindilar yana temir konteynerlarga solinib ko‘mib yuboriladi. Bunday konteynerlarning ham saqlanish tartibi va muddatimavjud talablarga javob berishi va bu muhlat kamida 600-1000 yildan kam bo‘lmasligi lozim.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling