Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Radiatsiyaning inson organizmiga ta’siri


Download 1.87 Mb.
bet29/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

10.2. Radiatsiyaning inson organizmiga ta’siri.

Inson organizmi o‘zining tuzilishiga qarab to‘rtta darajaga bog‘liq bo‘ladi: alohida molekulalar( makromolekulalar bilan birgalikda),hujayra,to‘qimalar va organlar. Kuchli radioaktiv nurlanishlar ta’sirida inson organizmida bir qator qaytar va qaytmas jarayonlar zanjiri hosil bo‘ladi. Organizm tarkibi hisoblangan molekulalarni ionlashishi va uyg‘onishi o‘z navbatida turli xil ikkilamchi o‘zaro ta’sirni hosil qiluvchi birlamchi akti hisoblanadi.Biokimyoviy jarayonlarda inson organizmining 2/3 qismi suvdan iborat bo‘lganligi sababli radioliz muhim hisoblanadi. Radioaktiv nurlanishlar ta’sirida inson organizmidagi molekulalarning bo‘linishi yuz berib,kimyoviy faol birikmalar-radikallar (OH,, kabi) hosil bo‘ladi. Erkin radikallar ta’sirida bo‘lgan kimyoviy reaksiyalar mahsulotlari biokimyoviy o‘zaro ta’sir jarayoniga ko‘plab boshqa guruh molekulalarini ham qamraydi [3].

Radiatsion ta’sirni hujayra darajasida qarab chiqamiz.


  • Agar hujayra radiatsiya ta’sirida shikastlansa u holda quyidagi uchta holatdan bittasi kuzatiladi:

Birinchidan-hujayraning qayta tiklanish xususiyatiga ko‘ra shikastlangan holda ham o‘zining funksiyasini tiklashi mumkin.

Ikkinchidan- hujayra to‘liq funksiyasini tiklay olmasada yashash imkoniyatiga ega bo‘lib qolaveradi.

Uchunchidan-qattiq shikastlangan hujayra o‘zining funksiyasini tiklay olmasdan halok bo‘ladi.

Agar inson organizmi nisbatan hujayraning katta qismini yo‘qotsada inson to‘qimalari yashovchanligini saqlab qoladi. Agar ta’sirlashuvda funksiyasini yo‘qotgan hujayralar ko‘pchilikni tashkil etsa, u holda to‘qimalar o‘zining fiziologik funksiyasini yo‘qotadi. Nisbatan kichik dozalarda bunday holatni bo‘lish ehtimolligi unchalik katta emas,chegaraviy dozadan oshsa shikastlanish ehtimolligi keskin ortib ketadi, hatto 100% ga ham etishi mumkin. Kuchli radioaktiv ta’sir tufayli inson organlarining o‘z funksiyasini yo‘qotishi tibbiyotda stoxastik effekt deyiladi. Har holda boshlang‘ich paytda hujayraning shikastlanishi tasodifiy xarakterga ega bo‘lsada barcha hujayralarning umumiy holda stoxastik effektga moyilligi kuchayadi.

Agar nurlanish ta’sirida hujayra halok bo‘lmasada, muayyan vaqtdan keyin shikastlangan umumiy hujayralar soni ko‘payadi,bu esa organizmda kuchli o‘zgarishlarga- organizmning rak kasalligi bilan kasallanishiga olib keladi. Bunday holat dastlab aniq bir dinamikaga ega bo‘lmasada organizmda rak belgilari paydo bo‘ladi,bu esa asosan nurlanish dozasiga bog‘liq. Stoxastik effektlar rivojlanib nurlanish kasalligi avloddan-avlodga o‘tib borsa radiatsion effektga olib keladi. Agar inson hujayrasi radiatsiya ta’sirida qattiq shikastlansa uning funksiyasi buzilishi avloddan-avlodga axborot shaklida uzatiladi, inson geni shikastlanadi. Bu esa nurlanish kasalligini keyingi avlodlarga o‘tishi (irsiy kasallik) ni ta’minlaydi, radiatsion effekt kelgusi avlodlarga ko‘chadi. Bunday holdagi stoxastik effektlarni genetik effektlar deb nomlanadi. Genetik effektlar tahlili shu narsani ko‘rsatadiki bunday holat bir necha avlodlar o‘tgandan keyin ham o‘z ta’sirini saqlab qoladi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling