Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet46/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Yod () –qora yaltiroq rangli bo‘lib – metall emas. Tez eruvchan (bug‘lanuvchan). Ma’lumotlarga ko‘ra ( izotopi litosferada uranning o‘z-o‘zidan bo‘linishi tufayli hosil bo‘ladi. Uning hisoblangan konsentratsiyasi 1 gr turg‘un yodda () 10-14 gr ni tashkil qiladi. Tuproqdagi miqdori (turg‘un yod bo‘yicha ()) – 0,14*10-4 % ni, oksiddagi -0,049*10-4 % ni tashkil qiladi. Biologik faol qalqonsimon bezlarida garmonlarni sintez qilish uchun lozim bo‘lgan asosiy mikroelement hisoblanadi. Oziq-ovqatga kirish ehtimoli 0,1-0,2 mg (0,1-0,2*10-16 mg/Ku tabiiy radioaktiv yod). Asosiy antropogen izotopi bo‘lib  hisoblanadi va bu izotop AES larida falokat sodir bo‘lganda, yadro portlashlarida hosil bo‘ladi. Migratsiyaning ekologik zanjiriga faol kirishadi. Ochiq yadro sinovlarida (portlashlarda) to‘plangan yig‘indi dozasi 480*10-2 mkGr ni tashkil qiladi. AES lar mu’tadil ishlaganda muhitga chiqarilishi ~400 Bk/(Vt yil) miqdorni tashkil qiladi. Oshqozon-ichak trakti orqali organizmga tushganda 100 % so‘riladi va qalqonsimon bezlarda to‘planadi, ayniqsa bolalarda kattalarga qaraganda 2-3 marta ko‘p bo‘ladi. Bir marta radioaktivnurlanishda muhitning (organizmga kirishi ) radioaktiv ifloslanish davomiyligi 1,5 oyni tashkil qiladi.

SHuningdek aholiga radioaktiv ifloslanishlarga bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha sun’iy nurlanishning ham radiatsion ta’siri anchagina. Zamonaviy odamlarga ta’sir qiluvchi yig‘indi doza - davolash maqsadida beriladigan nurlanishning ham hissasi katta. Bunday radiatsion ta’sir chastotasi bir yilda 1000 kishiga (AQSH da) 200-500 %, Germaniyada – 600 % ni tashkil etadi. Nurlanish dozasi Evropada o‘rtacha 1 kishiga – 0,17-0,13 mrad ga etadi.

Bundan tashqari insonning o‘ta quvvatli televizor ekranlari, kompyuterlar displeylari ham radiatsiya olishiga sabab bo‘ladi. Tashqi radiatsion ta’sir manbai bo‘lib hisoblangan kosmik nurlanishlar, rentgenografiya asboblari ham o‘rtacha tabiiy radiatsion fonni 2-3 marta ko‘payishiga olib keladi.




    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling