Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet48/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Kenglik (gradus)

10-20

30-40

50-60

80-90

Tabiiy kosmik nurlanishlarning yig‘indi ekvivalent dozasi, mBer/yil

20,7/243

40/470

50/400

142/803

SHunga qaramasdan ko‘p hollarda bu hududlar nafaqat yashashga yaroqsiz, balki o‘rta kengliklarning tep-tekis hududlariga qaraganda ham anchagina sog‘lom muhit hisoblanadi. Masalan Pomir tog‘larida (sportchilar doimo mashqlar o‘tkazishadi), Karpat tog‘ oldi hududlari ham sog‘lomlashtirish va dam olish zonasi hisoblanib, harakterli ekosistema me’yoriga ham mos. Aholining o‘sish sur’ati ham yuqori, G‘arbiy Evropa mamlakatlari aholisiga nisbatan jismoniy baquvvat va sog‘lom. SHuningdek tabiiy kosmik nurlanishlar foni yuqori bo‘lgan bir qancha territoriyalar ham ma’lum (11-jadval).

YUqorida aytganimizdek tabiiy radioaktiv fonni hosil qiluvchi o‘nlab radioaktiv moddalar va kosmogen radionuklidlar ham mavjud. Ammo bu radioaktiv izotoplar Er mintaqasida tekis taqsimlanganligi sababli ularning hosil qilgan radiatsiya foni ham barcha mintaqalarda bir xil emas. Bu fonning darajasi tuproqda, erning usti va osti qismidagi minerallar tarkibidagi radioaktiv elementlar miqdoriga, qolaversa mintaqalardagi atmosfera temperaturasidan bog‘liq. Masalan eng asosiy tabiiy radioaktiv element bo‘lgan toriy va radiy qumda va ohaktoshda kam miqdorda bo‘lib vulqon jinslari va granitlarda ko‘p uchraydi. Umuman olganda vulqon qotishmalarida va jinslarida radionuklidlarning miqdori boshqa qumli, botqoqlik, ohaktosh qotishmalariga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi [4-5].



Er mintaqasining ba’zi hududlarida radioaktiv fon darajasi ancha yuqori. Bu hududlarga Hindistonning qirg‘oq bo‘yidagi Tamilnad va Kerala shtatlarida hamda Braziliyaning Eksperetu–Santu,Minas-Jeraes shtatlarida hamda Rio-de-Janeyro shaharlarida fon nihoyatda yuqori. Bu hududlar tuproqlari tarkibida toriy-232 va uran-238 izotoplari mavjud bo‘lgan monatsit qumlari va konlari mavjud. Bu hududlarda radiatsiya darajasi Er mintaqasining boshqa hududlariga qaraganda 1000 marta yuqori bo‘lib bir yilda 0,35 Zv ga etadi.

Hindistonning Kerala shtati aholisi bir yilda dan Zv dozani oladi,bu esa antropogen va kosmogen nurlanishdan tashqari Er sayyorasi aholisi oladigan yillik dozadan (Zv) ham 10-15 marta katta. Xuddi shunday yuqori doza darajasi (0,4 zv/yil ) Eronning Ramser vodiysida ham kuzatiladi. SHuningdek SHvetsiya, Italiya, Fransiya, Nigeriya, Madagaskar kabi mamlakatlarning ba’zi hududlarida gamma nurlanishlar va radon konsentratsiyasi juda yuqori hisoblanadi. Fransiyaning ham qirg‘oq bo‘yi hududlarida radiatsion fon (Erdagi eng yuqori fonlardan biri) 0,88 Zv/yilga teng. Ammo qalin muz bilan qoplagan Grenlandiya va Arktika hududlarida radioaktivlik darajasi juda ham past (3-4) Zv/yil.

Mutaxassislarning fikricha Er sayyorasida o‘rtacha radiatsion fon darajasi (2001 yil bo‘yicha) 0,4-0,5 m Zv/yil ga teng bo‘lgan.



Quyidagi jadvalda bir qator shaharlarda radiatsion fonning o‘rtacha yillik dozasi keltirilgan. 11-jadval


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling