Ixtiro nima? Kashfiyot nima? Ixtiro va kashfiyotning aloqadorlik taraflari
Download 31.41 Kb.
|
kashfiyot va ixtiro
Ixtironing ta'rifiIxtironi yangi va aniq bo'lmagan usul, qurilma, jarayon, takomillashtirish yoki texnika deb tushunish mumkin. Odamlarning ishini engillashtiradigan va tezlashtiradigan yangi yoki ilg'or narsalarni yaratish g'oyasi, haqiqatan ham bu ixtiro. Qisqacha aytganda, ixtiro ilgari ustun bo'lmagan va ba'zi bir noyob aqllarning natijasi sifatida tan olingan narsadir. Ba'zida biron bir kishi o'zining amalga oshishi uchun faqat g'oya ustida ishlaydi, ba'zida bir guruh olimlar birgalikda foydali narsalarni ixtiro qilishadi. Shuningdek, u shaxs tomonidan ishlab chiqilishi mumkin, unga boshqa shaxslar qo'shimchalar kiritadilar yoki uni yaxshilaydilar. Bu odamlarning ish uslubini o'zgartirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ixtiro — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiymadaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik ham I. boʻlavermaydi. Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (mas., abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) I. hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. I. qonun bilan muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning I. boʻlish shartlari belgilanadi. Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir. Muayyan taklifni I. deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni ham boʻlishi kerak. I.ning yangiligi, yaʼni birinchi ekanligi (koʻpincha, ixtirochilikka oid tashkilotlarga berilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va patentlar, I.lar eʼlon qilinadigan tegishli adabiyotlar, koʻrgazmalarda namoyish qilingan eksponatlar va b.ga muvofiq, aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni tasniflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilda tasdiqlangan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida"gi qonunda belgilangan. I. boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohnomasi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi Download 31.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling