Eslatma!!! USLUBIY QO’LLANMA MUALLIFLIK HUQUQI BILAN HIMOYA QILINADI VA FAQAT FOYDALANISH UCHUN TAVSIYA ETILADI. KO’CHIRIB BOSHQA NOM OSTIDA CHOP ETISH MUMKIN EMAS!
1-mavzu: Korporativ munosabatlarning nazariy jihatlari. Korporativ biznesning yuzaga kelishi va rivojlanishi. O’zbekistonda korporativ tuzilmalar shakllanishining nazariy huquqiy asoslari.
-
Atamalar izohli lug’ati
(YODLASH KERAK!)
-
Korporatsiya (lotincha: corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmuilot. corporatio — birlashma, hamjamiyat 1 Kasb yoki tabaqa manfaatlari umumiyligi asosida birlashgan kishilar guruhi, jamiyati, ittifoqi.2 Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mam-lakatlarda (maye., AQSH, Kanada kabi) aksiyadorlik jamiyati shakli.
-
Huquq ijtimoiy hodisa sifatida o‘z asosida insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida yuzaga kelgan, davlat tomonidan u yoki bu huquqiy shaklda ruxsat berilgan, mustahkamiangan yoki tan olingan axloq me’yorlarini aks ettiradi.
-
Korporativ huquq korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bo‘lib, manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tartibga soladi.
-
Korporativ huquq subyektlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar qatoriga kiradi. O‘zbekistonda bu milliy va chet el tijorat tashkilotlari va ularning birlashmalari (ittifoqi yoki assotsiatsiyalari), tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlardir
-
Korporativ huquq predmeti doirasiga (fuqarolik huquqi predmeti doirasiga to‘liq kirganidek) nafaqat korporatsiyaning ichidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlar, balki uning tashqarisidagi, ya’ni hamkorlari bilan bo’ladigan munosabatlar ham kiradi.
-
Jismoniy shaxs - jamiyatda tegishli harakatlar sodir etadigan va o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqaradigan alohida fuqaro
-
Yuridik shaxs - egaligida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha shu mol-mulk bilan javob beradigan shuningdek mustaqil balansga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasa va ularning mustaqil bo’linmalari.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |