Eslatma!!! Uslubiy qo’llanma mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi va faqat foydalanish uchun tavsiya etiladi. Ko’chirib boshqa nom ostida chop etish mumkin emas!


Download 0.73 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1550429
1   2   3   4   5
Bog'liq
huquq

Aksiyadorlik jamiyati - Ustav sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat

  • Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatida uning ishtirokchilari o‘zlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o‘zga shaxslarga berishlari yoki sotishlari mumkin

  • Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o'zining ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo‘yiladigan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zi chiqaradigan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi mumkin emas.

  • Yakka tadbirkorlik - bu yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishidir

  • Biznes - foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan har qanday ish, faoliyat.

  • Tadbirkor - tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs.

  • Tadbirkorlik - qo‘yilgan ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadga erishish uchun qonunlar doirasida tavakkal qilib amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyat.

  • Tadbirkorlik asoslari - tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlashning nazariy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, insoniy, boshqarish, marketing, tahliliy asoslari majmuyi.

  • Tadbirkorlik asoslari fani - tadbikorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash asoslari to‘g‘risida nazariy-amaliy bilimlar majmuyi.

  • Tadbirkorlik shakli -bu tadbirkorlikning (alohida turining) yaxlit tashqi ifodalanishi va strukturasi, elementlari, aloqalari va munosabatlarining barqaror muayyanligi va tipidir

  • Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati,) — bu oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyati sanaladi.

    1. Chizmalar









  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling