Eslatma!!! Uslubiy qo’llanma mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi va faqat foydalanish uchun tavsiya etiladi. Ko’chirib boshqa nom ostida chop etish mumkin emas!


Korporativ huquq predmetini ________________tashkil etadi. Jumlani to’ldiring


Download 0.73 Mb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1550429
1   2   3   4   5
Bog'liq
huquq

6. Korporativ huquq predmetini ________________tashkil etadi. Jumlani to’ldiring.
a) xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha shu mol-mulk bilan javob beradigan shuningdek mustaqil balansga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasa va ularning mustaqil bo’linmalari
b) fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan korporatsiyaning ichki va tashqi hayotida vujudga keladigan munosabatlar
c) xo'jalik majmuasi
e) boshqaruv, ijtimoiy, madaniy va boshqa notijorat vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etiladigan va to’liq yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot
7. Ishtirokchilari tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘z asosiy faoliyatlarini kelishib olib borishlari talab qilinadigan ishlab chiqarish - xo'jalik majmuasiga nima deyiladi?
a) xolding b) konsern d) sindikat e) trest
8. Umumiylik darajada tadbirkorlikning nechta umumiy tashkiliy-huquqiy shakllarini ajratish mumkin?
a) 3 b) 4 d) 5 e) 2
9. 1699-yil 27-oktyabrda “Boshqa shtatlarda boʻlgani kabi savdogarlarni tashkil etish toʻgʻrisida” farmon chiqarib mamlakatning birinchi aksiyadoriga aylangan rus hukmdorini aniqlang.
a) Nikolay II b) Pyotr I d) D.Donskiy e) I.Vasilev
10. Tarixda kim tadbirkorning tavakkal qilishga va noaniqlik bilan shugʻullanishga tayyorligini taʼkidladi, shu bilan u tadbirkorning funksiyasiga eʼtibor qaratdi va tadbirkor va pulni taqdim etgan mulkdorning funksiyasini ajratdi?
A) Jan Batist b) A.Smit d) Kantillon e) Uilyam Stenli


2-TOPSHIRIQ
Quyida berilganlarni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanini belgilang yoki

  1. 1991-yil 15-fevralda “O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida”gi birinchi qonun qabul qilindi va u tadbirkorlikning asosiy huquqiy bazasi bo‘lib xizmat qildi.

  2. Tashqi tashkiliy-huquqiy munosabatlar korporatsiyalarning boshqaruv organlari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar, uning tuzilmaviy bo’linmalari tomonidan o‘z funksiyalarining nizomlariga, ichki tartib qoidalariga asosan bajarishlariga va boshqalar bilan bog’liqdir.

  3. Korporativ subyektlar qatoriga to’liq shirkat, kommandit shirkat, mas'uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari kabilarni kiritish mumkin.

  4. Korporativ huquq predmeti doirasiga (fuqarolik huquqi predmeti doirasiga to‘liq kirganidek) nafaqat korporatsiyaning ichidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlar, balki uning tashqarisidagi, ya’ni hamkorlari bilan bo’ladigan munosabatlar ham kiradi.

  5. Fuqarolik-huquqiy sanksiyalarni qo‘llash orqali korporativ tashkilot va uning har bir a'zolarining huquq va manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanadi.

  6. Umuman olganda fuqarolik va korporativ huquqi me’yorlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy huquq me’yorlari hisoblanadi va xususiyatiga ko‘ra bir turdagi munosabatlami tartibga solishga qaratiladi.

  7. Ommaviy huquqqa asosan munosabat subyektlari o‘zaro bo‘ysunish yoki hokimiyat tarzida, boshqacha qilib aytganda "gorizontal munosabat'’larda bo‘ladi.

  8. Korporativ huquq ma’lum darajada ommaviy huquq va asosan xususiy huquq me’yorlaridan tashkil topib, fuqarolik huquqining kichik tarmog‘i sifatida xususiy huquq tizimida alohida o‘rin egallaydi.

  9. Korporatsiyalarning eng ko‘p uchraydigan shakllaridan biri bo’lgan chebollar Janubiy Koreyaga tegishli.

  10. Oʻzbekistonda birinchi korporatsiyalar XIX-asrning 90-yillaridan boshlab sanoatning turli tarmoqlarida paydo boʻldi.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling