Ixtiro nima? Kashfiyot nima? Ixtiro va kashfiyotning aloqadorlik taraflari


Download 31.41 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1545071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kashfiyot va ixtiro

Milliy ensiklopediya ikki tushunchani farqlagan:
Ixtiro – xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiy-madaniy, qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda – davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnik yechim. Har qanday yangilik ixtiro boʻlavermaydi. Macalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (masalan, abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) ixtiro hisoblanmaydi.
Kashfiyot – izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik.
Kashfiyot tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan obyektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari maʼlum boʻladi…
Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin.
Macalan, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham, u ixtiro hisoblanadi, Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul kashfiyotdir.
Avtomobil va samolyotning yaratilishini ham ilmga, tabiat qonuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish sxemasini yaratishi kashfiyot hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek yaratgan qonuniyatlar ham kashfiyotlar jumlasiga kiritiladi.
Har qanday ixtiro kashfiyot boʻla olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga suyangan holda qilinadi.
Demak, kashfiyot deganda yangi qonuniyatlar, ilmiy gʻoyalar, ilmiy asosga ega farazlar, andaza va sxemalar tushuniladi. Ixtiro esa amalga oshirib koʻrilgan ilmiy yangilik yoki texnik yechim, kashfiyotning moddiylashgan shakli.
Yangi qonuniyat kashf etildi, Yerning Quyosh atrofida aylanishi kashf qilindi, qora tuynuklar haqidagi kashfiyot; raketa ixtiro qilindi, ichki yonuv dvigatelining ixtiro qilinishi, ketma-ket yaratilgan ixtirolar sanoatni birdaniga rivojlantirdi kabilar
Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling