Ixtirochining ismi Yashagan hududi Vaqti
Ko'kaldosh Xon sulolasiga eng yaqin shaxslar
9-sinf madaniyat
Ko'kaldosh
|
Xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan. Davlat xavfsizlik xizmati idorasi rahhari bo‘lgan. U nafaqat oddiy kishilarning, balki davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nisbatan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan. | |||
| ||||
6 |
Xon yasovuli |
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan shug‘ullangan. |
| |
7 |
Eshikog'aboshi |
dargoh xavfsizligi va unda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishi uchun javobgar |
| |
8 |
Shayxulislom |
shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan. |
| |
9 |
Qozikalon |
Bosh qozi -barcha bosqichlardagi sudlov ishlariga boshchilik qilgan |
| |
10 |
Muhtasib (rais) |
mamlakatda jamoat tartibining saqlanishi, diniy marosim va amallarga rioya etilishi, bozorlarda narx-navo va tarozilaming to‘g‘riligi uchun mas’ul bo'lgan. |
| |
11 |
Mehtar |
zakot va boshqa tushumlaming zarur o‘rinlarda ishlatilishini nazorat qilardi. |
| |
12 |
Naqib |
Xon saroyida nufuzi baland, ayni paytda, u xonning yaqin va ishonchli kishisi. Davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning maslahatchisi, zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham bajargan. |
| |
13 |
Amlokdor |
Boshqaruvning eng quyi tizimi amlok deb atalgan (ya’ni bir nechta katta-kichik qishloqdan iborat boshqaruv tuzilmasi). Amloklarni tuman hokimi tomonidan tayinlangan shaxs - amlokdor boshqargan, |
| |
14 |
Saroy qutvoli |
Ashtarxoniylar davrida davlat mablag'i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, qal’a devorlari va imoratlarni ta’mirlash, shuningdek, obodonchilik ishlarini boshqarardi. |
| |
Buxoro xonligida harbiy lavozimlar | ||||
15 |
Barong’or |
Qo‘shinning o‘ng qanoti |
| |
16 |
Javong'or |
Qo‘shinning chap qanoti |
| |
17 |
Hirovul |
Qo‘shinning orqa qismi |
| |
18 |
Qalb |
Qo‘shinning markaziy qismi |
| |
19 |
Ilg‘or |
harbiy yurish vaqtida uning oldida boruvchi qism, yo‘lning xavfsizligini, pistirma qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini aniqlash |
| |
20 |
Manglay |
Qalb(qo’shinning markaziy qismi)ni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yuklatilgan.Yana bir nomi “avangard” |
| |
21 |
Qorovul |
Umumiy qo‘shinni qo’riqlab borgan |
| |
22 |
Katta va kichik g'ullar |
Maxsus qism bo'lib, Oliy bosh qo‘mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilgan. |
| |
23 |
Chanoh |
qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism |
| |
24 |
Maxsus choparlik xizmati |
Bu xizmat Oliy bosh qo‘mondonning buyruq va ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazish |
| |
25 |
Tug'chi |
davlat bayrog‘ini qo‘riqlash |
| |
26 |
Zabongiri |
dushman tomonidan asir olib keluvchi. Ba’zan vaziyat taqozo etganida bu maxsus xizmatlar qo‘shinning ilg‘or yoki qorovul qismi tomonidan ham amalga oshirilgan. |
| |
27 |
Xabargiri |
dushman tomonidan xabar olib keluvchi, razvedkachi. Ba’zan vaziyat taqozo etganida bu maxsus xizmatlar qo‘shinning ilg‘or yoki qorovul qismi tomonidan ham amalga oshirilgan. |
| |
28 |
Borgoh |
Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy. Borgoh xonning maxsus saralangan bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlangan. |
| |
29 |
Tavochi |
Qo‘shinda harbiy askarlarni to‘plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shug‘ullangan. Shuningdek, u qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham mas’ul bo‘lgan. |
| |
30 |
Jevachi |
qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan. Ayni paytda, u xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan. |
| |
31 |
Yasovul |
Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlarini bajaruvchi zobit |
| |
32 |
Qurchi |
Xon qurchi tomonidan qo‘riqlangan |
| |
33 |
Yalovbardor |
Harbiy yurish vaqtida davlat bayrog‘ini ko‘tarib borgan. |
| |
34 |
Qo‘rxona boshlig'i |
harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan |
| |
An’anaga ko‘ra, qo‘shin askarlar soniga qarab bo‘lingan. Ularga o'nboshi, ellikboshi, yuzboshi va mingboshilar boshchilik qilishgan. Qo‘shin o'q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon, cho‘qmor kabi qurollar bilan qurollantirilgan. O‘q va yoy asosiy qurol edi. Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama sadoq deb atalgan. To‘fang (miltiq) bilan qurollantirilgan guruh to’fandoz deb atal gan. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda qo‘llash XVI asrning o‘rtalaridan boshlandi. Bu davr to‘fanglarining stvoli misdan tayyorlangan edi. Keyinchalik ular Usmonli davlatining stvoli temirdan yasalgan to‘fanglari bilan almashtirildi. Biroq butun XVII asrda ham o‘q-yoy otliq askar uchun asosiy qurol bo‘lib qolaverdi. Harbiy yurish chog‘larida otlarni o'qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga kejim deb ataluvchi maxsus yopinchiq yopishgan. Bunday yopinchiq Yevropadan bam olib kelingan. |
|
BUXORO AMIRLIGIDA LAVOZIMLAR
T/r |
LAVOZIMLAR |
VAZIFALARI |
1 |
Amlokdor |
(„mulk egasi“ degan ma’noni anglatadi) yetishtirilgan hosilning hisobini yuritgan va soliqlar hamda boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig‘ilib borishini nazorat qilgan. |
2 |
Amin |
(„ishonchli“, „halol odam“ ma’nosini anglatadi)ning asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlami yig‘ish, aholi ustidan nazorat olib borish hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo‘lgan. |
3 |
Mirob |
suv inshootlarining o‘z vaqtida ta’mirlanishini, qishloqlar uchun ajratilgan suvning ariqlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlagan. |
4 |
Qo‘shbegi |
Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan). U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ayni paytda, barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. |
5 |
Devonbegi |
moliya vaziri-ayni paytda, U quyi qo'shbegi deb ham atalgan. Moliya vaziri zakot masalasi bilan shug‘ullangan. |
6 |
Otaliq |
Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul |
7 |
Parvonachi |
Buxoro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdoming yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi. |
8 |
Bosh inoq |
amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish |
9 |
Kichik inoq |
chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan. |
10 |
To'qsoba |
davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan. Vazifa nihoyatda mas’uliyatli bo‘lganligi uchun unga daromad manbai sifatida bitta tuman biriktirib qo‘yilgan. |
11 |
Ko'kaldosh |
davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i |
12 |
Mehtar |
soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘laming belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor |
13 |
Qutvol |
davlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor |
14 |
Miroxur |
amir otxonasining boshlig‘i |
16 |
Qorovulbegi |
shahar va yo‘llar posboni |
17 |
Shig'ovul |
chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi |
18 |
Mushrif |
amirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor |
19 |
Dasturxonchi |
amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor |
20 |
Kitobdor |
amir kutubxonasining boshlig‘i |
21 |
Dodxoh |
jabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor |
22 |
Shayxulislom |
barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig!i bo‘lib, yuqori martabali ruhoniy, bo’lajak hukmdor ham shayxulislomning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan. |
23 |
Qozikalon |
sudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo4qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan. |
24 |
Muhtasib |
muhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari ustidan bevosita nazorat olib borgan. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan. |
25 |
Muftiy |
Qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar ho‘yicha shariatga asoslanib fatvo chiqaruvchi ulamo. U chiqargan fatvosini o‘z muhri bilan tasdiqlagan. Qozi shu fatvo asosida hukm chiqargan |
26 |
Sadr |
vaqf mulklarining boshqaruvchilari |
27 |
|
|
Download 67.34 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling