XXSR Nozirlar Sho‘rosining raisi qilib Yosh xivaliklar parti- yasining rahbari Polvonniyoz Yusupov saylandi
18
|
1923-yil oktyabr
|
Xorazm
|
Xorazmdagi demokratik o‘zga rishlarga chek qo‘yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarildi
|
|
19
|
1923-yil 17–20 oktyabr
|
Xiva
|
Butunxorazm xalq vakillarining IV qurul- toyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qabul qilingan yangi Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik qurilish yo‘liga o‘tishini qonun yo‘li bilan mustahkamladi. Mavjud yerlar umumxalq mulki deb e’lon qilinib, barcha vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga berildi. Qozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil qilindi.
|
20
|
1922-yil avgust
|
Buxoro
|
BXSR Markaziy Ijroiy Qo‘mitasi raisi Usmon Xo‘ja, harbiy ishlar noziri Abdulhamid Oripov hamda Muhiddin Maxsum Xo‘jayev, Ali Rizo Afandi, Surayyo Afandi, Qulmuhamedov va boshqa milliy rahbar xodimlar o‘z lavozimlarini tark etib, muxolifatdagi qurolli harakat saflariga o‘tib ketgani ko‘p narsadan dalolat beradi
|
21
|
1920-yil kuzi-1924 yil
|
G‘arbiy Buxoro
|
Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurota viloyatlarida o‘nlab qo‘rboshi guruhlari faoliyat ko‘rsatdi. Uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismida 20 nafar qo‘rboshi birlashgan. Ular orasida Hamro Polvon, Hayit Amin, O‘rmon Polvon, Oston Qorovulbegi kabi shofirkonlik qo‘rboshilar ham bo‘lgan. Ular asosan, G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan tumanlari hamda Nurota va Karmanada o‘z faoliyatlarini kuchaytirganlar Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan qizil askarlar o‘rtasida 1924-yil yozi va kuzida G‘ijduvon tumanining G‘ishti va Kattag‘amxo‘r qishloqlarida, Nurota tog‘larida, Shofirkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog‘iafzal va Vardonze qishloqlarida qattiq to‘qnashuvlar bo‘ldi. Mulla Abdulqahhor qo‘rboshi Qizilqumda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida 1924-yilning oxirida halok bo‘ldi
|
22
|
1920-yil kuzi
|
Sharqiy Buxoro
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |