«Temur tuzuklari» matni bo‘yicha topshiriqlar va savollar
Matnni diqqat bilan o‘qing.
Matnda uchraydigan notanish so‘z va iboralarni lug‘atlar yordamida izohlang.
Matnda qo‘llangan terminlarni mavzuiy guruhlarga ajrating.
Matndan mutaxassisligingizga doir terminlarni toping, sharhlang, o‘zbek tilidagi muqobillarini ko‘rsating.
Otliq termini qanday hosil bo‘lganligini sharhlang.
Xotun so‘zining etimologiyasini toping.
A. Temur «ikki yuz odamim» deganda kimlarni nazarda tutgan? Odam so‘zi qanday usul yordamida lashkar ma’nosini kasb etgan.
Ittifoq, shartnoma, ahdnoma so‘zlari ma’nosini qiyoslang va ularning ko‘proq qaysi janrlarda qo‘llanishini izohlang.
Turktoz qilmoq deganda nimani tushunasiz?
Qarorgoh va rezidensiya teng ma’noli terminlarmi?
Matn mazmunini so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |