Ixtisoslikka kirish fani bo'yicha oraliq nazorat savollari iii-variant


Download 21.66 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi21.66 Kb.
#228589
Bog'liq
Ixtisoslikka kirish oraliq nazorat


Ixtisoslikka kirish fani bo'yicha oraliq nazorat savollari

III-variant

1. Oliy ta'lim qaqidagi nizom, uning maqsadi, vazifalari va tashkil qilinishi.
2. O'quv-tarbiyaviy jarayonni qanday tashkil qilinadi.
3. Kimlar Oliy ta'lim muassasalarining talabalari bo'la oladi.
4. Oliy ta'lim muassasasida xodimlarning qanday lavozimlari bo'ladi.
5. Talabalarning universitetda yurish-turish qoidalari.


1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, oliy ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi bo‘lib, oliy ta'lim muassasalarida umumiy o‘rta (11 sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi amalga oshiriladi.
Oliy ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
oliy ta'limni iqtisodiyotning tarmoq va sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilganligi;
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
oliy ta'limni umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limlar bilan uzluksizligi va uzviyligi;
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish;
oliy ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash.
Mamlakatning istiqbolini hisobga olgan holda zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadigan, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma'naviyatga ega bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdan oliy ta'limning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Oliy ta'limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
davlat ta'lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv fan dasturlarga muvofiq o‘qitish sifatini ta'minlash;
o‘quv jarayonini (amaliyot, stajirovka) kadrlar iste'molchilarining takliflarini inobatga olgan holda tashkil etish;
oliy malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
ilm-fan, madaniyat, texnika, texnologiyalar, iqtisodning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodi va madaniyatining ijtimoiy istiqbolini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash uslublarini tizimli takomillashtirish;
yoshlarda insonparvarlik ruhiyatini shakllantirish, ularning tarbiyasiga milliy vatanparvarlik g‘oyasi asosida umuminsoniy qadriyatlarni hamda Vatanga, jamiyatga, oilaga va atrof-muhitga muhabbatni singdirish;
o‘qitishning interfaol usullarini, innovatsion pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalarini, mustaqil ta'lim olish, masofaviy ta'lim tizimini amaliyotga joriy qilish;
oliy ta'limda fan va ishlab chiqarish uyg‘unligi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash;
ilmiy-pedagogik kadrlar va ta'lim oluvchilarning ilmiy–ijodiy faoliyati, ilmiy tadqiqotlari yordamida fan, texnika, texnologiyalarni rivojlantirish, olingan natijalarni mamlakat iqtisodiyotida va ta'lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish asosida ta'lim xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltirish;
oliy ta'lim muassasalarini boshqarishni takomillashtirish va mustaqilligini kengaytirish, jamoat boshqaruvini vasiylik kengashlar shaklida olib borish;
ta'lim va kadrlar tayyorlash sifatini ta'minlash borasida ilmiy, uslubiy tadqiqotlarni olib borish, bitiruvchilarni kasb yo‘llash hamda mehnat bilan bandligi monitoringini olib borish;
oliy ta'lim sohasida o‘zaro foydali xalqaro hamkorlik aloqalarni rivojlantirish

2. Ta’lim mazmuni haqida tushuncha. Davlat ta’lim standartalari
Ta’limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deganda,
o‘quvchilarning bilish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim,
malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:

a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari;

b) davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o‘quv yurti oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalari;
v) o‘qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o‘quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e‘tiborga oluvchi didaktik talablar.

Maktablarda beriladigan ta’limning mazmuni tarixiy va sinfiy xususiyatga egadir. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni, hajmi o‘sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.


Mazkur jarayonning samarali bo'lishi, ijtimoiy buyurtmaning aniq hal bo'lishi va
ko'zlangan maqsadga erishish uchun, o'qitish jarayonini loyihalash, ya'ni ta'lim jarayoniga
pedagogik texnologiyani tadbiq etish talab qilinadi. Zero, “Pedagogik texnologiya metodining o'ziga xos xususiyati shundaki, unda ta'limning rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o'quv bilish jarayoni loyihalashtiriladi.
Xo'sh loyiha nima? O'quv loyihasi, o'qitish jarayonini loyihalashtirish deganda nima nazarda tutiladi ?

Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g'oya, ma'lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo'llarini belgilab beruvchi g'oyalar, fikrlar, obrazlardir.


O'quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta'lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir. O'qitishni loyihalash esa ta'limning umumiy maqsadi mazmuni o'quv maqsadlari o'qish, o'qitish, o'zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir.Demak, o'qitish jarayonini loyihalash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida ta'limning umumiy maqsadlari asosida, o'quv maqsadlarini, buning uchun o'qish va o'qitishni, o'zlashtirishni rejalashtirgan holda, o'qish natijalarini kafolatlash tizimini ishlab chiqish lozim. Shunday qilib, pedagogik texnologiyada o'quv mazmuni asosida o'zlashtirish natijalarini kafolatlash uchun, o'quv maqsadlari oydinlashtiriladi va o'quv mashg'ulotlari loyihalashtiriladi. Buni qayta takrorlanadigan, tiklanadigan tuzilma deb qaraydigan bo'lsak, unda o'quv jarayoni ma'lum modullar, birliklardan iborat bo'ladi, ular umumiy holda ushbu modullar, birliklarning qo'shilishi asosida yagona va yaxlit mazmunga keltiriladi. Bunga eng muhimi, takrorlanadigan,
qaytariladigan va tuzatishlar kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir. Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

1.Mo'ljalni belgilash - Talabalar dikkatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo'yiladigan savollar , qo'yiladigan muammolar va hokazo.

2.Maqsad - talabalar bugun nimani o'rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi (malaka). Ular o'qituvchiga bugungi o'rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat turini bajarib ko'rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni O'qituvchi belgilaydi.

3.Kirish - o'qituvchi talabalar o'rganishi lozim bo'lgan materialni belgilaydi, konsepsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo'llarini ko'rsatadi.

4. Modellashtirish (namoyish qilish)-O'qituvchi o'rganilayotganlarni va natijada o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan ko'nikmani grafik shaklda ko'rsatadi yoki namoyish qiladi.

5. Amaliy boshqaruv - o'qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamma - qadam rahbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko'rish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.

6. Tushunchalarni tekshirish - o'qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olga borish mumkinmi yoki yukligini aniqlaydi. Agar olga borish mumkin bo'lmasa orqaga kaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.

7. Mustaqil amaliyot - o'qituvchi talabalarni o'zlarini tekshirib ko'rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Talabalar mustaqil o'zlari o'rganganlarini tekshirib ko'radilar.

8. Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o'z ishlarini, o'rganganlarini o'qituvchiga so'zlab berish, namoyish qilish orqali ko'rsatadilar.

3. Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida

NIZOM


I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o‘qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.

II. Lavozimlari tanlov bo‘yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari oldingi tahrirga qarang.

2. Pedagog xodimlar toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajor lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi.
Oliy ta’lim muassasasining kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchisi, o‘qituvchisi (assistenti) o‘qituvchisi-stajori lavozimi besh yil muddatga tanlov bo‘yicha egallanadiBesh yillik muddat tamom bo‘lgandan keyin ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi.

Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov o‘tkazilmaydi.


Pedagog xodimlar lavozimlarini egallashning besh yillik muddati davrida rektorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasining komissiyasi tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomga ilovaga muvofiq mezonlarga binoan pedagog xodimlar faoliyati har tomonlama o‘rganib chiqiladi.
Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish tartibi oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish natijalari oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi.
4. Ushbu Nizom «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

Oliy ta’lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.


Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abiturientlarni o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abiturientlar mazkur ta’lim yo‘nalishida to‘plagan test ballari bilan umumiy to‘lov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi.

5. Institutning ichki tartib-qoidalari to'g'risida

NIZOM
Ma'naviy-axloqiy, mafkuraviy sohada olib borayotgan ishlarimizning ta'sirchanligini oshirish, talabalarda Vataniga, xalqiga, oilasiga, milliy urf-odatlar va an'analarga, o'quv dargohiga, tanlagan kasbiga bo'lgan muhabbatini shakllantirish, yoshlarga sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, institut ustoz-murabbiylarining muqaddas burchidir.


Institutda ta'lim olayotgan barcha talabalar quyidagilarga amal qilishlari zarur.
1. Institut nizomida belgilangan huquq va majburiyatlarga to'liq rioya qilish.
2. Institutda va "Talabalar turar joyi”da o'rnatilgan ichki tartib-qoidalarga qat'iy amal qilish.
3. Fakultetlar, institut, tuman, shahar va Respublika miqyosida talabalarga bag'ishlangan hamda talabalar ishtirokida o'tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etish.
4. Fakultetlar va "Talabalar turar joyi”da navbatchilik qilish.
5. Institutga tegishli barcha binolarda chekmaslik.
6. Auditoriya, laboratoriyalarda joylashgan jihozlarga, kitoblarga, asbob-uskunalarga ziyon etkazmaslik, ozodalikka rioya qilish.
7. Darslarga muntazam qatnashish, o'quv rejada qayd etilgan fanlarni o'z vaqtida o'zlashtirish. O'rnatilgan muddatlarda reyting sinovlarini, kurs ishlari va loyihalarini topshirish.
8. Darslarga kechikmaslik, sababsiz dars qoldirmaslik.
9. Kontrakt to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish.
10. Umumiy foydalanish joylaridan tartibli foydalanish.
11. "Kamolot” YoIX BT faoliyatida faol ishtirok etish.
12. Institut Davlat Oliy ta'lim muassasaligidan kelib chiqqan xolda auditoriya darslariga munosib tashqi ko'rinish va axloq-odob me'yorlaridan chetga chiqmagan xolda kiyinish, (sport kiyimida, shortida, hijobda va yarim yalang'och yurmaslik).
13. Institutga tegishli barcha binolarda, Talabalar turar joyida spirtli ichimliklar ichmaslik, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar o'ynamaslik, shovqin solmaslik. Tartib buzarlikka yo'l qo'ymaslik.
14. Guruhlarga biriktirilgan xonalarning tozaligini saqlash.
15. O'zaro hurmat va yaxshi muomalada bo'lish.
16. Talabalikni tasdiqlovchi hujjat olib yurish.
17. Mavjud to'garaklar, ustaxonalar, klublar va sport sektsiyalari faoliyatida ishtirok etish.
18. Institut rahbarlari auditoriyaga kirganda o'rnidan turish.
19. Ilmiy izlanishlar uslubini o'rganish va olib borish.
20. Ijodiy fikrlash va izlanishga o'rganish, chet tillarini va kompyuter texnikasini mukammal o'zlashtirish.
21. "Odob-axloq qoidalari”ga to'liq amal qilish.
Mazkur Nizom talablarini bajarmagan talabalarga nisbatan quyidagi intizomiy choralar ko'riladi:
A. Ogohlantirish;
B. Hayfsan e'lon qilish;
V. Institutdan chetlashtirish.
Namunaviy xulq va o'qishda yuqori ko'rsatkichlarga ega, jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi talabalar o'rnatilgan tartibda moddiy va ma'naviy rag'batlantiriladi.
Mazkur Nizom barcha fakultetlar faollarining yig'ilishida, institut Ma'naviyat va ma'rifat kengashida, Kasaba uyushmasi, "Kamolot” YoIH boshlang'ich tashkiloti, xotin-qizlar va murabbiylar kengashlari yig'ilishlarida muhokama qilingan. Institut yurist-konsultant bilan kelishilgan.

MA'NAVIY-AXLOQIY QOIDALAR

1. Har bir talaba o'zining namunali xulqi, odob-axloqi bilan o'zini ko'rsatishi, boshqalarga namuna bo'lishi lozim.
2. Barcha yaxshi insoniy fazilatlar - xushmuomalalik, kamtarlik, halollik, poklik, vijdonlilik, to'g'riso'zlik, sog'lom fikrlilik va adolatli bo'lish talabalik davrining bebaho boyligi bo'lib qolishi kerak.
3. Milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, ma'rifat, madaniyat, davlat va jamoat arboblarining, ulug' ustoz allomalarimizning namunali hayoti tarzlari bilan muntazam tanishib borish talabalarning muhim vazifasidir.
4. Kattalarga hurmatda, ayollar va kichiklarga izzatda bo'lib, ular bilan salomlashganda quyidagi qoidalarga amal qilmoq lozim:
a) yoshi katta keksa kishilar bilan ko'rishganda ulardan oldin ko'rishmoq uchun hamda yigitlar qizlar bilan salomlashganda qizdan avval unga qo'l uzatmaslik;
b) o'zingizdan yoshi kichik bo'lganlarning salomiga aliq olishlik, ular bilan salomlashganda takabburlik qilmaslik;
6. Kursdoshingiz, do'stlaringizdan birortasining tobi qochib qolganda yoki boshiga musibat tushganda holidan xabar oling, imkoniyatingizga qarab moddiy va ma'naviy yordam bering.
7. Institut professor-o'qituvchilari va xodimlarining, kursdoshlaringizni, do'stlaringizning ishonchini oqlashga intiling, ularning e'tiboridan chetda qolmaslik uchun harakat qiling.

TALABALARNING ODOB-AHLOQQA OID MAJBURIYATLARI



a) TAQI hududida:
- hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko'rsatib kirish;
- hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;
- ustozlar bilan duch kelganda salom berish;
- o'quv mashg'ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
- institut mulki (ko'char va ko'chmas mulki, o'simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish;
- kiyinish va o'zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
- mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;
- maishiy tinchlikka rioya qilish;
- narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste'mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o'z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo'lishi alohida qayd etiladi.
b) auditoriyada:
- uyali aloqa vositalarini o'chirib qo'yish;
- dars vaqtida gaplashmaslik;
- jihozlarga madaniy munosabatda bo'lish, partalarga yozmaslik;
- qog'oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
v) umumiy ovqatlanish joylarida:
- taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
- tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko'rsatish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.
g) Axborot resurs markazi (ARM)da:
- ARM xodimlari bilan hushmuomalada bo'lish;
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish;
- baland ovozda so'zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
- qog'oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
Download 21.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling