Iymon qo'shigi
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov) (1)
1.10. Mehnat nizolari
Mehnat nizolari deganda, mehnat shartlarini belgilash yoki o‘zgartirish, mehnat qonunchiligini qo‘llash borasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar tushuniladi. Mehnat nizolari yakka va jamoaga doir qismlarga bo‘linadi. Yakka mehnat nizolari ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning, mehnat shart- nomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarining qo‘llanishi yuzasidan kelib chiqadi Gumladan, ish haqini, mukofotlarni noto‘g‘ri hisoblash; ta’tilning davomiyligini noto‘g‘ri belgilash va h.k.). Bunday nizolarni hal etish uchun mehnat jamoasi mehnat nizolari bo'yicha komissiya tuzadi. Bunday komissiya ko'plab mehnat nizolarining hal etilishida birinchi instansiya hisoblanadi. Mehnat nizolari komissiyalarini ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari tenglik asosida tuzadilar. Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlangan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak. Ish beruvchi ushbu qarorni bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan 10 kunlik muddat o‘tganidan keyin 3 kun ichida bajarishi kerak. Basharti, mehnat nizolari komissiyasi 10 kunlik muddat ichida mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazishni talab etishga haqli bo‘ladi. Ish beruvchi mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Basharti, u mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, unga xodim yetkazgan zarami qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha ham sud amaliyoti fuqarolik qonunlari asosida mehnat shart- nomasi qonuniy asossiz yoki belgilangan tartib buzilgan holda bekor qilinganda, yoxud xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganda nafaqat moddiy, balki ma’naviy zararning o‘rnini qoplash mumkin ekanligini tan oladi. 43 www.ziyouz.com kutubxonasi Jamoalarga doir mehnat nizolari — bu ish beruvchi (ish beruvchilar birlashmasi) va xodimlar jamoalari (xodimlarning vakillik organlari) o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini bel- gilash va mavjud shartlarini o‘zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, o‘zgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Qonun bo‘yicha ish beruvchilarning har qanday huquq va manfaatlari jamoaga doir mehnat nizolarining predmetini tashkil etmaydi va shunday nizolar belgilangan sud tartibida ko‘rib chiqiladi. Jamoalarga doir nizolarning taraflari o‘z vakolatlarini vakillari orqali amalga oshiradilar. Sudlar ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan, qabul qilingan jamoa shart- nomalari, kelishuvlari va boshqa lokal hujjatlarni qo‘llash xusu- sidagi jamoalarga doir mehnat nizolarini taraflardan birining arizasi asosida ko‘rib chiqadilar. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling