Iymon qo'shigi
Download 3,05 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN SH U G ‘ULLANISH
NAZORAT SAVOLLARI
1. Xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini tashkil etish deganda nimani tushunasiz? 2. Ma’muriyat xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini tashkil etishda qanday ishlarni amalga oshirishi kerak? 3. Mehnatni muhofaza qilishni nomenklatura chora-tadbirlariga nimalar kiradi? 4. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy talablar nimalardan iborat? 5. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha namunaviy nizom qachon va kim tomonidan tasdiqlangan? 68 www.ziyouz.com kutubxonasi 5-bob. AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN SH U G ‘ULLANISH 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-sentabrdagi «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkilotlarini moliyaviy ta ’m inlanish manbayini quyidagi qo‘shimcha darom adlar hisobiga kengaytirilishi maqsadga muvofiq deb topilgan: • faoliyatining ixtisosligiga qarab mahsulot, ishlar, xizmat- larni ishlab chiqarish va sotish; • budjet tashkilotlariga ular tomonidan vaqtinchalik foyda- lanilmayotgan binolar va boshqa davlat mulklarini tashkilotlarga ijaraga berish; • yuridik va jismoniy shaxslarning budjet tashkilotlariga homiylik (beg‘araz) yordami. Pullik xizmatni tashkil qilish ishlarida 0 ‘zbekiston Respub- likasi Moliya vazirligining 2000-yil 4-yanvardagi «Budjet tash- kilotlarida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish tartibi»ga, vazirliklar hamda idoralarning pullik xizmat turlari haqidagi nizom va boshqa hujjatlari, shuningdek, aniq shart- sharoit va o‘ziga xoslikdan kelib chiqqan holda tartibga solingan hujjatlarga asosan ishlab chiqiladigan axborot-kutubxona- ning ichki hujjatlariga tayanib, amal qilmoq darkordir. «Budjet tashkilotlarida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chi- qarish va sotish tartibi»ning 2.1-moddasiga muvofiq budjet tashkilotlari mahsulot (ishlar va xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishni budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash va tasdiqlangan me’yor va me’yoriy asoslar, yuqori tashkilotlarning topshirig‘i va nizomida ko‘zda tutilgan, faoliyatiga muvofiq boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiradilar. Axborot-kutubxona amaliyotiga pullik xizmatlarni tatbiq etish, aholiga bepul axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sifati va hajmini pasaytirmasligi kerak. Download 3,05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling