Iymon qo'shigi
www.ziyouz.com kutubxonasi 3.5. Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati
Download 3,05 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov) (1)
58
www.ziyouz.com kutubxonasi 3.5. Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati Mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi, sanitariyasi norma hamda qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi. Mehnatni m uhofaza qilish kom issiyalari va jam oat inspektorlari bajaradigan ishlarning tarkibi kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan qarorlar bilan belgilangan. Mehnatni muhofaza qilishning jam oat nazoratini olib borayotgan shaxslarga va tashkilotlarga nisbatan ma'muriyatning asosiy vazifasi nazorat qiluvchi shaxslarning takliflarini qo‘llab- quwatlash va ulaming ishlarini amalga oshirishni tezlatish hamda yordam ko‘rsatishdan iborat. 9 NAZORAT SAVOLLARI 1. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat nazorat tashkilotiga kimlar kiradi? 2. Kasaba uyushma qo'mitasi qanday qonuniy ishlarni amalga oshiradi? 3. Sanitar nazoratini kim amalga oshiradi? 4. Energetika nazorati qaysi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi? 5. Yong‘inga qarshi kurashish nazoratining vazifalari va maqsadi nimadan iborat? 6. Jamoat nazorati qanday nazorat? 59 www.ziyouz.com kutubxonasi 4-bob. MA’MURIYATNING XAVFSIZ VA SO G ‘LOM ISH SHAROITINI TASHKIL QILISH MAJBURIYATLARI Axborot-kutubxonalarda, tashkilotlarida xavfsizlikni ta’min- lash va ish sharoitini yaxshilash ma’muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlarida yozib qo'yilgan. M a’muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ma'muriy-xo'jalik ishlarini amalga oshiruvchi rahbar muovini moddiy mablag'larni taqsimot bilan ishlatish va uni nazorat qilish ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi. Ma’muriyat xodimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular davlat siyosati va uni amalga oshirish, davlat va xalq manfaatlarini yaxshi tushungan bo‘lishlari, mehnat sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchilarni mehnat intizomini saqlash va ishga rag‘batlantirish, ish unumini oshirish darajasini bir necha o‘n yil oldindan ko‘ra biluvchi shaxs bo‘lishlari kerak. Ma'muriyat zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar, asosan, ishchilar bilan ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan mehnat biti- midan kelib chiqadi. Mehnat bitimini tuzish majburiyati 0 ‘zbe- kiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan belgilangan. Bu qonuniyat sifatida quyidagicha tahlil qilinadi. Ishchi ma’lum mutaxassislik bo‘yicha belgilangan ishni axborot-kutubxona muassasasi ichki tartib- qoidalariga rioya qilgan holda bajarishni, ma’muriyat esa mehnat qonunlariga asosan va jamoat bitimida ko‘zda tutilgan ma’lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini o‘z zimmasiga oladi. Mehnat qonunlarida ko‘zda tutilgan majburiyatlar quyida- gilardir: har bir ishchi, xizmatchini mutaxassisligi va malakasiga qarab ma’lum ish joyi, sog‘lom va xavfsiz ish sharoiti, sifatli ish qurollari bilan ta’minlash, mehnat intizomini har taraflama mustahkamlash, ish sharoitini kundan kunga yaxshilab borishni ta'minlash maqsadida zarur texnik jihozlar o'rnatish, shu- 60 www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling