Iymon qo'shigi


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/35
Sana19.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1710016
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov) (1)

1.9. Mehnatni muhofaza qilish
0 ‘zbekiston Respublikasida m ehnatni muhofaza qilish 
mehnat faoliyati jarayonida xodimlar hayoti va sog‘lig‘ining xavf- 
sizligini ta’minlash tizimidan iboratdir. Mehnatni muhofaza 
qilish to ‘g‘risidagi qonun hujjatlari Konstitutsiyaning tegishli 
moddalari, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 
Mehnat kodeksi va boshqa normativ hujjatlardan iborat. Xalq 
xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun yagona bo‘lgan, mehnat 
muhofazasiga oid maxsus normalar, shuningdek, tarmoqlararo 
normalarni hukumat, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish 
vazirligi tasdiqlaydi.
Tarmoqlararo qoidalar va normalarni Mehnat va aholini 
ijtimoiy himoya qilish vazirligi, tegishli vazirliklar, davlat nazorat 
idoralari va boshqa vakolatli idoralar tasdiqlaydi. Mehnat faoliyati 
jarayonida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimlarga xavfsiz va sog‘lom mehnat 
sharoitlari yaratib berilishi kerak.
Bu majburiyatlar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning 
ma’muriyatiga yuklangan. Mehnat kodeksiga muvofiq, ish 
beruvchi barcha ishchi o‘rinlarini texnik jihozlar bilan ta’min- 
lashi va ularda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yagona 
(tarmoq, tarmoqlararo, sanitariya va boshq.) qoidalarga mos 
keladigan mehnat sharoitlarini yaratib berishi shart.
Xodimlar mehnat faoliyati davomida mehnatni muhofaza 
qilishning tegishli shartlari bilan tanishish huquqiga ega. Ish
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


beruvchining xodimlarni texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish 
sanitariyasi, yong‘in chiqqanda saqlanish va mehnatni muhofaza 
qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar berish 
majburiyati bu huquqqa tegishlidir.
Bundan tashqari, qonunda mehnatni muhofaza qilish soha- 
sida xodimlar uchun kafolatlar belgilangan. Bu kafolatlar 
xodimlarni ishlab chiqarish yoki boshqa omillarning zararli 
ta’siridan yakka tartibda, shuningdek, jamoa bo‘lib muhofaza 
qilish masalalariga tegishli bo‘lib, ular Mehnat kodeksida mus- 
tahkamlangan. Masalan, ifloslanish bilan bog‘liq ishlarda xodim- 
larga belgilangan normadagi sovun beriladi. Teriga zararli ta’sir 
ko‘rsatuvchi moddalar bilan bog‘liq ishlarda belgilangan nor- 
mada yuvuvchi va zararsizlantiruvchi moddalar beriladi. Meh- 
natni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarda ayollar va bolalarni 
onasiz tarbiyalayotgan shaxslar, yoshlar va mehnatga layoqati 
kam bo‘lgan shaxslar uchun alohida kafolatlar belgilangan. 
Ushbu toifadagi xodimlarning m ehnatini muhofaza qilish 
borasidagi qo‘shimcha tadbirlar ularning boshqa xodimlar bilan 
haqiqiy teng mavqeyini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mehnat kodeksiga binoan, mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidaiarni hamda jamoa 
shartnomalari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitim- 
larni buzishda yoki kasaba uyushmalarining faoliyatiga to‘sqinlik 
qilishda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda intizomiy, 
ma’muriy, jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Mehnatni muhofaza 
qilish to ‘g‘risidagi qonunlarni buzganligi uchun javobgar 
mansabdor shaxslar toifasiga qoidalar va normalarga rioya qilini- 
shiga mas’ul bo‘lgan xususiy mulkdorlar, korxona, muassasa
tashkilot rahbarlari va ularning o'rinbosarlari hamda tarkibiy 
tuzilmalarning rahbarlari kiradi.
Qonunlarga rioya qilinishini jamoatchilik tomondan kasaba 
uyushmalari tasdiqlagan qoidalar asosida mehnat inspeksiyalari 
va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli (ishonch bil- 
dirilgan) shaxslar nazorat etadilar. Prokuratura idorasi 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi hududida amal qilayotgan mehnat to‘g‘ri- 
sidagi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qiladi, 
ushbu qonunbuzarliklarni bartaraf etish va aybdorlarni javob- 
garlikka tortish choralarini ko'radi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik yuzasidan ishlarni 
ko‘rib chiqishda sudyalarga ushbu qonunbuzarliklarga olib
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf 
qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rishga alohida e’tibor 
berishlari tavsiya qilingan.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling