Iymon qo'shigi


MEHNATNI MUHOFAZA Q ILISH NING


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana19.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1710016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov) (1)

MEHNATNI MUHOFAZA Q ILISH NING  
UM UM IY MASALALARI
1.1. Mehnat qilish qonunlari
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilin- 
gandan so‘ng adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy 
davlatni barpo etishga kirishdi. Har bir sohada huquqiy normalar 
qonun ustuvorligi yo‘nalishida qayta ko‘rib chiqildi. Huquqiy 
normalar davlat bilan chambarchas bog‘liq, davlatsiz huquq 
bo‘lishi mumkin emas, chunki davlat huquqni keltirib chiqaradi. 
Huquqiy normalarni amalga oshirishni kafolatlaydi. Har bir 
sohadagi huquq mehnatga borib taqaladi.
Axborot-kutubxona muassasalarida mehnat huquqi, awalo, 
0 ‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi «Axborot- 
kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni asosida himoyalangan. 
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida axborot-kutubxona 
xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti 
qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zining huquqiy manfaat- 
laridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asos- 
langan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur. Bu 
Konstitutsiya, awalo, inson huquqlarini himoya qilishi, shu 
bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoya- 
lanishi kerak.
Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda 
o‘zining birinchi demokratik Konstitutsiyasini e’lon qildi. Bu 
Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni 
himoyalashga qaratilgan. 37-moddada «Har bir shaxs mehnat 
qilish, erkin kasb tanlash, oqilona mehnat sharoitlarida ishlash 
va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish 
huquqiga egadir» deyilgan, matn davomida «Sud hukmi bilan 
tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan 
boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deb 
qo‘yilgan.
Shu bobning 38-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan 
fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq 
to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi» 
deyilgan jumla ham ijobiy xususiyatga ega. Dam olish huquqini 
ta’minlash mana shu huquqning amalga oshirilishini ta’min- 
laydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu 
bazani ta’minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi 
mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, 39-moddada «Har kim qariganda, mehnat 
layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy 
ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy 
yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yil- 
gan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi 
mumkin emas» deyilgan.
Mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi 
ta’minlangan. Bu huquq mehnat qilish haqidagi qonunda to‘g‘ri 
ta’kidlangan. Mehnat qilish jarayonida erkaklar bilan ayollaming 
teng huquqliligi ularning erkaklar singari og‘ir va zararli ishlarda 
ham ishlashlari mumkin ekanligini bildirmaydi. Ayollar a’zolari- 
ning ba’zi xususiyatlarini va ayollarning oiladagi mavqeyini 
hisobga olib, qonunda ular uchun ma'lum yengilliklar va maxsus 
qoidalar belgilangan.
Farzand ko‘rishi kerak bo‘lgan va emizikli ayollarga maxsus 
yengilliklar tug‘diriladi. Bunday ayollar va 8 yoshgacha bolalari 
bo‘lgan ayollami tungi ishdan (soat 22 dan soat 6 gacha), ishdan 
tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat 
safariga yuborish taqiqlanadi. Ma’muriyat ba’zi hollarda ayollami 
shifokor xulosasiga asosan, o‘rtacha ish haqini saqlagan holda, 
yengil ishlarga o'tkazishi lozim. Ayollarga tug‘ish oldidan va 
tug‘gandan keyin belgilangan kalendar kundan haq to‘lanadigan 
dam olish kunlari beriladi. Bundan tashqari, farzand kutayotgan 
va emizikli ayollar uchun yana bir qancha yengilliklar beriladi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling