Iymon qo'shigi
O‘rindoshlik bo‘yicha ishga rasmiylashtirish
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov) (1)
1.5.2. O‘rindoshlik bo‘yicha ishga rasmiylashtirish
O ‘rindoshlik — bu xodimning asosiy ish haqi to‘lanadigan va asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi shartlari bilan boshqa haq to'lanadigan ishni bajarishidir. 0 ‘rindoshlikka asosiy ish joyi bilan birga boshqa korxona, muassasa, tashkilotdan ham ruxsat beriladi. 0 ‘rindoshlik bo‘yicha ish vaq- tining davomiyligi kuniga 4 soatdan va asosiy ishdan bo‘sh kunda 18 www.ziyouz.com kutubxonasi esa to‘liq ish kunidan oshmasligi lozim. Ish vaqtining umumiy davomiyligi 12 soatdan ortmasligi lozim. 0 ‘rindoshlik bo‘yicha ishlashda asosiy ish joyidagi rahbari- ning roziligi talab qilinmaydi. Boshqa muassasaga o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul qilinayotganda xodim ish beruvchiga pasporti va asosiy ish joyidan ma’lumotnomani taqdim etishi lozim. Axborot-kutubxonalarda agar berilgan ish maxsus bilim- larni talab qilsa, rahbar xodimdan ma’lumoti va kasbiy tayyor- garligi haqidagi diplom yoki boshqa hujjat orqali rasmiylash- tiradi. 0 ‘rindoshlik bo‘yicha ishlash 18 yoshga to‘lmagan va homi- lador ayollarga cheklanadi. 0 ‘rindoshlarga mehnat haqini to‘lash aniq bajarilgan ishi uchun amalga oshiriladi. Ularni muko- fotlash, qo‘shimcha haq to‘lash va boshqa turli mukofotlar ish haqini to‘lash shartlarida ko‘zda tutilganidek, shu tashkilot, muassasa, korxonada xodimlar uchun o‘matilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi. 0 ‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotganlarga mehnat ta’tili qoidaga ko‘ra, asosiy ish joyidagi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi. 0 ‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan joyida mehnat ta’tiliga haq umumiy asoslarga ko‘ra to‘lanadi. 0 ‘rindosh bilan mehnat shartnomasi qonunda ko‘zda tutil- gan asos bo‘yicha to‘xtatilishi mumkin. Mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik bo‘yicha ishlaganlik haqidagi ma’lumotlar xodim- ning xohishi bo‘yicha asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling