Ызбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги
Download 455.81 Kb. Pdf ko'rish
|
futbolchi qizlarni chidamkorlik jismoniy sifatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI
- II BOB. MALAKAVIY BITIRUV ISHNING MAQSADI, VAZIFALARI,USLUBLARI VA OLIB BORILISHI
- III BOB. TADQIQOT BO‘YICHA OLINGAN NATIJALARNING TAHLILI
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI O„ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI Hakimov O‘tkir FUTBOLCHI QIZLARNI CHIDAMKORLIK JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH Ta‟lim yo„nalishi: 5610500 Sport (Futbol turi bo„yicha) BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ish ko„rib chiqildi va himoyaga qo„yildi. “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri prof. Nurimov R.I.________ “___”________ 2015 yil Ilmiy rahbar: Maqsumov A.P. _______ TOSHKENT 2015 KIRISH Mundarija KIRISH I BOB ADABIYOTLAR TAHLILI 1.1. Futbolchilarni jismoniy tayyorgarlik xususiyatlarini o„rganish 1.2. Futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi 1.3. CHidamkorlikning shakllari va ularni futbolchilarda namoyon bo„lishi 1.4. Futbolchilarni chidamkorlik tayyorgarligini aniqlash usullari haqida 1.5. CHidamkorlikni tarbiyalashda futbolchilar organizmini funksional ko„rsatkichlar II BOB. MALAKAVIY BITIRUV ISHNING MAQSADI, VAZIFALARI,USLUBLARI VA OLIB BORILISHI 2.1. Ilmiy uslublardan foydalanilish 2.2. Pedagogik kuzatuv ishlari 2.2.1. Ilmiy adabiyotlar tahlili 2.2.2. Pedagogik kuzatuv ishlari 2.2.3. Tayyorgarlikni baholovchi test meyorlari 2.2.4. Pedagogik tajriba 2.2.5. Matimatik-statistik ishlar 2.3. Malakaviy bitiruv ishning olib borilishi III BOB. TADQIQOT BO‘YICHA OLINGAN NATIJALARNING TAHLILI 3.1. Pedagogik kuzatishlardan olingan natijalar 3.2. Mashg„ulot jarayonida futbolchi qizlarning jismoniy va texnik harakatlari bo„yicha ma‟lumotlar 3.3. O„quv-mashg„ulot jarayonida olib borilgan ishlar XULOSALAR AMALII TAVSIYALAR ADABIYOTLAR RO„YXATI Yurtimizda xotin-qizlar hayot, mehnat va ijtimoiy turmushdagi o„rni beqiyos yuqori darajadadir. Ularning sihat-salomatligini doimo yaxshilash, jismoniy jihatdan barkamol bo„lishi uchun tula shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yo„lda sport inshootlarining zamonaviy andozalarga mos kelishi, xotin-qizlardan mutaxassis qadrlar tayyorlashni ko„paytirish, maxsus sport musobaqalarini tashkil etish va ularga xotin-qizlarni ommaviy jalb qilish hozirgi davrning maksad va vazifalaridan biridir. Yurtimizda ayollarni sportga jalb kilish masalasi muhim yo„nalishlardan biridir. CHunki ularning salomatligiii mustahkamlash, faolligini oshirish aynan ularning jismonan sog„lom bo„lishlari bilan bog„liq. Xotin-kizlarni sport bilan shug„ullanishga jalb etish ularning salomatligini mustahkamlash ishlarining muhim qismatidir. Mamlakatimizning barcha hududlarida qizlar va ayollar uchun sportning 39 turi buyicha 35 mingdan ortiq seksiya tashkil kilingan. Har yili ayollar o„rtasida xududiy sport festivallari o„tkazilmokda. Bugun O„zbekistonda 3,5 million nafardan ortik xotin-qiz sport bilan muntazam shug„llanmokda (43). Ushbu chora-tadbirlar natijasida mustakillik yillarida xotin-kizlar va bolalarning kasallanish darajasi ancha kamaydi, onalar va bolalar o„limi uch baravarga qisqardi, ayollarning o„rtacha umr kurishi 67 yoshdan 75 yoshga uzaydi. Davlatimiz rahbari xotin-qizlarning ma‟naviy, intellektual va ijodiy salohayatini rivojlantirishga doimiy e‟tibor va g„amhurlik ko„rsatib kelmokda. Prezidentimizning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O„zbekiston Xotin-kizlar kumitasi faoliyatini qo„llab-quvvatlash borasidagi qo„shicha chora-tadbirlar to„g„risida”gi Farmoniga muvofiq fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish organlarida diniy ma‟rifat va ma‟naviy-axlokiy tarbiya masalalari bo„yicha maslaxatchi lavozimi joriy kilindi. Bu ayollarning vazifasi va faoliyati jamiyatimizda barqarorlikni ta‟minlash, aqillik va o„zaro xurmat muxitini mustaxqamlash, mahallalarda qulay ma‟naviy-axlokiy muhitni shakllantirishga qaratilgan (1,2,3,4,5,6,7,8). Maxallalar hozirgi kunda jamiyatda o„z o„rnini topishga, o„z huquqlarni bilishga ijtimoiy va siyosiy faol bo„lishga intilayotgan xotin-kizlar uchun muhim tayanchdir. Maxalla manzilli ijtimoiy yordam ko„rsatish va oilaviy biznesni rivojlantirish markazigta aylanmokda, xotin-qizlar bandligini ta‟minlash, oilalarni mustaxkamlashga ko„maklashmoqda. Bu esa o„z navbatida davlatimizdati barcha tub o„zgarishlar inson manfaatlari va farovonligi yo„lida amalga oshirilayotganidan yorqin dalolatdir. Xulosa qilib aytganda, istiqlol sharofati yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar tufayli xotin-qizlarning jamiyatdagi o„rni kundan-kunga yuksalib bormoqda. Bu eng avvalo, kelajak avlodni yaratuvchi ayollarimiz sog„ligini mustahkamlashga, ular o„rtasida sog„lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda Hozirgi kunda ayollar futbol sport turining rivojlanib o„sishi qizlardan texnik, taktik va jismoniy tayyorgariligini yuqori darajada bo„lishi kerakligi to„g„risida ko„pgina mutaxassislar ta‟kidlashgan. (14,27,35,) Biz yuqori darajada o„yin olib boruvchi Ispaniya, Germaniya, Braziliya Osiyo mintaqasidan YAponiya, Koreya terma jamoa futbolchi qizlarining texnik harakatlarni o„ng va chap oyoqda bir xilda bajarishlarini ko„ramiz. Bu esa jamoa futbolchi qizlarining taktik o„zgarishlarda maydondagi joyini, ya‟ni maydonning o„ng qanotidan chap qanotga o„zgaritirishda qiyinchilik tug„dirmaydi. Bundan murabbiylarning o„yinchilarni tanlab, maydonga tushirishda muammoga duch kelishmaydi. Bundan tashqari futbolchi qizlarning texnik-taktik harakatlarini bajarishda ulardan yuqori darajada jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Ayniqsa, futbolchi qizlarning o„yin davomida chidamkorlik sifatlari alohida o„rin tutadi. YUqori malakali futbolchi qizlarni tayyorlashda chidamkorlik sifati alohida ahamiyatga ega. Futbolchi qizlar o„yin davomida tezkor, chaqqon, kuchli bo„lsada, lekin shu sifatlarni 90 daqiqali o„yin davomida yuqori saviyada namoyish eta olmasa, unda bunday futbolchi qizlardan kerakli natija kutish qiyin. Futbolchi qizlar ham to„p bilan, ham to„psiz yugurishi, turli texnik-taktik harakatlarni ijro etish uzoq muddat davomida samarali bo„lishi darkor. Har bir o„yinchi jamoalarni o„yin oxirigacha kurashishlari zamonaviy futbolning talabidir. SHuning uchun barcha jismoniy sifatlar kabi chidamkorlikni ham futbolchi qizlarning rivojlantirishda juda ham muhimdir. CHidamkorlik sifati o„z ichiga umumiy va maxsus chidamkorlik turlarini olib, mashg„ulotlar davomida ehtiyotkorlik bilan tarbiyalaniladigan sifatdir. CHunki bu sifat barcha sifatlarga nisbatan ko„p qirrali va keng qamrovlidir. Ushbu ish chidamkorlik sifatiga oid, hamda u bilan bog„liq bo„lgan ayrim masalalarni yoritishga qaratilgan. O„zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan oliy toifa ayollar futbol jamoalar o„yin ozxiriga borib texnik-taktik harakatlari samarasiz harakatlarini kurishimiz mumkin. Bundan oliy toifa ayollar futbol jamoalari o„yin olib borish harakatlarini kuchaytirishimiz ularda chidamkorlik oshirishimiz kerak deb o„ylaymiz. SHundan kelib chiqib, maydonda harakatlanayotgan futbolchi qizlarning chidamkorlik masalasi hozirgi kun futbolida dolzarb masala hisoblanadi. SHuning uchun mazkur ish mavzusi tanlangan. Download 455.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling