Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
-Мavzu: Professional o’zbek tanqidchiligining yuzaga kelishi va 20 -yillar tanqidchiligidagi bahslar
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
6-Мavzu: Professional o’zbek tanqidchiligining yuzaga kelishi va 20 -yillar tanqidchiligidagi bahslar
Reja: 1. XX asrning boshlaridagi milliy uyg’onish va jadidchilik harakati davridagi adabiy-tanqidiy qarashlar. 2. XX asrning boshlaridagi o’zbek adabiy tanqidchiligining tug’ilishi va shakllanishi. 3. 20-yillar adabiy tanqidining vujudga kelishidagi ilmiy izlanishlar: A.Sa’diy, Olim Sharafiddinov, Otajon Hoshim, M.Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon kabi tanqidchi va adabiyotshunoslar faoliyati misolida. 4. 20-yillar adabiy tanqidchiligida madaniy merosga va adabiy ijodga bir tomonlama qarashlarning aks etishi (Sotti Husaiyn, Ziyo Said, Kashshof Trig’ulov, Yunus Latif, Jalil Boybulatov, Miyonbuzruk Solihov va boshqa adabiy tanqidchilar ijodi misolida). 5. Adabiy tanqidda ijtimoiy voqyelik, yangi inson, g’oyaviylik va badiiylik muammolarining talqini. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи (X-X1X асрлар). T.: Ўзбекистон, 1993. Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012 Расулов А. Танқид, тадқин, баҳолаш. T.: Фан, 2006 Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т. TURON-IQBOL. 2011 Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур.Т. Akademnashr. 2014. Mavzuga oid qisqacha annotatsiya XIX asr oxirlarilari va XX asr boshlari o’zbek adabiyoti taraqqiyotida kechgan o’zgarishlar tarixi bevosita adabiy jrayonning bir qismi bo’lgan adabiy tanqidchilikda ham namoyon bo’ldi. Endi adabiyotshunoslik qatori tanqidchilik ham alohida fan tusini ola boshladi. Ilk bora tanqid so’zi qo’llandi. Yangi yo’nalishdagi adabiy tanqidiy asarlar vujudga kela boshladi. Cho’pon, Fitrat, Vadud Maxmud, Behbudiy, Qodiriy va boshqalar adabiy tanqidning ham yangilanishiga xizmat etadigan asarlar yaratdilar. XX asr 20 yillaridan adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi munaqqidlarni ham ikki guruhga ajratib yubordi. Vadud Mahmud, Abduhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabilar so‘z san’atining chin ixlosmandi bo‘lib adabiyotga sadoqatini to‘liq namoyon etdi. Ular badiiy asarni siyosatdan holi baholashni maqsad qiladi. Abdurahmon Sa’diy, Sotti Husayn kabilar asardan siyosiy xato topishga urg‘u berdilar. Tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi kuzatishlari, tanqidchining tanqidchi maqolasiga munosabatini o‘rganish masalaga oydinlik kiritadi. Bunda asosiysi, xolis va adabiyotning mohiyati to‘g‘ri anglangan mulohazalar tanqid kelajagi uchun asos sanaladi. Munaqqidlar faoliyatini o‘rganish talabaning mustaqil muqoyasa etish, aniq xulosa chiqarish malakasini orttiradi. Adabiy tanqid badiiy asar yutuq hamda kamchiligini shaxsiy g‘araz, maqtovsiz xolis aytish, to‘g‘ri baholash, fikrni ilmiy asoslashni talab etadi. Adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlashishi munaqqidlarni ham ikkiga ajratdi. Vulgar sotsiologik ruhdagi qarashlar S.Husayn,A.Sa’diy,J.Boybo‘latov kabilar ijodida yetakchilik qiladi. Ma’rifiy, ilmiy yo‘nalishdagi fikrlar A.Fitrat, A.Cho‘lpon,V.Mahmud kabilar ijodining bosh mezoni edi. Mumtoz adabiyot namunalarini e’lon qilish, zamonaviy yozuvchilar ijodining xos jihatini yoritish, adabiy janrlar taraqqiyoti borasidagi fikrlarni namoyon etish munaqqidning sharafli burchi. Fitrat, Qodiriy, Cho‘lponlar badiiy asar jozibasi, estetik qimmati masalasini jiddiy o‘rganib, o‘zlari ham yetuk asarlar yaratishga munosib hissa qo‘shdilar.”Adabiyot nadir”,”Adabiyot qoidalari” kabi asarlarda tanqid, so‘z san’ati, ijodkorga yondashuv yuksak darajada namayon bo‘lgani kuzatiladi. Ular ijodini noxolis baholagan tanqidchilarning maqolasini o‘rganish masalaga oydinlik kiritadi. ”O‘zbek yosh shoirlari”,”O‘zbek adabiyotida chig‘atoychilik”, ”Roman ham haqiqat” kabi maqolalarda ijodkor, badiiy asarni baholash jarayoni kuzatilib tahlil etiladi. Badiiy asarga biryoqlama yondashuv, zamonasozlikka berilish tanqid rivojiga putur yetkazishi ma’lum. "Butun jamiyatimiz tarixi kabi, adabiyotimiz, tanqidchiligimiz tarixi ham bag‘oyat murakkab bo‘lgan, uning har lahzasi ijodiy fikr bilan dogmatizm, haqiqat bilan yolg‘on vijdoniylik bilan murosasozlik o‘rtasidagi kurashga to‘la" deb yozgan O.Sharafiddinov yuqorida eslatganimiz maqolasida. Binobarin, yaratilajak tanqid tarixi rivojlanish yo‘llaridagi keskinlikni sira yumshatmay, bo‘yamay, ro‘y-rost ko‘rsatib bermog‘i darkor. Shu mantiqqa suyangan holda asr boshidagi adabiy tavqidni xolis, obektiv yul bilan tahdid etishga kirishish boshlandi. Bu silsilada H.Boltaboyevning Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlariga bag‘ishlangan qator maqolalari va Fitrat ilmiy merosi tadqiq etilgan doktorlik ishi, Sh.Yoqubovning "Otajon Hoshimning adabiy-tanqidiy faoliyati", U.Sultonovning "Cho‘lponning adabiy-tanqidiy qarashlari", B. Karimovning "Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni", H.Umrzoqovning "G‘ozi Yunusning ijodiy yo‘li", U.Jo‘raqulovning "Fitratning tadqiqotchilik mahorati", R. Tojiboyevning "O‘zbek adabiy tanqidi tarixidan" deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. XX asr professional o‘zbek tanqidchiliga shakllanishida Vadud Mahmud hissasi katta. Badiiy idrok tanqidchining asosiy xususiyatlaridan biri. Alisher Navoiy, Cho‘lpon ijodi Vadud Mahmud talqinida. «Alisher Navoiy», «Turk shoiri Ajziy», «Cho‘lponing «Buloqlari» maqolalari va taqrizining tahlili, Vadud Mahmud ijodida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik yondashuvining o‘rni. Tanqidchi asarlarida R.Tagor, M.Gandi, Edgar Po asarlarga munosabat. Uning maqolalarida vorisiylik masalasi. Navoiy, Fuzuliy, Ajziy asarlarining xolis talqini. Mazkur maqolalardagi ishqi ilohiy, ishqi majoziy haqidagi mulohazalar. V.Mahmud ijodi haqida 20-30 yillar tanqidchiliga yuqori bosqichda turadi. Adabiy tanqid go‘zallik kashf etishi zarurligi haqida. V.Mahmud «Yosh o‘zbek shoirlari», «Sa’diyning savodi» singari maqolalarda didsizlik, go‘zallikni his etmaslikning tanqid qilinishi. Tanqidchi ijodida bahsning o‘rni. Vadud Maxmudning vulgar sotsiologizmga qarshi kurashi. Vadud Mahmud va Abdurahmon Sa’diy. Vadud Mahmud va 20-yillardagi Samarqand adabiy-tanqidiy muhiti. Vadud Mahmud va tojik ma’rifatchilari, yozuvchilari, olimlari. XX asrning birinchi yarmi adabiy-tanqidiy jarayonda Abdurahmon Sa’diyning o‘rni. Unga rus va turk mumtoz adabiyotshunosligining ta’siri. A.Sa’diy ijodida turkiy adabiyot. O‘zbek yozuvchilari ijodining talqini. Navoiy, Yassaviy, Cho‘lpon haqidagi maqolalari. A.Sa’diy ijodi va mafkura. Mafkura tomonidan tanqidchi erkining bo‘g‘ilganligi. Vulgar sotsiologizmning A.Sa’diy ijodidagi ko‘rinishlari. Uning V.Mahmud, H.Olimjon haqidagi maqolalari. Oybekning «Tanqid sohasidagi savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik» maqolasida A.Sa’diyga munosabat. A.Sa’diy Navoiy ijodi tadqiqotchisi. «Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotining yuksak bosqichi» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasidagi yutuq va kamchiliklar haqida Ye.E.Bertels. A.Sa’diy o‘zbek tanqidchiligida obzor maqolalarning asoschilaridan biri ekani. “O‘zbek yosh shoirlari” (1923), “Olti yil ichida o‘zbek she’riy adabiyoti” (1924), «O‘zbek burjua adabiyotda maqolalarining tahlili. Adabiy tanqid XX asr boshlarida ancha ijodiy yutuqlarga erishgan esa-da, malum nuqsonlarga yo‘l qo‘ydi. Shular haqida fikr yuritishdan oldin asr boshlarida paydo bo‘lgan har xil tashkilotlar va ularning adabiyot hamda adabiy tanqidga munosabatini ko‘rsatib o‘tish joiz. Zero, XX asrning 20-yillarii adabiy jarayoni uchun mushtarak xususiyatlardan biri har xil adabiy tashkilotlarning mavjudligi va bir-biriga o‘xshamasligi edi. Buning natijasida ijodkorlarni proletar va dehqon yozuvchisi, inqilobiy yozuvchi va "poputchik" (yo‘lovchi) kabi toifalarga ajratish odatga aylangan edi. Jumladan, o‘sha davrdagi adabiy-tanqidiy maqolalarda G‘ayratiy, U.Ismoilov, G‘.G‘ulom – proletariat yozuvchilari, H.Olimjon, Oydin, Sh.Sulaymon, S.Abdulla – inqilobiy yozuvchilar, Elbek va Oybek -"poputchiklar" deb baholangan edi. Bu davrdagi adabiy tanqid: 1) adabiy tanqidiy shakllar (janrlar) sohasida; 2) mumtoz merosga munosabat; 3) yangi insonni yaratishga munosabat kabi uch sohada izlanganini kuzatish mumkin. Adabiy tanqidning shakllanish bosqichida o‘zining ilk qadamlarini, asosan, taqrizdan boshlaganin takidlash joiz. Adabiy taqrizlar avval teatr spektakllariga nisbatan ko‘proq yozilgai bo‘lsa, keyinchalik badiiy asarlar yoki alohida to‘plamlar nisbatan ham yozila boshlandi. Bunga "Za-nay" imzoli muallifning "Xalil farakt"."Cho‘l bolasi" taxallusiy muallifning "Yer yulduzlari", S.Ayniyning qissalari, A.Qodiriyning romanlariga yozgan taqrizlari misol bo‘la oladi. Ayni chog‘da o‘tmishdagi ijodkorlar va zamondoshlar hayoti, adabiy faoliyatiga bag‘ishlangan maqolalar yuzaga kela boshladi. To‘g‘rulning "Eski shoirlarimizdan Muqimiy", L.Olimiyning "Unutilgan shoir" (So‘fizoda haqidagi) kabi adabiy portret harakteridagi, Fitratning "Muqaddimatul-adab”, Cho‘lponning‘ "Tagor va tagorshunoslik", "500 yil" maqolalarida mumtoz badiiy xazinamizning qimmatini yo‘qotmagani va uning yangn avlodga xizmat qila oladigan tomonlari ochib beriladi. Bu maqolalarning har biri o‘ziga hos fazilatlarga ega, albatta. Yozuvchi va tanqidchilarning ko‘pchiligi o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalari bilan shug‘ullandilar. Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon, A.Sadiy, Elbek, yoshlardan esa H.Olimjon, G‘.G‘ulom, Mirtemir, Botu, Sh.Sulaymon, Sotti Husayn, A.Qahhor, Oltoy, O.Hoshim, Yunus Latiflar tanqidiy, ilmiy-marifiy ishlari bilan matbuot sahifalarida tez-tez ko‘rinib turdilar. Ular o‘zbek adabiyotining shakllanishiga doir eng muhim muammolar ustida bahs yuritganlar. Shu tariqa, adabiy tanqid o‘z tadrijiy shakllanish jarayonida tubandagi ikki shaklda ko‘rinib turdi: 1. XX asr boshlaridagi o‘zbek matbuotida "tanqid" rukni ostida, asosan, turli ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy mavzudagi bazi adabiy, ilmiy maqolalar, feleton, ocherk, hikoyalar, har xil munozaralar, publitsistik maqolalar shaklida ko‘rinib turdi, janriy xilma-xillik asosida shakllandi, biroq ularda hali qorishiqlik ustivor edi. 2. Yigirmanchi yillarga kelib, matbuotda "Tanqid va adabiy mubohasalar", "Fanniy tekshirishlar", "Matbuot va adabiyot","Sanoi nafisa olamida" kabi yangi ruknlar ochildi, ularda badiiy to‘plamlar, sahna asarlari, darsliklar, nashriyot ishlariga oid taqrizlar elon qilindi. Adabiy jarayonga doir bu xildagi original maqolalar, taqrizlar qatorida qardosh xalqlar adabiyoti, ularning sanatkorlariga oid maqolalar yoritib borildi. Sharq va G‘arb sanati, go‘zallik haqidagi qarashlar xususida, shuningdek, V.Belinskiy, N.Chernishevskiy, V.Plexanov va A.Lunacharskiylarning estetik qarashlariga bag‘ishlangan maqolalar berila boshlandi, adabiyot va sanatni partiya itoatiga o‘tkazishga oid ko‘rsatmalarni kengrok yoyish harakati boshlandi. O‘zbek adabiy tanqidining shakllanishida ozarbayjon publitsisti N.Narimonov va tatar adibi O.Ibrohimovlarning ilmiy-nazariy maqolalarining tasiri sezilarli bo‘ldi. O‘sha davrda o‘zbek matbuotida ular yozgan materiallarning bosilishi ijobiy hodisa edi. Ayni zamonda turli adabiy tur va janrlardagi asarlarni baholash zarurati adabiy-tanqidiy fikrning jonlanishiga sezilarli tasir ko‘rsatdi. O‘zbekistonda yashagan B.Pestovskiy, M.Sheverdin kabi rus yozuvchi va tanqidchilarining o‘zbek adabiyoti va teatr sanatiga bag‘ishlangan chiqishlari adabiy tanqidning faollashib borayotganidan darak berib turadi. Natijada XX asr boshlarida adabiy tanqidning vujudga kelishi jarayonida bir-biridan tubdan farq kiladigan ikki tamoyil ko‘zga tashlanib koldi: Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling