Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
Mustahkamlash uchun savollar
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
Mustahkamlash uchun savollar:
1.O‘zbek adabiy tanqidining shakllanishida matbuotning o‘rni. 2.O‘zbek adabiy tanqididagi yo‘nalishlar haqida ma’lumot bering. 3.Munaqqidlarning davrlashtirish masalasiga yondashuvi 4.M.Behbudiyning tanqidiy qarashlari 5.Gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan munaqqidlar? 6.Jadid tanqidchiligiga umumiy baho bering. 7.Teatr tanqidchiligi qanday rivojlandi ? Mavzu yuzasidan test topshiriqlari 1. “Tanqidchi esa san’at va adabiyot haqidagi tushunchasini fikr vositasi bilan ongli ravishda ifoda etadi. Bu holda san’at va adabiyot tanqid bilan qo‘lga-qo‘l berishib boradilar va bir-birlariga o‘zaro tasir etadilar”. Fikr muallifini toping. A) V.Belinskiy B) N.Cherneshevskiy C) E.Meletenskiy D) O.Sharafiddinov 2. “O‘zbek sovet adabiy tanqidi tarixi” (1987) darsligida mazkur fan necha turga bo‘linib davrlashtirilgan edi? A) 5 B) 6 C) 4 D) 3 3. “Adabiy tanqid tarixida yangi bosqichning boshlanishi” davri (“O‘zbek sovet adabiy tanqidi tarixi” (1987) darsligi bo‘yicha) nechanchi yillarga to‘g‘ri keladi? A)1956-1961 B) 1932-1941 C)1962-1972 D) 1972-1980 4. Adabiyotshunos N.Xudoyberganov va A.Rasulovlar o‘zbek tanqidi tarixini ikki davrga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadilar: Siz ikkinchi davr to‘g‘ri qayd etilgan qatorni toping. A) Bu davrda o‘zbek tanqidchiligi fan va san’at uyg‘unligida tashkil topgan maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlandi B) Bu bosqichda munosib o‘zbek tanqidchiligining tug‘ilishi, shakllanishi va maxsus fan sifatida tarkib topishi sodir C) Bu davr ilmiy estetik kamolotga erishish jarayonini boshdan kechira boshladi. D) Bu davrda adabiyotshunoslikka, adabiy tanqidga oid bir qancha asarlar paydo bo‘la boshladi. 5. Adabiyotshunos olim B.Raxmonov o‘zbek adabiy tanqidchiliginint butun taraqqiyot yo‘lini uchga bo‘lib o‘rganadi. Ular qaysilar? A) “Jadidchilik davri", “sho‘ro davri” va “hozirgi yillar” singari katta bosqichlarga bo‘ladi B) “Jadidchilik davri", “sho‘ro davri” va “Mustaqillik yillari” singari katta bosqichlarga bo‘ladi C) “Jadidchilik davri", “sho‘ro davri” va “Istiqlol yillari davri” singari katta bosqichlarga bo‘ladi D) “Shakllanish davri", “sho‘ro davri” va “Mustaqillik yillari” singari katta bosqichlarga bo‘ladi 6. S.Sodiq davrlashtirish masalasida qanday taklif kiritadi, u davrlashtirishni necha qismga bo‘ladi? Ikkinchi qismining nomi, qanday atalishini ayting. A) 4 qismga, Tahlil ko‘lamining kengayishi bosqichi. 1932 -1961 yillarni o‘z ichiga oladi. B) 3 qismga, O‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish davri, 1914-1932 yillarni o‘z ichiga oladi. C) 2 qismga, Umumlashmalar tomon burilish pallasi, 1961-1991 yillarni o‘z ichiga oladi D) 4 qismga, Talqinlarning yangilanish bosqichi, 1991 yildan hozirgi kunlarga qadar 7. XX asrda kechgan ijtimoiy-estetik jarayonlarga daxldorlik holatida o‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixining taraqqiyot yo‘lini necha bosqichga bo‘lib o‘rganish ma’qul ko‘riladi? A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 8. O‘zbek adabiy tanqidi mafkuraviylashtirish va realizm uchun kurash jarayonida (1925-1985). Mazkur davrlashtirish haqidagi to‘g‘ri fikrni ko‘rsating. A) XX asrda kechgan ijtimoiy-estetik jarayonlarga daxldorlik holatida o‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixining taraqqiyot yo‘lini shunday o‘rganish ma’qul ko‘riladi. B) Talqinlarning yangilanish bosqichi, 1991 yildan hozirgi kunlarga qadar C) Adabiyotshunos olim B.Raxmonov o‘zbek adabiy tanqidchiliginint butun taraqqiyot yo‘lini uchga bo‘lib o‘rganadi D) Bu davrda o‘zbek tanqidchiligi fan va san’at uyg‘unligida tashkil topgan maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlandi 9. TVG haqidagi hukmni to‘g‘risini belgilang. U 1883 yildan boshlab o‘zbekcha gazeta sifatida nashr etilgan. Unda "O‘sh shahri xususidagi risola" haqida bosilgan taqriz, aytish mumkinki, shu janrdagi dastlabki namunalardandir. A) U 1883 yildan boshlab o‘zbekcha gazeta sifatida nashr etilgan. Unda "O‘sh shahri xususidagi risola" haqida bosilgan taqriz, aytish mumkinki, shu janrdagi dastlabki namunalardandir. B) U 1870 yildan boshlab o‘zbekcha gazeta sifatida nashr etilgan. Unda "Uloqda” hikoyasi haqida bosilgan taqriz yozilgan. C) U 1885 yildan boshlab o‘zbekcha gazeta sifatida nashr etilgan. Unda "Oyna" jurnali haqida tanqidiy maqola, aytish mumkinki, u janrdagi dastlabki namunalardandir. D) U 1880 yildan boshlab o‘zbekcha gazeta sifatida nashr etilgan. Unda "dastlabki adabiy-tanqidiy maqolalar bosila boshlagan. 10. 1913 yilda M.Behbudiyning say’-harakati bilan qanday gazeta nashr etila boshladi? A) “Samarqand” B) “Oyna” C) “Axbori Buxoro” D) “Shuhrat” Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling