Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги


-mavzu: Adabiy tanqid fanining tarixiy bosqichlari. Alisher


Download 372.25 Kb.
bet11/61
Sana23.04.2023
Hajmi372.25 Kb.
#1385958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu

4-mavzu: Adabiy tanqid fanining tarixiy bosqichlari. Alisher
Navoiyning adabiyotshunoslikka oid tanqidiy qarashlari
Reja:

  1. Dastlabki adabiy-tanqidiy qarashlar

  2. Adabiy tanqidga bag’ishlanmagan asarlardagi adabiy-estetik qarashlar

  3. Alisher Navoiygacha bo’lgan davr o’zbek adabiy-tanqidiy qarashlari

  4. Alisher Navoiyning adabiy tanqidga oid bevosita va bavosita asarlarida tanqidiy fikrlar

  5. Sharq va G’arb tanqidiy fikrlari tarixidan



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи (X-X1X асрлар). T.: Ўзбекистон, 1993.

  2. Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012.

  3. Ҳайитметов А. Навоийнинг адабий-танқидий қарашлари. Т.Фан. 1959.

  4. Расулов А. Танқид, таҳлил, баҳолаш. Т.Фан. 2006.

  5. Болтабоев Ҳ.Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи. Т.Мумтоз сўз. 2013.


Mavzuga oid qisqacha annotatsiya

Badiiy adabiyot singari adabiy tanqidiy qarashlar ham uzoq tarixga ega.Og’zaki adabiyot davrida ham tanqidiy qarashlar amalda bo’lgan.Yozma adabiyot shakllanishi bilan uning tarkibida adabiy-estetik fikrlar ham yuritilgan.Sharqda deyarli barcha durdona asarlar tarkibida adabiy tanqidiy qarashlar ham ilgari surilgan.Shoir, she’r,badiiy ijod haqida fikrlar yuritilgan.Sharqning qomusiy allomalari badiiy adabiyot, ijod va ijodkorlik, asar va uning jozibadorligi to’g’risida o’z adabiy-estetik qarashlarini bayon etganlarki, ularning bu fikrlari hozirgi adabiyotshunoslik taraqqiyotida ham muhim o’rin tutib kelmoqda.


Jahon badiiy adabiyotining Xomer, Aristotel, Xorazmiy, Firdavsiy, Dante, Bokachcho, Petrarka, Jomiy, Navoiy, Lomonosov, Gete, Shiller, Chernishevskiy, Belinskiy kabi buyuk allomalari adabiyotshunos olim sifatida ham dong taratganlar. Masalan, eramizdan oldingi qadimgi yunon badiiy adabiyoti erishgan olamshumul yutuqlarni umumlashtirib Arestotel o’zining jahon adabiyotshunosligining ilk majmuasi bo’lgan «Poetika» kitobini yaratgan edi. Lomonosov ilk bor rus she’riyatini isloh qilish (XVIII asr), ya’ni poeziyani oddiy xalqqa tushunarli qilish qonun qoidalarini ishlab chiqqan edi. Shuningdek, Rim shoiri Xorasiyning «Poeziya haqida ta’limot» kitobi (eramizdan oldingi I asr), Italiya uyg’onish davrining buyuk zotlari Dantening «Halq tili haqida» kitobi Petrarka va Bokachchoning adabiyot nazariyasiga oid fikrlari, qadimiy (antik) yunon adabiyoti namunalarini mangu adabiyot namunalari deb e’lon qilgan Bualoning (XVIII asr) «Poetik san’at» asari, Belinskiyning «Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi» (XIX asr) asarlari ham umumjahon adabiyotshunosligi tarixida beqiyos o’rin tutdilar. Sharqda ham adabiyotshunoslik qadimdan rivojlanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning «Mu’tasamush - shuaro» («Shoirlarning panohgohi») kitobi, Xalil ibni Axmad va Firdavsiyning aruz haqidagi ta’limotlari, Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos Xojibning «Qutatg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim»), Davlatshoh Samarqandiyning «Taskiratush shuaro», Alisher Navoiyning «Majolisun - nafois» («Go’zal majlislar»), «Muhokamatul - lug’atayn» («Ikki til muhokamasi»), Boburning «Aruz risolasi» («Muxtasar») kabi asarlari sharq adabiyotshunosligi tarixining zabardast ustunlari bo’lib xizmat qildilar. Masalan, Firdavsiy dunyoda birinchilardan bo’lib, adabiyotning beqiyos ijtimoiy roli va ahmiyatini baland ko’targan bo’lsa, Yusuf Xos Xojib badiiy so’z ustalarini ma’no dengizidan injular topib xalqqa hadya etuvchilar deb atagan edi. Kaykovus xulqiy tarbiyada adabiyotning benazir o’rni bor ekanligini ta’kidlab «Qobusnoma»da adabiyot nazariyasiga oid qator masalalar haqida qizg’in bahs yuritadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Sharq adabiyotshunosligi va tanqidchiligining rivoji Alisher Navoiy ijodi bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki, Hazrati Navoiyning «Maxbubul - qulub», «Majolisun - nafois», «Mezonul - avzon», «Mukamatul - lug’atayn» kabi nodir asarlari adabiyotshunoslik fanini rivojlantirishga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Masalan, Alisher Navoiyning «Mezonul avzon» («Vaznlar o’lchovi») asarini qadimgi o’zbek tilidagi ilk adabiyot nazariyasiga oid qimmatli asarlardan biri ekanligini aytish mumkin. Chunki, Alisher navoiy mazkur asarida aruz she’riy tartibi haqida o’zining nazariy fikrlarini keltirib ularni amaliyot bilan, ya’ni she’riy usullar bilan izohlaydi. Xullas, mazkur asarda A.Navoiy turkiy xalqlar she’riyatidagi yetakchi bo’lgan aruz she’riy vaznining qoidalarini yanada takomillashtirib boyitadi. A.Navoiy asarda aruz she’r tartibi fors-tojik va turkiy xalqlar poeziyasiga asosan VII-VIII asrlarda kirib kelganligini va bungacha esa aruz she’r tuzilishi arab poeziyasida keng kamol topganligini qayd etib, VIII asrning oxirida tug’ilib IX asrda yashab ijod etgan arab olimi Halil ibni Ahmadning ilk bor aruz ta’limoti haqida katta kitob yozganligini va aruzning bilimdoni sifatida dong taratganligini qayd etadi. Ma’lumki, Xalil ibni Ahmadning tug’ilgan joyi Aruz keyinchalik aruz she’riy tartibotining nomiga aylangan edi. A.Navoiy o’zining «Mezonul avzon» ilmiy asarida aruz tarixining kelib chiqishi haqida ancha mukammal ma’lumotlar berish bilangina chegaralanib qolmasdan u haqida nazariy va amaliy fikrlar bayon etib, bu talimotni yanada rivojlantiradi. A.Navoiyning o’zi ham aruz vaznida yozilgan yuksak she’riyati bilan bu borada ulkan amaliy natijalarga erishdi. Yana shuni ham qayd etish kerakki, A.Navoiy davrida she’riyatda, ayniqsa xalq og’zaki ijodi maydonida barmoq vazni ham ma’lum bir mavqyega ega edi. Shuning uchun ham A.Navoiyning «Mezonul-avzon»i asosan aruz vazniga bag’ishlangan asar bo’lishiga qaramay bunda tadqiqotchi xalq she’riyatining asosiy o’lchovi bo’lgan barmoq vazni haqida ham ilmiy izlanishlar qilib, uning aruz vaznidan farq qiluvchi tomonlariga o’quvchining e’tiborini qaratadi: «Chun o’zanlarning o’zmog’i va o’zbaklarning budu-bidoyi hyech vazn bila rost emas. Erdi, anga taarruz qililmadi, agargi asarlari bordur, ammo aning aruz ilmig’a daxli yo’qdir». Shubhasiz bu yerda gap o’sha davrda ham, ayniqsa, xalq og’zaki ijodida mashhur bo’lgan barmoq vazni haqida ketayotganligini ilg’ab olish qiyin emas. Umuman, Navoiyning «Mezonul-avzon» asarini ko’p asrlik turkiy poeziya to’plagan tazribalarini nazariy jihatdan tahlil qiluvchi va yakunlovchi adabiyotshunoslikka oid ilmiy-tanqidiy asar deb baholash mumkin. Ma’lumki, Zahriddin Muhammad Bobur A.Navoiyning «Mezonul-avzon» asaridagi aruz nazariyasi haqidagi fikrlarini yanada davom ettirib «Aruz risolasi» («Muxtasar») kitobini yozgan edi. Xullas, A.Navoiy mazkur asarida she’riyat qonun qoidalari xaqida fikr yuritar ekan shubxasiz, g’oyasizlik, bachkanalik va sayozlik badiiylikka ziddir degan mezon o’lchovini ilgari suradi. Ma’lumki, A.Navoiy buyuk mutafakkir va yetuk alloma sifatida badiiy adabiyotni insonlarni ozod va har taraflama kamolatga erishgan shaxslar qilib tarbiyalashda eng qudratli vosita ekanligi g’oyasini ilgari surgan va ijodi bilan buni isbotlagan. Bu haqda uning nodir adabiyotshunoslik asari bo’lmish «Majolisun-nafois» asari ham guvohlik berib turadi. Eng avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, A.Navoiyning mazkur adabiyotshunoslikka oid asarida 459 dan ortiq shoir ijodi haqida ma’lumotlar beriladi. «Majolisun-nafois» asari 15-asr adabiy hayotini eng oliy ko’zgusi bo’lib tarixda qoldi desak yanglishmagan bo’lamiz. Chunki mazkur asar orqali biz buyuk bobokolonimizning benazir ijodiy mehnatiga tasannolar o’qib uning o’zidan oldin yashab ijod qilgan va ayni paytda hazaratning zamondoshi bo’lgan ijod ahllarining mevasidan atroflicha bahramand bo’lamiz. A.Navoiy mazkur asarida o’z oldiga bor imkoniyat doirasida o’tmishda o’z davri ijodkorlarining xotirasini adabiylashtirish masalasini ham qo’yadi. Mazkur asarda A.Navoiydek xolis va yetuk mutafakkir allomaning nuqtai nazari asosida o’sha davr ijodkorlari asarlarining yutuq va kamchiliklari bilan tanishish biz uchun ma’lum darajada o’rta asr adabiy muhiti haqida aniq tasavvurlarga ega bo’lish imkoniyatini tug’diradi. «Majolisun-nafois» asarining eng muhim va beqiyos ahamiyati ham ana shundadir. Shuni alohida qayd etish kerakki, A.Navoiy adabiiy-estetik prinsiplarining uzviy xalqasini so’z san’atkorlaridan hayotni rostguylik bilan tasvirlashni talab qilish, yuksak badiiylik uchun kurash g’oyasi tashkil etadi. Shuning uchun ham A.Navoiy adabiyot tanqidchisi sifatida didsiz, talantsiz, iste’dodsiz maqtanchoq va maddox shoirlar bilan hyech kelisha olmaydi. «Majolisun-nafois» asari bilan qancha chuqurroq tanisha borsak bunga shuncha ishonch hosil qila boramiz. Misollarga murojaat qilaylik, Alisher Navoiy o’z ustozlaridan biri bo’lmish Mavlono Lutfiy haqida shunday bayonnoma bitgan: «Mavlono Lutfiy - o’z zamonasining malikulkalomi erdi, forsiy va turkida naziri yo’q erdi, ammo turkida shuxrati ko’proq erdi va turkcha devoni mashhurdir...».
Shundan so’ng Alisher Navoiy Lutfiyning mashhur va mutaazzirul javob majla’lari bor ekanligini qayd etib, uning quyidagi baytlarini o’quvchining hukmiga havola etadi:
Noziklik ichra belicha yo’q tori chisuyi,
O’z haddini bilib, belidin ulturur qo’yi.
yoki:
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand bo’ynima ikki qulochdin.
A.Navoiy «Majolisun - nafois» da ulkan badiiy didli adabiyot tanqidchisi sifatida yondoshib, o’z davri adabiy muhitidagi asosiy yo’nalishlar haqida ham aniq ma’lumotlar beradi, badiiylik va g’oyaviylik talablarini qo’yadi. Shuning uchun ham talantli navoiyshunos olim A.Hayitmetov «Majolisun - nafois» A.Navoiyning adabiy - tanqidiy qarashlarini o’rganishda eng muhim manba ekanligini ta’kidlasa, shoir satirasi ustida keng ilmiy tadqiqot olib borgan professor A.Abdug’afurov mazkur asarni Navoiy satirasining yorqin ko’rinishlaridan biri sifatida baholaydi. Albatta, A.Navoiyning «Majolisun - nafois» asarini sinchiklab kuzatar ekansiz bu ikki olimning ham o’zlaricha haq ekanligining guvohi bo’lasiz. Haqiqatdan ham mazkur asarda A.Navoiyning adabiy - tanqidiy qarashlari bilan satirik yo’nalishlari o’zaro uyg’unlashib ketgan. Masalan, A.Navoiy o’zining «Mezonul - avzon» asarida tuyuqning «turk shuaro» siga xosligi, uning «sart» (fors-tojik) she’riyatida yo’qligini ta’kidlab tuyuq «ikki baytga muqarrar» (hajmi), «sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg’ay» (qofiya) va «ul vazn musaddagi maqsaddur» (vazn) deb tuyuq va vazn hajmi jihatidan qat’iy qoidaga ega bo’lishini ta’kidlagan edi. A.Navoiy «Majolisun - nafois» ning VII majlisida tuyuq haqidagi o’zining fikrlarini yana davom ettirib shoirlar Abu Bakr Mirzo va Sulton Iskandar Sheroziy ijodi haqida fikr yuritib, ulardan bittadan tuyuq keltirib va ularga baho beradi:
Abu Bakr Mirzo:
«Er kerak o’rtansa yonsa yolina,
Yoranib yotsa, otining yolina.
It ulumi birla ulsa yaxshiroq,
Er otonib dushmanig’a yolina.
Agarchi bazi alfozi turnaroqdur,
Ammo tajnisni yaxshi topibdur», deydi.

Sulton Iskandar Sheroziy:
To’lin oyg’a nisbat ettin yorumi,
Ul hijolatdinkim uldi yorumi.
Tori muyungning zakotin men beray,
Yo Misrni, yo Halabni, yo Rumi
«Burung’i tuyuqdin bu turkonaroqdir».
Bu misolar orqali A.Navoiy yirik adabiyotshunos olim va adabiy tanqidchi sifatida o’zining adabiy tanqidiy fikrlarini yanada takomillashtirib borganligining guvohi bo’lamiz. A.Navoiy adabiy tanqidchi sifatida o’zi iste’dodli bo’la turib, dangasalik qiladigan shoirlarni qattiq tanqid qiladi. Bu jihatdan uning shoir Osafiy xususidagi fikrlari, ayniqsa alohida diqqatga molikdir. Shoir Osafiyning talantli shoir ekanligini tan oladi, lekin uning o’z vaqtini behuda o’tkazishini qoralab uning hulqidagi oliftagarchilik xususiyatlarini qattiq qoralaydi. Lekin bu bilan Navoiy Osafiyni mutlaqo tanqidning qora balchig’iga botirib tashlamaydi va uning:
Yuz balolar ko’rdim ul oromi jondin ko’rmadim,
Ikki ko’zimdin yomonliq ko’rdim andin ko’rmadim - degan turkcha matla’sini keltirib Mavlono Osafiyning talantli shoir ekanligiga shubha qilmaydi va u haqidagi o’z bahsiga «Insho-ollo tuz yo’lg’a kirgay» deb xotima yasaydi. Shu xususda A.Navoiyning «Majolisun - nafois» da Ulug’bek Mirzoning o’g’li Abdulatif haqida aytganlarini ham keltirib o’tishni joiz deb topdik: «O’tar dunyo maslahati chun donishmand va podshoh otasin o’lturdi. Har oyinakim, saltanat Sheruyga vafo qilg’oncha anga qildi». Bu yerda A.Navoiy Abdulatifni XII asrda Eron shohi Xusravning o’g’li - o’z otasini o’ldirgan Sheruya qismatiga o’xshashiga ishora qilmoqda (Sheruya obrazi keyinchalik padarkush - salbiy qahramon sifatida badiiy asarlarga ko’chgan edi). Xullas, A.Navoiy o’zining mazkur asarida o’z zamondoshlari bo’lmish ijodkorlari oldiga yuksak talablar qo’yadi, ularni zamon bilan hamnafas qadam tashlashga chaqiradi, badiiy jihatdan yetuk asarlar yozishga da’vat etadi.
Ma’lumki, A.Navoiyning «Muxokamatul-lug’atayn» asari haqida gap ketganda ko’pgina mazkur asarni tilshunoslik nuqtai nazaridan ko’proq baholashga harakat qiladilar. Natijada, ba’zida A.Navoiyning mazkur asarida turkiy tilning boy imkoniyatlarini ochib berganligi xaqidagi aytilgan fikrlar soyasida bu asarning milliy badiiy adabiyot yaratish mumkinligi bobidagi yirik adabiyotshunoslik asari ekanligi masalasi soyada qolib ketadi. Vaholanki, bu asar butun turkiy xalqlar tilshunosligi va adabiyotshunosligi tarixida yangi bir davrni boshlab bergan buyuk asar ekanligini inkor etib bo’lmaydi. A.Navoiy mazkur asarida Xusrav Dehlaviy, Sa’diy, Xofiz Sheroziy, A.Jomiylar ijodiga yuksak baxo beradi, qasida janrini yangi bosqichga ko’targan Haqoniy, Anvariy, Kamol Ismoil, Zohir va Solmon kabi shoirlarni Firdavsiy, Nizomiy kabi masnaviy janrining ustalari ijodini va g’azalchilikni yuksaklikka ko’targan Sa’diy va Hofiz Sheroziylar ijodini teran adabiyotshunos olim sifatida talqin qilib baholaydi. A.Navoiy «Muhokamatul-lug’atayn» asarida mashhur shoirlar ijodini chuqur tahlildan o’tkazar ekan o’z oldiga nima uchun turkiy tildagi poeziya forsiyga nisbatan kam rivojlangan, o’z shoirlarining forscha ijod qilishlariga sabab nima degan muhim savol qo’yadi va unga keng va atroflicha javob beradi. A.Navoiyning ta’kidlashicha badiiy adabiyotning rivoji siyosiy xukmronlik bilan bog’liqlik holda kamol topdi: Movarounnaxrda arab podshohlari hukmronligi chog’ida poeziya asosan arab tilida rivojlangan bo’lsa, sart (fors-tojik) sultonlari davrida esa fors-tojik tilidagi poeziya kamolot cho’qqisiga ko’tarildi. A.Navoiyning qayd etishicha XIII asrda, ya’ni mulk boshiga turkiy qabilalar aristokratiyasi chiqa boshlagandan boshlab Temur va temuriylar zamonida turkiy adabiyot shakllandi va baland cho’qqiga ko’tarila boshladi: «To mulk arab va sarj sultonidan turk xonlariga intiqol topdi, Xulogun zamonidan va sultoni sohibqiron Tumurkuragon zamonidan farzandi xalafi Shoxrux Sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo’ldilar: ... shuaro: Sakkokiy va Xaydar Xorazmiy va Atoiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoyidiklar. Va forsiy mazkur bo’lgan shuaro muqobilasida kishi paydo bo’lmadi, bir Mavlono Lutfiydan o’zga...» deb qayd etadi A.Navoiy o’zining «Muhokamatul - lug’atayn» asarida. A.Navoiy turkiy poeziyaning forsiydan ortdan qolishining birinchi sababi fors-tojik tilida qadimdan boy an’ana mavjud ekanligi va u yosh boshlovchi shoirlar uchun juda qo’l kelishi, turkiguy shoirlar o’z ona tilining murakkab va nozikligini bildiruvchi ko’p ma’nolik xususiyatlari ustida kam bosh qotirishlari, ya’ni ularning o’zbek tilining ko’p fazilatlar va boyligidan bexabarligi kabi qator sabablar ustida ham tuxtalib o’zining turkiguylikda bosib o’tgan butun mashaqqatli va huzurbaxsh ijodiga munosib yakun yasagandek bo’lib «so’zim martabasi avjdin qo’yi ilmagay va bu tartibim kavkabasi a’lo darajadin o’zga yerni biganmagay» deydi. Ma’lumki, «Muhokamatul - lug’atayn» A.Navoiy umrining oxirlarida yozilgan eng so’nggi asarlaridan biri ekanligini hisobga olsak shoirning mazkur so’zlarining nazm bobida o’ziga qo’l yetmas ajoyib bir haykal o’rnatib ketayotganligiga ishora qilinganlik deb tushunmoq kerak. Shu bilan birga A.Navoiy nazmda turkiguylikni qo’llab-quvvatlash davlat nuqtai nazaridan ham muhim masala ekanligini ta’kidlab podshoh Xusayn Boyqaroni bu borada qator amaliy ishlar qilishga undaganligi «Muhokamatul - lug’atayn» asarining ba’zi bir bayonlarida sezilib turiladi. Masalan, A.Navoiy o’sha davrda o’zbek tilining rivojlanishi uchun podsholik tomonidan qator tadbirlar belgilanganligi va ijodkorlarning o’z ona tilida ijod qilishiga chorlovchi hatto farmonlar berilganligini shunday qayd qilib o’tadi: «Va iltifot va ehtirom yuzasidan ba’zi ma’nilar topib, nazm qilurg’a hukmlar ham joriy bo’ldi va so’z uslubina ta’yinlar va adosig’a ta’minlar ham izxor bo’ldi». Demak, turkiguy shoirlar o’z ona tillarida ijod qilishlari uchun Navoiy davrida hamma shart-sharoitlar yaratib berilgan, hatto bu borada maxsus ta’lim beradigan o’qish xonalar ish ko’rgan. Hatto A.Navoiy Xusayn Boyqaroning o’zi ham o’z ona tilida ijod qilganligini, ya’ni turkiguy shoir bo’lganligini ta’kidlab uning she’riyati obi hayotidan ko’plab turkiguy boshlovchi shoirlar lab tashnalarini qondirganligini aytadi. Albatta, aytilgan yuqoridagi fikrlardan eski o’zbek poeziyasi faqatgina A.Navoiy davrida tarkib topgan ekanda degan xulosa ham kelib chiqmasligi lozim, chunki Navoiyga qadar ham turkiy tilda qator yaxshi asarlar bitgan Sakkokiy, Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Yaqiniy, Amiriy, Gadoiy kabi mashhur ijodkorlar mavjud bo’lgan. A.Navoiyning o’zi ham «Muhokamatul - lug’atayn» asarida o’zidan oldin o’tgan mazkur shoirlar ijodiga keng to’xtalib ularning turkiy tilning rivojlantirish borasidagi munosib xizmatlarini qayd qilib o’tadi. Masalan, Navoiy Mavlono Lutfiy ijodiga alohida to’xtalib, uning o’zbek adabiyotining bebaho namunalari bo’lgan romantik dostonlari, she’rlariga yuksak baho beradi. Xullas, «Muhokamatul - lug’atayn» asari o’zbek tilini adabiy til darajasiga ko’tarish borasidagi A.Navoiyning butun ongli hayoti davomida olib borgan kurashlari va xizmatlaring nazariy va amaliy yakuni bo’ldi, desak yangilishmagan bo’lamiz. Mazkur ilmiy asar ulug’ alloma o’z halqining tili va taqdiri uchun kurashib nihoyatda buyuk vazifani ado etganligini yorqin ramzidir. Shuningdek, «Muhkamatul - lug’atayn» asari adabiyotlarning o’zaro ta’sirini tekshiruvchi muhim asar hamdir. Chunki, A.Navoiy mazkur asarda fors-tojik tili va adabiyotining katta bilimdoni sifatida ham maydonga chiqadi. Adabiyotlar do’stligi halqlar do’stligi ekanligi g’oyasini ilgari surib hech bir xalq tili va adabiyotining kamsitishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumki, A.Navoiyning adabiyotshunos va adabiyot tanqidchisi sifatidagi faoliyati qaraladi. Biz yuqorida qayd etgan asarlar xududi bilan chegaralanmaydi. Shoir «Hamsa» dostonlari va g’azallarida ham o’zining adabiyotshunoslikka oid qarashlarini takomillashtirib borib, san’atkorlarni hayot haqiqatlarini rostgo’ylik bilan tasvirlashga da’vat etgan yuksak badiiylik uchun kurashgan, shaklbozlikka berilgan didsiz va iste’dodsiz shoirlarni tanqid qilgan, ijod bobidagi maqtanchoqlikka qarshi keskin kurash olib borgan. Shoirning «Saddi Iskandariy» dostonida maqtanchoq va iste’dodsiz shoirlar xususida bayon etgan qo’yidagi baytlari fikrimizning isbotidir:
«Kerak daxr ahliga un kun jadal,
Ki besh baytdin bog’lag’ay bir g’azal.
Basl masnaviguyi nozuk hayol,
Ki nazm ahli ichra solib qiylu qol.
Haloyiqqa yuz husni noz aylagay,
Ki un yilda ming bayt soz aylagay.
Chiqarg’on zamon ul nav oyin savod
Ki olamda yo’q bo’yla rangin savod.
Savodig’a har kimki ko’z solibon,
Qaro shomi mehnat aro qolibon.
Ne zulmatki, yo’q obi hayvon anga,
Qayu tunki, yo’q mehri raxshon anga...».
Xullas, A.Navoiyning adabiyotshunoslikka oid qarashlari halqimiz va adabiyotimiz tarixi uchun g’oyat ahamiyatlidir.

Download 372.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling